– davlatga qarashli bo'lmagan, ammo ma'lum qonunlar yoki me'yoriy hujjatlarga bo'ysungan xolda faoliyat ko'rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari xisoblanadi.
Ombudsman
– inson huquqlarini qimoya qiladigan maxsus tashkilot. U inson huquqlarini turli ma'muriy organlardan himoya qilishni maqsad qilib qo'yadi.
Parlament
– frantsuzcha «parle» gapirmoq so'zidan kelib chiqqan bo'lib, rasmiy so'zlashish joyi ma'nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi xokimiyatni amalga oshiradi.
Referendum
– lotincha so'z bo'lib, davlat va jamiyat xayotining eng muhim masalalarini xalq maslahatiga taqdim etish, umumxalq ovoziga qo'yish degan ma'noni bildiradi.
– ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy xayotning barcha sohalarida qat'iy xukmron bo'ladi. Ya'ni xech kim, xech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo'ysunmasligi mumkin emas, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, xech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
– O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellikta deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko'rsatishiga asoslanadi.