– huquqiy me'yorlarda mustahkamlab qo'yilgan, shuningdek, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan, vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik lavozimiga saylashni o'tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi – siyosiy tizimning tarkibiy qismidir.
Senat
- “Oqsokollar kengashi”
Separatizm
- Ajralib chiqishga intilish. Xalqaro hududda ittifoqchi davlatlarning biri tomonidan ittifoqchilar ruxsatisiz va ular bilan kelishmay turib urishayotgan dushman davlat bilan tuzilgan bitim
Siyosiy partiya
- o‘z oldiga davlat hokimiyatini boshqarish hududini saylov yo‘li bilan qo‘lga kiritish uchun kurashuvchi u yoki bu sinfning, qatlamning ilg‘or, ongli, uyushgan qismini birlashtirgan tashkilot
Fuqarolik jamiyati
– Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy xayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta'minlanadigan ijtimoiy tuzum.
Fuqarolik jamiyati institutlari
– jamiyatda qaror topgan nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ular muayyan ijtimoiy–iqtisodiy, ma'naviy va siyosiy faoliyatni amalga oshiradilar.
Mustaqillik
– (arabchadan - tobe emaslik, ixtiyori o'zidalik, qaram emaslik) – erkin va ozod ravishda, boshqalarning raxbarligisiz ish yurita bilish. Mustaqillik barcha jabhalarda munosabatlarni me'yor-mezonga soladi, har qanday kamsitish, tobelikni inkor etadi.
Mustaqillik – o'zaro hurmat, bir-birlarini qadrlash, milliy va bashariy qadriyatlarga tayanib ish ko'rish, keng dunyoqarash va erkin tafakkurga tayanib yashash, fikrlash, o'z xayotini o'zi tashkil
etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi.