Konvergensiya – iqtisodiyotning yetakchi sohasi hisobla- nadi, aloqa va Internet texnologiyalarining yaqinlashuvi sifatida yaratilgan. Bular birgalikda raqamli iqtisodiyot bog‘liq bo‘lgan platformalardan biri bo‘lgan interfaol multimedia yaratadilar.
Innovatsiya – Raqamli iqtisodiyot yangi mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalaridan foyda- langan holda innovatsiyalarga asoslanadi. Innovatsion iqtisodi- yotda inson tasavvuri va ijodkorlik qiymatning asosiy manbai hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotda asosiy muammo innovatsiya- larni rag‘batlantiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan muhitni yarat- ish murakkabligi.
Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi munosabatlarining o‘zga-rishi – sanoatlashgan jamiyatida muhim jihatlardan biri ommaviy ishlab chiqarish hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot davrida asosiy yo‘nalish mahsulot (mahsulot yoki xizmat) ni tashkil etishdir. Ay- ni paytda, iste’molchilar o‘zi sotib olayotgan tovar yoki xizmatlari ishlab chiqaruvchisiga o‘sha mahsuloti haqida o‘z fikrini bil- dirishi, takliflar bildirishi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni bildirishi mumkin.
Samaradorlik -mijozlar ko‘proq ma’lumotga ega va si- fatli xizmatni xohlashadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiya- lari tufayli mahsulotni buyurtma qilish, ishlab chiqarish va yetkazib berish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i keskin kamayadi.
Globallashuv –raqamli iqtisodiyotda, bilim asosiy re- sursga aylanganda, tashkiliy tuzilmalar o‘z hududlarida faoliyat yuritsa ham, faqat bitta jahon iqtisodiyoti mavjud. Globallashuv yangi axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rag‘batlantiradi va amalga oshiradi. Bu shuni anglatadiki, tashkiliy tuzilmalar ko‘p millatli emas, balki global.
Kelishmovchilik –har bir yangi taraqqiyot ortidan bir o‘zgarish keladi, shuningdek, ular bilan qarama-qarshiliklar va
sekin moslashish ham. Natijada mojaroli vaziyatlar yuzaga ke- ladi. Raqamli iqtisodiyotda texnologik jihatdan savodli mutax- assislar va texnologiyaga kirish imkoniga ega bo‘lmagan mutax- assislar o‘rtasidagi farq o‘sib bormoqda va kelajakda jamiyat uchun jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.