Raqamliiqtisodiyot tushunchasi Reja:
1.Raqamlqshtirish.
2.Axboortni raqamlashtirish uslubiyati va uning maqsadi.
3.Texnik tizimlarda loyihalash va boshqarish masalalarini yechishda axborotlarni raqamlashtirish bosqichlari va ularni amalga oshirish.
Raqamli iqtisodiyotning paydo bo‘lishi zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va Global Internet tar- mog‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Raqamli iqtisodiyot», AKT va Internet tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan Internet dastavval 1995-yilda vujudga kelgan. O‘sha paytdan boshlab Internet orqali taqdim eti- ladigan turli xil xizmatlar - fayllarni uzatish, masofadan kirish (TELNET ), elektron pochta, qidiruv tizimlari, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar bilan to‘ldirilgan "virtual dunyo" ning paydo bo‘lishi haqida gapirish mumkin. Bugungi kunda Internet ulkan ko‘ngilochar, ta’lim, savdo, moliyaviy va siyosiy sohadir.
«Raqamli iqtisodiyot» atamasi ikki olimning nom-lari bi- lan bog‘liq-kanadalik iqtisodchi Don Tapskott va amerikalik ax- borot texnologiya (IT) mutaxassisi Nicholas Negroponte .
1995-yilda "Being Digital" kitobida Nikolas Negroponte "ra- qamli iqtisodiyot" atamasini qo‘llagan. Ilmiy asarida uchta kesi- shidagan media tarmoqlarga (ommaviy axborot vositalar, (OAV) aloqa vositalari va kompyuterlar) asoslangan konvergentsiya mo- delini taklif etgan. Bunday birlashish natijasida yangi (raqamli)mediashakllandi.
O‘sha 1995-yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapscottning “The Digital Economy» [4,13,22] kitobi nashrdan chiqadi. Unda Don Tapskot rivojlangan mamlakatlardagi jamiyatning evolyut- sion tendensiyalarini tahlil qilish natijalarini bayon qildi. Axborot
muhitni yangi iqtisodiyotga, ya’ni raqamli iqtisodiyotga aylantira- digan 12 muhim belgilarni keltirgan.
Bilimlar –biznesda va umuman iqtisodiyotda asosiy e’tibor inson kapitali – bilimdan foydalanishga qaratiladi. Raqamli iqtisodiyotda Bilim harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, boshqa an’anaviy manbalar ikkinchi darajali. Bilim bilan yangi imkoni- yatlar tufayli kuch va hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirish yo‘li keladi. Bu shuni anglatadiki, tashkilotlar xodimlar to‘g‘risidagi fikrlarini o‘zgartirishga majburlanadi va ishchilarningaqliy qobili- yatini saqlab qolish va rivojlantirishga harakat qiladi.