6-mavzu. O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar reja


O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik



Yüklə 95,28 Kb.
səhifə4/12
tarix14.04.2023
ölçüsü95,28 Kb.
#97665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR.

4. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik.

Fuqarolarning muayyan tashkilotlarga uyushishi qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Turli hunarmandchilik mahallalari, uyushmalar hamda birlashmalar o‘rta asrlar va undan keyingi davrda shakllangan bo‘lib, jamiyat a’zolarini bir maqsad atrofida birlashtirishda muhim rol o‘ynagan. Yurtimiz hududida ham hunarmandchilik mahallalari, ya’ni uyushmalari asrlar davomida bir kasb egalarining muayyan manfaat asosida birlashtirib turgan, ularni yanada faollashtirib, ishlab chiqarish, savdo-sotiqning rivojlanishiga turtki bergan. XIX asrga kelib bunday birlashmalarning soni osha boshlagan. XX asrning boshlariga kelib esa yurtimiz hududida turli ko‘rinishdagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy birlashmalarning soni ancha ko‘paydi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng fuqarolarning jamoat tashkilotlariga uyushish tarixi mutlaqo yangi davrni boshladi. O‘zbekistonni mustaqillik yillarida shakllangan va rivojlangan jamoat tashkilotlarining vazifasini avvalgi davrlar jamoat birlashmalariga taqqoslab bo‘lmaydi. Bugungi kunda jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylandi, davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etuvchi muhim tizimga ega bo‘ldi, fuqarolarning har jihatdan huquq va manfaatlarini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan jamoatchilik nazoratining asosiy o‘zagi bo‘lib qoldi. Umuman, O‘zbekistonda fuqarolar birlashmalarining rivojlanishi tarixini shartli ravishda bir necha davrlarga bo‘lish mumkin.


Birinchisi, mustamlaka bo‘lgunga qadar o‘tgan davr. Bu bosqich taxminan XIX asrning 60-yillarigacha bo‘lgan davrni qamrab olib, dehqonlar (mirishkorlar), hunarmandlar, xalq ichida yuruvchi san’atkorlarning noprofessional birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Hashar ya’ni muayyan xususiy yoki ijtimoiy muammoni hal qilishdaumumiy yordam ko‘rsatish institutini o‘zbek xalqining eng qadimiy an’anasi sifatida, vaqtinchalik mehnat fuqarolik ittifoqi shakli, deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarishning o‘ziga xos modeli mavjud bo‘lib kelgan va hozirda ham amal qilmoqda. Bu mahalla instituti hisoblanadi.

Yüklə 95,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin