Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” asari Reja Kirish



Yüklə 30,05 Kb.
səhifə6/8
tarix16.06.2023
ölçüsü30,05 Kb.
#131350
1   2   3   4   5   6   7   8
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki

Ilonlar uyqusi


Ozor (mart) oyining o’rtalarida dengizda yurish yaxshi bo’ladi, deyishadi. Xuddi shu paytda ilonlar ko’zlarini ochar, lekin hali sovuq bo’lgani sababli qimir etmay yotar ekan. Xorazmda ilonlarni yer ostida bir-biriga o’ralib yotganini ko’rdim. Ular xuddi shar singari o’ralib yotar, ko’pining boshi ko’rinib ham turardi.

Ma’rifat


Ma’rifatdagi darajalarni bir-biridan ortiq qo’ymoqchi bo’lgan kishilar uchun shunday masal to’qilgan: Qorong’u kechada shogirdlari bilan yo’lga chiqqan bir kishi yo’l ustida tik turgan narsani ko’rib cho’chigan va uning nima ekanligini aniqlashni buyurgan. Bir shogird: “Nima ekanligini bilolmayman”, degan, ikkinchisi: “Uni bilishga qudratim ham yetmaydi”, deya to’g’risini aytgan. Uchinchisi esa: “Bilishning foydasi yo’q, chunki tong yorishgach, ma’lum bo’ladi-qo’yadi” degan. Demak, uch shogirdning ma’rifati qisqalik qilgan. Birinchisi — ilmsizligi, ikkinchisi — ojizligi, uchinchisi — ishni keyinga surib, ustozlari oldida ojiz ekanliklarini ko’rsatishgan. Ammo to’rtinchisi aniq javob bermagan va shubhali narsaga yaqin borib, uning o’ralashib ketgan qovoq palagi ekanligini ko’rgan va uni tepib yuborgan. Shunday qilib, shogird o’zining ma’rifatliligi bilan ustozini xursand etgan ekan.

Nechta kamolot davri mavjud


An-Notiliy shunday degan: “Inson uchun uchta kamolot davri mavjud. Biri — balog’atga yetishi, ya’ni o’zi kabi birovning undan bo’lishi mumkin bo’ladigan vaqt bo’lib, ikkinchi yetti yillikning (sobuning) boshidir; ikkinchi “kamolot” tafakkur quvvati bo’lib, uning aqli quvvatdan fe’lga chiqadigan vaqti, ya’ni oltinchi yetti yillikning boshidir; uchinchi “kamolot” — odam yolg’iz bo’lsa, o’zini, uylangan bo’lsa oilasini, podshoh bo’lsa, fuqarosini kutishga yaraydigan vaqti”. An-Notiliy “kamolot” muddatini bir yuz qirq yil degan, ya’ni inson shu yoshgacha yashashi mumkin ekan.

Quloq va ko’zdan qo’rqamiz


Jamil al-Azariy deydi: “Xursandchilik manzilida bo’lsak ham, quloq va ko’zdan qo’rqib turamiz”. Chunki ko’z kuzatuvchi a’zo sanaladi. Quloq sezgisi teshigi rog’alari esa quloq soladi — undan hech narsa yashirin qolmaydi.

Yüklə 30,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin