Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" yoki "Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya" asari



Yüklə 56,57 Kb.
səhifə6/7
tarix26.09.2023
ölçüsü56,57 Kb.
#149215
1   2   3   4   5   6   7
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki

Ilonlar uyqusi


Ozor (mart) oyining o`rtalarida dengizda yurish yaxshi bo`ladi, deyishadi. Xuddi shu paytda ilonlar ko`zlarini ochar, lekin hali sovuq bo`lgani sababli qimir etmay yotar ekan. Xorazmda ilonlarni yer ostida bir-biriga o`ralib yotganini ko`rdim. Ular xuddi shar singari o`ralib yotar, ko`pining boshi ko`rinib ham turardi.

Ma`rifat


Ma`rifatdagi darajalarni bir-biridan ortiq qo`ymoqchi bo`lgan kishilar uchun shunday masal to`qilgan: Qorong`u kechada shogirdlari bilan yo`lga chiqqan bir kishi yo`l ustida tik turgan narsani ko`rib cho`chigan va uning nima ekanligini aniqlashni buyurgan. Bir shogird: “Nima ekanligini bilolmayman”, degan, ikkinchisi: “Uni bilishga qudratim ham yetmaydi”, deya to`g`risini aytgan. Uchinchisi esa: “Bilishning foydasi yo`q, chunki tong yorishgach, ma`lum bo`ladi-qo`yadi” degan. Demak, uch shogirdning ma`rifati qisqalik qilgan. Birinchisi — ilmsizligi, ikkinchisi — ojizligi, uchinchisi — ishni keyinga surib, ustozlari oldida ojiz ekanliklarini ko`rsatishgan. Ammo to`rtinchisi aniq javob bermagan va shubhali narsaga yaqin borib, uning o`ralashib ketgan qovoq palagi ekanligini ko`rgan va uni tepib yuborgan. Shunday qilib, shogird o`zining ma`rifatliligi bilan ustozini xursand etgan ekan.

Nechta kamolot davri mavjud


An-Notiliy shunday degan: “Inson uchun uchta kamolot davri mavjud. Biri — balog`atga yetishi, ya`ni o`zi kabi birovning undan bo`lishi mumkin bo`ladigan vaqt bo`lib, ikkinchi yetti yillikning (sobuning) boshidir; ikkinchi “kamolot” tafakkur quvvati bo`lib, uning aqli quvvatdan fe`lga chiqadigan vaqti, ya`ni oltinchi yetti yillikning boshidir; uchinchi “kamolot” — odam yolg`iz bo`lsa, o`zini, uylangan bo`lsa oilasini, podshoh bo`lsa, fuqarosini kutishga yaraydigan vaqti”. An-Notiliy “kamolot” muddatini bir yuz qirq yil degan, ya`ni inson shu yoshgacha yashashi mumkin ekan.

Quloq va ko`zdan qo`rqamiz


Jamil al-Azariy deydi: “Xursandchilik manzilida bo`lsak ham, quloq va ko`zdan qo`rqib turamiz”. Chunki ko`z kuzatuvchi a`zo sanaladi. Quloq sezgisi teshigi rog`alari esa quloq soladi — undan hech narsa yashirin qolmaydi.

Yüklə 56,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin