Abu rayhon beruniy nomli toshkent davlat texnika universiteti umida marasulova



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə1/20
tarix16.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#131568
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Маруза бакалаврга педагогика




U.N.MARASULOVA
PEDAGOGIKA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABU RAYHON BERUNIY NOMLI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
UMIDA MARASULOVA
PEDAGOGIKA


Nopedagogik oliy o’quv yrtlari
uchun ma’ruzalar matni
Toshkent - 2008

Abu Rayhon Beruniy nomli


Toshkent davlat texnika universitetining
Ilmiy-uslubiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.


Mas'ul muharrir: pedagogika fanlari nomzodi, dosent
O.Usmonova


Taqrizchilar: pedagogika fanlari nomzodi, dosent,
H.SHarifboeva
pedagogika fanlari nomzodi, dosent,
A.Majitova
"Pedagogika" fanidan ma'ruzalar to'plamida bo'lajak mutaxassislar ta'lim soxasidagi bilimlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari, ta'lim mazmuni, metodlari va innovasion texnologiyalar to'g'risida ma'lumot berilgan. Shuningdek, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, bo'lajak mutaxassislarni milliy mafkuramiz asosida tarbiyalashning nazariyasi va amaliyoti hakida aloxida materiallar berilgan. Uzluksiz ta'limni amalga oshirish mezonlaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish masalalari yoritib berilgan. Ushbu ma'ruzalar matni nopedagogik oliy o'quv yurtlari bakalavrlari uchun mo'ljallangan.


K I RI SH


Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyasi Respublika Konstitusiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko'tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin egallashga yo'naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo'lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o'rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko'lamini hosil qilish, ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta'limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog'liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug' ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O'zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta'minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog'liqdir.


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g'oyalari amaliyotga keng ko'lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o'zida ta'lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu bilan birga jahon ta'limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da "…. Ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o'quv-tarbiya jarayonini yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan to'liq ta'minlash" kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog'i lozim. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir oilaning mavjudligini, ya'ni, uzluksiz ta'lim tizimi xodimlari, pedagog-o'qituvchilar tomonidan zamonaviy ta'lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta'lim jarayonida samarali qo'llay olishlari, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O'qituvchilarning xususiy fanlar asoslarini o'qitishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar jarayonini noan'anaviy shakllarda tashkil etish, ta'lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko'nikmalariga ega bo'lishi ta'lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta, chuqur o'zlashtirilishi, ularda amaliy ko'nikma va malakalarning hosil bo'lishining kafolati bo'la oladi.
Mazkur ma'ruzalar matnida nazariyaning mohiyati, uning shakllanishi hamda taraqqiyoti tarixi, ta'lim jarayonining istiqbolini ta'minlashidagi muhim o'rni, shuningdek, ta'lim jarayoniga tatbiq etish masalalari xususida so'z yuritiladi.
Ma'ruzalar matni nopedagogik oliy o'quv yurtlari pedagog- o'qituvchilari hamda talabalari uchun zarur manba bo'lib xizmat qilishiga umid bog'laymiz.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin