6-mavzu. O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar reja



Yüklə 95,28 Kb.
səhifə1/12
tarix14.04.2023
ölçüsü95,28 Kb.
#97665
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR.


6-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILGAN
SIYOSIY ISLOHOTLAR.
reja:
1.O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. 2.Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
2. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
3.O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki.
4.O‘zbekistonda siyosiy sohadagi muammolarni bartaraf etish yo‘llari.
5.So’ngi yillarda amalga oshirilgan siyosiy tizimidagi islohotlar.



  1. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.

Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.

Ko‘ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko‘ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi tamoyillarini o‘zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o‘rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.


Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga
chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo‘lgan turli manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo‘lgan turli manfaatlar, qaramaqarshi kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko‘ppartiyaviylik tizimi muhim rol o‘ynaydi. «Partiya» so‘zi lotincha «part» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «ish»,«qism» degan ma’nolarni anglatadi. Siyosiy partiya — aholining,sinfning, ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi. Uning paydo bo‘lishini siyosatshunoslar burjua demokratiyasining vujudga kelish davriga nisbat beradilar. Biroq zamonaviy davlatlarning konstitutsiyalarida partiyalar haqidagi moddalar faqat XX asrga kelib paydo bo‘ldi. Hozirgi zamon jamiyatining siyosiy hayoti murakkab, ziddiyatli va xilma-xildir. Bugun siyosiy partiya mavjud bo‘lmagan birorbir davlatni tasavvur qilish qiyin. Hozirga dunyoning aksariyat demokratik mamlakatlarida ikki partiyaviy yoki ko‘ppartiyaviy tizimlar mavjud. Siyosiy partiyalar siyosiy hokimiyat mexanizmining faoliyat ko‘rsatishida ishtirok etadi yoxud unga muayyan ta’sir o‘tkazadi. Ular faoliyatining asosiy jihati aholi siyosiy ongining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishidir. Siyosiy partiya ko‘p mezonli va murakkab hodisa bo‘lganligi tufayli uni ta’riflashga ham turlicha yondashuvlar mavjud. Umuman olganda, ana shunday asosiy yondashuvlardan uchtasi alohida ajratib ko‘rsatiladi. Ayrimlar partiyani ko‘proq mafkuraviy birlashma sifatida tushunadilar. Boshqalar partiyani saylov jarayoni, saylovoldi kurashi, hokimiyatni egallashga intilish bilan bog‘liq holda ta’riflaydilar. Marksizm tarafdorlari «partiya» tushunchasiga sinfiy nuqtai nazardan ta’rif beradilar. Ular partiyani muayyan sinfning eng ongli, uyushgan, o‘z manfaatlarini himoya qiladigan qismi, deb hisoblaydilar.
Shunday qilib, ilmiy nuqtai nazardan siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta’rifni asos sifatida qabul qilish mumkin: siyosiy partiya — fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog‘langan, davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi. Hokimiyatni qo‘lga kiritish har qanday partiyaning bosh maqsadi hisoblanadi. Partiya qaysi ijtimoiy guruh yoki sinfning tashabbusi bilan yuzaga kelgan bo‘lsa, aynan shularning manfaatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Partiya o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan bo‘lsa ham ularga hokimiyat uchun kurash, o‘z hukumatini shakllantirish yoki koalitsion hukumat tarkibiga o‘z vakillarini kiritish orqali erishadi. Hukmronlikni qo‘lga kiritgan partiya davlatning butun qudratidan o‘ziga vakolat bergan ijtimoiy-sinfiy kuchlarning manfaatlari yo‘lida foydalanishga intiladi.
Partiya fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xususan NNTlar, jamoat tashkilotlari va harakatlardan, lobbistlar tuzilmalaridan aynan shunisi bilan farq qiladi. Ushbu sanab o‘tilgan tuzilmalar ham xuddi partiyalar singari siyosiy hayotda faol ishtirok etadi, lekin o‘z oldiga davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish, uni saqlab qolish va uni amalga oshirish maqsadini qo‘ymaydi.
Siyosiy partiyalar faoliyatining muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- tegishli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini aniqlash, bayon qilish va asoslash, ularni faollashtirish va integratsiyalash;
- siyosiy doktrinalar va dasturlar yaratish;
- davlatda hokimiyat uchun kurashga va davlatning faoliyat dasturlarini yaratishda, davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish;
- umuman, jamiyatni yoxud uning bir qismini siyosiy jihatdan tarbiyalash, ijtimoiy fikrni shakllantirish;
- davlat apparati, kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash va ularni yuqori mansablarga ko‘tarish;
- partiya ichidagi tashkiliy faoliyat.
Har bir mamlakat demokratiya, parlamentarizm va ko‘ppartiyaviylikni shakllantirishda o‘z yo‘liga ega. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. O‘zbekiston tanlab olgan yo‘lning o‘ziga xosligi sobiq sovet totalitar, yakkapartiyaviylik tizimining uzoq vaqt hukmronlik qilganligi bilan izohlanadi. Mustaqillikning ilk yillaridayoq yakkapartiyaviy diktaturaga barham berildi va
ko‘ppartiyaviy siyosiy tizimni shakllantirish maqsad qilib olindi. Yakka partiya hukmronligi bartaraf etilgandan so‘ng jamiyatimizda siyosiy plyuralizmning vujudga kelishi, siyosiy partiyalarning shakllanishi bilan bog‘liq jarayonlar shiddat bilan boshlanib ketdi. Biroq bu yo‘l birdaniga yoki dabdurustdan, biror-bir xorijiy mamlakat andozasini qabul qilish evaziga emas, balki asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olindi.
1992-yil 8-dekabrda Respublika Konstitutsiyasi qabul qilingandan so‘ng, siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Qisqa fursat ichida mamlakatimizda huquqiy asosda, parlamentda faoliyat ko‘rsatuvchi partiyalarning shakllanish jarayoni sodir bo‘ldi. Mustaqillik yillarida respublikada siyosiy institutlarning, mafkuralarning, fikrlarning xilma-xilligiga asoslangan va fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlaydigan yangi demokratik siyosiy tizimning negizlari vujudga keldi. Demokratik jamiyatning muhim omillaridan biri bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik tufayli mustaqillik yillarida O‘zbekistonda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari vujudga kelib, ular ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning ob’ektiv jarayoniga aylandilar. Respublikamizda ko‘ppartiyaviylikning shakllanish jarayonini har biri muayyan voqea bilan ajralib turadigan quyidagi beshta bosqichga bo‘lish mumkin:
1) 1991–1994 y.: yakkapartiyaviylikning tugatilishi va ko‘ppartiyaviylikning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarining yaratilishi;
2) 1995–1999 y.: ko‘ppartiyaviylikning qonunchilik asoslari yaratilishi va yangi partiyalarning tashkil topishi. “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (26.11.1996 y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi (14.04.1999 y.) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;
3) 2000–2004 y.: siyosiy tajriba to‘plash va moliyaviy mustaqillikni ta’minlash, doimiy elektoratni belgilab olish. “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi (14.12.2000y.), “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi (30.08.2001 y.), “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy tamoyillari to‘g‘risida”gi (04.04.2002), yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (29.08.2003 y.) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;
4) 2005–2006 y.: siyosiy partiyalar parlament nazoratining kuchayishi, konstruktiv muxolifatning shakllanishi;
5) 2007-yilda to hozirgi kunga qadar: siyosiy partiyalar faoliyati “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyaviy qonuni asosida (11.04.2007 y.) yanada jadallashuvi, siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ishtiroki, partiyalararo raqobatning kuchayishi.
Hozirga paytda respublikada beshta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasidir. Eng tajribali, ko‘p sonli va shakllangan deb, 1991-yil 1-noyabrda tashkil qilingan O‘zbekiston xalq demokratik partiyasini (O‘XDP) aytish mumkin. O‘XDPning II s’ezdi 1994-yil 1-noyabrda bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Oliy Majlisi va xalq deputatlarining mahalliy Sovetlariga saylovlar o‘tkazilishi bilan bog‘liq ravishda Nizomda belgilangan muddatdan ilgari chaqirildi. Unda Partiya saylovoldi dasturining masalalari, parlament deputatlariga nomzodlar ko‘rsatilishi, uning Nizomiga o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga va himoyaga muhtoj fuqarolari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Eng avvalo, bular iqtisodiyotda band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlardir. Bular – pedagoglar, vrachlar, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, pensionerlar hamda imkoniyatlari cheklangan kishilar.
Shuni aytish joizki, bugungi kunga kelib O‘XDP saflarida 360 mingdan ortiq (2012 y.) a’zolar bor. Partiya a’zolarining yarmidan ko‘pini xizmatchilar, 40 foizdan ortig‘ini ayollar, 50 foizini yoshlar tashkil qiladi. Ziyolilar, xizmatchilar va talabalar a’zolarning 50 foizdan ko‘pini, 40 foizini moddiy ishlab chiqarishda bandlar, 10 foizini nafaqadagilar va uy bekalari tashkil qiladi. Partiyadagi ishni 60 dan ortiq millat vakillari – o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, tojiklar, ruslar, ukrainlar, tatarlar, uyg‘urlar, turkmanlar, qirg‘izlar, koreyslar va hokazolar yuritadilar Partiyaning matbuot organlari o‘zbek va rus tilida chop etiladigan gazetalar «O‘zbekiston ovozi» va “Golos Uzbekistana” gazetalaridir.
1995-yil fevralda tashkil qilingan «Adolat» sotsialdemokratik partiyasi tarkibida fan-texnika ziyolilari, muhandis va olimlar, davlat muassasalari ishchilari etarli darajada keng ifodalangan. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- kuchli ijtimoiy-huquqiy davlat barpo etish;
- adolatli fuqarolik jamiyatini yaratish;
- ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir qilish;
- jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillarini, inson huquq va erkinliklarini mustahkamlash.
O‘zbekiston “Adolat” SDP hozirda o‘z taraqqiyotining yangi sifat bosqichida turibdi. Bu partiya saflarining mintaqalardagi sonining ortishi va tashkiliy mustahkamlashuvida namoyon bo‘lmoqda. Hozirda O‘zbekiston “Adolat” SDP saflarida salkam 90 mingdan ziyod a’zoni
(2012 y.) birlashtirib, O‘zbekistonning 188 aholi hududida 2500 dan ortiq boshlang‘ich tashkilotga ega. O‘z navbatida, bu partiya ijtimoiy bazasining kengayotganligidan dalolat beradi. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, avvaldan o‘zining tutgan o‘rnini, sotsial-demokratizmning umumjahon mafkuraviy oqimi bilan solishtiradi. «Adolat» ijtimoiy-siyosiy va xuquqiy gazetasi partiyaning bosh matbuot organidir. 1995-yil may oyida «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashkil qilindi, uning asosiy maqsadi – milliy o‘zini o‘zi anglashni rivojlantirish jarayonlarini faollashtirish, aholini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hokazo. «Milliy tiklanish» partiyasi o‘z dasturida konservativ jihatlarga tayanib, o‘zini fuqarolarning milliy ruh, dunyoqarash, milliy anglash va vatanparvarlikka asoslangan nuqtai nazarlari va manfatlarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilot, deb ta’riflaydi. Partiyaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi, milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

  • o‘z safida yurt vatanparvarlarini birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini O‘zbekiston manfaatlari hamda uning xalqaro obro‘-e’tiborini oshirish yo‘lida safarbar etish;

  • yoshlarni o‘z Vatanini hurmat qilish, sevish va u bilan faxrlanish, har qanday sharoitda milliy mustaqillikni, xalqning qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini asrash va himoya qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, uning ma’naviy ehtiyojlari va qiziqishlarini cheklashga bo‘lgan urinishlarga qarshi kurashishga yetarlicha hissa qo‘shish.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi xalqimizni komil millat maqomiga olib chiqishni o‘zining muqaddas maqsadi deb hisoblaydi. Milliy uyg‘onish, tiklanish va yuksalish orqali O‘zbekiston xalqi yer yuzidagi hech bir xalqdan kam bo‘lmagani va kam bo‘lmasligini ko‘rsatishga intiladi. Bugungi kunda “Milliy tiklanish” partiyasi uning o‘z atrofiga jipslashtirgan safdoshlarining soni 120 000 dan oshib ketdi (2012 y.). 1995-yil iyun oyidan partiya «Milliy tiklanish» gazetasiga ega. Ushbu gazetaning turli bo‘limlari milliy va umumbashariy boyliklarni tiklashga, yoshlarni tarbiyalashga, milliy tiklanish g‘oyalarini targ‘ibot qilishga qaratilgan.

Yüklə 95,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin