Abu Rayhon Beruniy



Yüklə 107 Kb.
səhifə2/3
tarix07.06.2022
ölçüsü107 Kb.
#60905
1   2   3
Umid Yusupov

Abu Ali ibn Sino
Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog`ida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug`ildi. 986 yidda ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang`ich ma‘lumot olishga, ilm-fanni o‘rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chog`lari somoniylar hukmronligining so‘nggi yillariga, xususan Nuh II ibn Mansur Somoniy hukmronligi davri (976–997) ga to‘g`ri keladi. 10 yoshidayoq Qu‘oni Karimni boshdan-oyoq yod o‘qir edi. 13 yoshlari- dan boshlang`ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug`ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo‘lishiga qaramay, Abu Abdul- lo Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh al-Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham pgug`ullanadi. U o‘zidan avval o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chukur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Evklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. 16–17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib – hakim bo‘lib tanildi. 999 yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1000 yilda ibn Sino Buxorodan chiqib ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u erda Xorazm hokimi Ali ibn Ma‘mun saroyidagi olimlarni birlashtirgan o‘z zamonasining akademiyasiga qabul qilindi. Ibn Sino Beruniy, ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr ibn Iroq kabi etuk olimlar bilan yaqindan tanishdi. Lekin bu davrda kuchayib borayotgan Mahmud G`aznaviyning ta‘qibidan qochib, Xorazmni tashlab ketishga va Xuroson, Eronning turli shaharlarida sarson-sargardonlikda yurishga majbur bo‘ldi. Abivard, Tus, Nishopur shaharlari orqali Jurjon shahriga kelgan ibn Sino hokim Qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, bo‘lajak shogirdi Juzjoniy bilan tanishdi. 1019–21 yillarda Hamadonda vazir lavozimida xizmat qilarkan, hokim bilan kelisha olmay, 4 oy qamoqda yotib chiqdi. 1023 yilda Isfahonga qochdi va butun umrini ilmiy asarlar yozishga bag`ishladi.
Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fit-tibb", "Kitob un-najot", "Kitob ul-insof" kabi mashhur asarlari, geometriya, astronomiya, o‘simlik, hayvonot olami, mantiqqa oid risolalari, "Hayy ibn Yaqzon" falsafiy qissasi so‘nggi yillarda yozilgan. U Isfahonda rasadxona qurish bilan mashg`ul bo‘ldi. Umrining so‘nggi yillarida feodal urushlar kuchayib ketganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘zi ham faol qatnashganligi tufayli u Isfahon, Ray, Hamadon shaharlari orasida sarson-sargardonlikda yurib, 1037 yil 18 iyunda Isfahon shahrida 57 yoshida qulunj kasalligidan vafot etdi. Ibn Sinoning hayot yo‘li o‘zi yozgan tarjimai holi va shogirdi Juzjoniy tomonidan qoldirilgan manbalardan ma‘lum. Ibn Sinoning ilmiy qiziqishlari, dunyoqarashining shakllanishida qadimgi Sharq madaniyati, yunon ilmi, falsafasi, Markaziy Osiyo xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muhim rol o‘ynadi. Ibn Sino tarjimai holida Forobiyning "Metafizika maqsadlari", "Fusus ul- hikam" kabi muhim risolalarini qunt bilan o‘rganganligi, ulardan keng foydalanganligini ta‘kidlab o‘tadi. Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan, xolos. Ko‘p risolalari shaharma- shahar ko‘chib yurish, feodal urushlari, saroy to‘polonlari, turli falokatlar tufayli yo‘qolib kettan. Ko‘p manbalarda ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin va O‘rta Sharqning o‘sha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, ba‘zilari fors tilida yozilgan. Uning bizga ma‘lum bo‘lgan katta asari "Kitob ush-shifo" ("Shifo kitobi") 22 jilddan iborat bo‘lib, 4 ta katta bo‘limini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masa- lalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin tiliga, Ovro‘podagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus, o‘zbek tillariga tarjima qilingan. 20 jilddan iborat bo‘lgan "Kitob ul-insof" ("Insof kitobi") bizgacha yetib kelmagan, chunki Isfahondagi yong`inda yo‘qolgan. "Kitob un-najot" ("Najot kitobi") 4 katta qismdan – mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat, "Kitob lison ul-arab" ("Arab tili kitobi") 10 jildni tashkil etadi.

"Donishnoma" fors tilida yozilgan bo‘lib, 4 qismni – mantiq, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi (Rus tiliga tarjima etilgan, bir qismi o‘zbek tilida bosilgan).O’zbekiston Respublikasining birinchi prezident Islom Karimov rahnamoligida ulug` ajdodlarimiz xotirasiga yuksak ehtirom ko`rsatilib, ular qoldirgan boy madaniy va ma`naviy merosni o`rganish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etishga katta e`tibor qaratildi. Istiqlol yillarida xalqimizning ko`plab buyuk farzandlari nomlari bilan bog`liq qadamjolar obod etildi, yangi yodgorlik majmualari qad rostladi. Shu avlodni ajdodlarga munosib vorislar sifatida tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi, bu xayrli ish davom etmoqda. Abu Ali ibn Sinoning 2005-yilda 1025 yillik yubileyini nishonlanishiga qizg`in hozirlik ko`rildi. 2005-yil "Sihat-salomatlik yili" davlat dasturi doirasida o`tkazilayotgan mazkur tantanalarda "Ibn Sino" xalqaro jamg`armasi ham faol ishtirok etib kelmoqda. Belgiyaning L`ej shahri universiteti hamda Italiyaning Florentsiya shahrida Ibn Sinoning 1025 yillik yubileyi munosabati bilan xalqaro anjumanlar o`tkazildi. Florentsiyadagi qariyalar uylaridan biri endilikda ulug` yurtdoshimiz nomi bilan atalmoqda. Nomlari tilga olingan har ikki mamlakatda ham kelgusida Ibn Sino xalqaro jamg`armasining rasmiy vakolatxonalarini ochishga kelishib olindi.Shu yil 21-22 noyabr kunlari allomaning tug`ilgan yurti - Buxoro shahrida buyuk vatandoshimizning 1025 yilligi hamda Sihat-salomatlik yiliga bag`ishlab an`anaviy "V Ibn Sino xalqaro o`qishlari" ilmiy-amaliy anjumani o`tkaziladi. "Buyuk meros va millat salomatligi" mavzuida o`tadigan mazkur yirik anjumanda 30 ortiq xorijiy davlatdan kelgan olimlar bilan birga mamlakatimizning yuzdan ziyod olim va mutaxassislari ham ishtirok etadi.Yubiley tantanalarini o`tkazish uchun qizg`in tayyorgarlik avj pallasiga kirdi. Jumladan, Afshona qishlog`idagi uning nomi bilan ataluvchi muzeyda keng ko`lamli ta`mirlash ishlari poyoniga etkazilmoqda. 1980 yilda YUNESKO tomonidan alloma tavalludining 1000 yilligi keng nishonlangan edi. Milliy merosimiz va yuksak qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi kunlarda ham Abu Ali ibn Sino merosini o‘rganish va targ‘ib qilishga ayniqsa katta e`tibor berilmoqda.


"Tib qonunlari" asarining o‘zbek tilida 10 jild-li nashr etilgan. Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi tashkil etilib, uning ma`rifiy va tashkiliy faoliyati tobora kengayib bormoqda. 2020-yil pandemiya bilan bogʻliq murakkab sharoitga qaramasdan dunyo hamjamiyati tibbiyot, ilm-fan rivojiga munosib hissa qoʻshgan buyuk olim Abu Ali ibn Sino tavalludining 1040-yilligini keng nishonlandi. 2020-yil 16-avgust kuni Ibn Sino jamoat fondi “UzReport” telekanali bilan hamkorlikda Ibn Sinoning insoniyatga qoldirgan boy merosini chuqur oʻrganish, chet elda keng targʻib qilish maqsadida tabib, olim va faylasuf Abu Ali ibn Sino tavalludiga bagʻishlangan “Abu Ali ibn Sino – Oʻzbekiston gʻururi va umumjahon merosi” mavzusida xalqaro ilmiy-maʼrifiy videokonferensiya oʻtkazdi. Videokonferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari boʻyicha agentligi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Oliy taʼlim muassasalari, Toshkent shahridagi Vestminster universiteti vakillari, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Isroil, Turkiya, Hindistondan yetakchi mutaxassis va ekspertlar ishtirok etdi. Shuningdek, onlayn anjumanda 17 ta ilmiy maʼruzachi, xususan, 6 ta xorijiy maʼruzachi qatnashdi.Ibn Sino akademiyasi prezidenti, professor Said Zillur Rahmon, (Hindiston), Ibn Sino xalqaro fondi prezidenti, professor Mixael Sach (Isroil), Avitsenna assotsiatsiyasi prezidenti, professor Mark Bonnel (Fransiya), Taʼlim boʻyicha YUNESKO aʼzosi, hakam, professor Amina Atxer, tibbiyot fanlari nomzodi Abdukarim Usmonxoʻjayev Ibn Sino jamoat fondi maslahatchisi, professor Jasur Rizayev va boshqalar Abu Ali ibn Sino merosining zamonaviy tibbiyot uchun dolzarbligini qayd etib, uning fan va zamon ehtiyojlariga moslashish kerakligini taʼkidlashdi. Xalqaro videokonferensiya yakunida uning dolzarbligi, ilmiy-madaniy va siyosiy ahamiyati, Ibn Sino koʻp qirrali ilmiy merosini oʻrganish uchun davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi hamda tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish zarurligi, publitsistik va ilmiy asarlar nashrini faollashtirish boʻyicha zarur takliflarni ishlab chiqishga kelishildi. Xalqaro videokonferensiya doirasida “Ibn Sino” jamoat fondi, “UzReport” telekanali va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
“Tib qonunlari” asari esa asrlar davomida tabobatning mufassal qomusi boʻlib qolmoqda. Buxoro viloyat Peshko‘ tuman davlat arxivi saqlovidagi fond-242, ro‘yxat-1, 107-raqamli yigʻmajildda Peshko‘ tuman xalq deputatlari ijroiya komitetining 1980 yil 30 iyundagi “Tumanda yubiley obʼektlarining qurilishi va foydalanishga topshiriladigan obyektlarning ahvolini yaxshilash haqida”gi 13/189-sonli qarori saqlanmoqda. Oʻzbekiston KP Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Minstrlar Sovetining 1978 yil 23 avgustda qabul qilgan qarorida buyuk olim Аbu Аli Ibn Sinoning 1000 yillik yubileyi munosabati bilan Peshko‘ tumanida, jumladan olim tugʻilib oʻsgan Аfshona qishlog‘ida katta qurilishlar boshlab yuborish ko‘rsatilgan edi. Ushbu inshootlar orasida alohida ahamiyatga ega boʻlgan me’moriy obyekt sifatida Abu Ali Ibn Sino memorial muzeyi alohida ahamiyatga ega. Muzey mashhur qomusiy olimning vatanida, Afshona qishlogʻida, Buxorodan 40 km masofada joylashgan. Muzeyda tashrif buyurgan mehmonlar olim davridagi tibbiy asboblar nusxalari, “Тibbiy fan qonunlari”, “Bilimlar kitobi” va “Shifo kitoblari” kabi nodir qo‘lyozma nusxalari, shuningdek, X asrdagi keramika buyumlari bilan tanishishlari mumkin. Muzeyda yangi ekspozitsiyalar koʻrgazmasi, koʻrkam zallar, dam olish xonalari, konferensiya xonasi va video zali faoliyat koʻrsatmoqda. Yodgorlik muzeyi ekspozitsiyasi Avitsenna nomi bilan Yevropada mashhur bo‘lgan Sharqning taniqli olimi Abu Ali Ibn Sino (980-1037) hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan. Muzeyning yangilangan ekspozitsiyasida X-XI asrlarda Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronligi davri tangalari, Arab (Kufi) yozuvi bilan keramika idish, “Saxiylik-solihlarning mulki” (X-XI asrlar) qo‘lyozma nusxasi, X-XI asrlarda kimyoviy moddalarni saqlash uchun loy idishlari kabi eng qiziqarli eksponatlar bilan to‘ldirilgan. Avitsenna memorial muzeyi Fransiyaning “Avitsenna-Fransiya” uyushmasi bilan mustahkam doʻstona aloqalar o‘rnatgan. Uyushma muzeyning yangi ekspozitsiyasi uchun Gerard Cremonning lotin tilidagi “tibbiy fan Canon” tarjimasining bir nechta nusxasini, shuningdek, Avitsennaga bagʻishlangan 1447-1448 qoʻlyozmalarining nusxalarini taqdim etgan. Uchbu hujjat Buxoro viloyati Peshko‘ tuman davlat arxivida saqlanmoqda.

  • 1980-yilda Oʻzbekiston SSR da Ibn Sino tavalludining 1000 yilligi nishonlandi va 5 jildda “Tib qonuni” nashr etildi.

  • 2006-yil 4-iyulda Tojikiston hukumati qarori bilan Lenin choʻqqisi Abu Ali ibn Sino nomidagi choʻqqi deb oʻzgartirildi.

  • Uning sharafiga Karl Linnaeus Acanthus oilasi o'simliklarining jinsini - Avitsenniya deb nomladi.

  • Tojikistonda Tojikiston davlat tibbiyot universiteti va ilgari Lenin cho‘qqisi deb atalgan tog‘ cho‘qqisi Avitsenna sharafiga nomlangan.

  • Dushanbeda uning sharafiga maydonga nom berildi va ozarbayjonlik haykaltarosh Omar Eldarov tomonidan haykal o‘rnatildi.

  • 2009 yil iyun oyida Eron Birlashgan Millatlar Tashkilotining Venadagi (Avstriya) bo'limiga Fors olimlari pavilyonini sovg'a qildi.

  • O‘zbekistonning Afshona qishlog‘ida Avitsenna muzeyi mavjud.

  • 1990 yilda Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot instituti ochildi.

  • Riga shahrida, Gailezers kasalxona majmuasi bog'ida 2006 yilda haykaltarosh Jaloliddin Mirtojiev tomonidan Abu Ali ibn Sino haykali ochilgan.

  • 1973-yil 26-sentabrda sovet va rus astronomi Lyudmila Ivanovna Cherniy tomonidan kashf etilgan Avitsenna asteroidi Ibn Sino nomi bilan atalgan.

  • IBM kompaniyasi tomonidan sut bezlarining kardiogrammalari va rentgenogrammalarini avtomatik tekshirish uchun yaratilgan Avitsenna dasturi Ibn Sino nomi bilan atalgan.

  • Toshkent shahrida ikkita turar-joy massivi Avitsenna nomi bilan atalgan - Ibn-Sino-1 va Ibn-Sino-2. Ko'chalar Ibn Sino nomi bilan atalgan:

  • 2011 yilda ispan yozuvchisi Ezequiel Teodoro fors shifokori hayotidan ba'zi lahzalarni jonlantiradigan "El Manuscrito de Avicena" romanini nashr etdi.


Yüklə 107 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin