6-mavzu. O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar reja


O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar



Yüklə 95,28 Kb.
səhifə3/12
tarix14.04.2023
ölçüsü95,28 Kb.
#97665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR.

2. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasidagi demokratlashtirish hamda tubdan yangilanish jaraënlari ijtimoiy-siësiy haëtning barcha jabhalarini qamrab olgan. Mamlakatimizda haqiqiy ma’nodagi fuqarolik jamiyati qurishning qonunchilik bazasi izchillik bilan mustahkamlanmoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-siësiy haëti, shuningdek, sud-huquq sohasida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Shuni ochiq tan olishimiz kerakki, qonun ustuvorligini haëtimizning barcha jabhalarida ta’minlash, eskicha fikrlash, umuman, qotib qolgan qarashlardan tezroq voz kechish va avvalo, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasini ustuvor vazifa deb qarash va shu asosda yo‘l tutish, bu jarayonni tubdan tezlashtirish bugungi kunda biz uchun eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Sud-huquq tizimining liberallashuvi bu shunchaki qonun talabining yumshatilishi ëki zaiflashuvi emas, aksincha qonunlarning insoniylik va demokratik asoslari mustahkamlanishidir.


Sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri – fuqarolarda sud va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga nisbatan jazolovchi organ emas, balki shaxs huquq va manfaatlarini himoya qiladigan organlar sifatida qarashni shakllantirishdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tamal-toshi bu Asosiy qonun – Konstitutsiyadir. Konstitutsiya davlatimizning qonunchilik negizini shakllantirishning asosiy poydevori, mustaqil davlatimizning poydevori bo‘ladi. Mamlakatimiz Asosiy qonuni - Konstitutsiya asosida sud-huquq sohasidagi islohotlar izchillik bilan amalga oshirib kelinmokda. 1993-yilda "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishi sudlarning mustaqil hokimiyat tarmog‘i sifatida shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qildi. Sud hokimiyati davlat organlari tizimida alohida ahamiyat kasb etadi. Sud hokimiyatining faoliyati inson huquqlari va erkinligiga bevosita daxldorbo‘lib, odil sudlovni amalga oshirish faoliyati natijasida shaxslarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kafolatlanadi. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida mustaqil tarmog‘i bo‘lib, u o‘z funksiyasi bo‘yicha hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlaridan farq qiladi. Sud hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan birgalikda mavjud bo‘lishi, demokratik davlatning muhim belgisidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va "Sudlar to‘g‘risida"gi qonunlari asosida mamlakatimizda mustaqil sud hokimiyati shakllandi, uning inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi vakolatlarini yanada kengaytirishga doir huquqiy asoslar takomillashtirilishi uchun zamin tayyorlandi. O‘zbekistonda sud hokimiyatining yangi tarmoqlari yaratildi. Sudning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirildi, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilinishni kafolatlashning huquqiy me’yorlari takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasining odil sudlov organlari davlat hokimiyatining mustaqil bir tarmog‘iga kiruvchi va qonun ustuvorligini ta’minlab, tartibga solib turuvchi organdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qorakalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shaxar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shaxar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat”, deb belgilangan. Sud tizimidagi ushbu o‘zgarishlar 2000-yil 14-dekabr kuni qabul qilingan "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahririga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan sud tizimiga o‘zgartirish kiritilib, sudlar ixtisoslashtirildi, ya’ni jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman(shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shaxar) sudlari shu davrda joriy kilindi. I.A.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-2682. 2000-yil 14-avgust) bilan umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashuvi, ya’ni, fuqarolik ishlari va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ajratilgani sudlarda ishlarni ko‘rish va hal qilish sifatining oshishiga, sudyalarning professionallashuviga, aholining huquq va manfaatlarini sud tomonidan himoya qilinishining yanada takomillashishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu farmon talablari va respublikamizda sud islohotlarini olib borishning yangi bosqichiga o‘tilishini ta’minlash maqsadidida 2000-yil 14-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonuni yangitahrirda qabul qilindi. Ushbu qonun umumiy yurisdiksiya sudlari va xo‘jalik sudlarining zamon talablari asosida faoliyat yuritishi uchun huquqiy asos bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi asosida sudlar ixtisoslashuvining joriy etilishi, ya’ni umumiy yurisdiksiya sudlarining fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqadigan va jinoyat ishlarini ko‘rib chiqadigan sudlarga ajratilishi sud tizimini isloh qilishdagi jiddiy qadam bo‘ldi. Fuqarolarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashda advokatura instituti hamda jinoiy ishlarni liberallashtirishda advokatlarning o‘rni beqiyosdir. 2008-yil 1-mayda I.A.Karimovning “Advokatura tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida advokatura tuzilmalari tubdan ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi, Advokatlar palatasi tuzildi.
2001-yil 30-avgustda "Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi, ushbu qonun asosida jinoyatlarning tasniflanishio‘zgartirildi, o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlari, yarashuv instituti joriy etildi. Bunday ëndashuv ko‘pgina demokratik, rivojlangan davlatlar amaliëtiga to‘la muvofiqdir. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar tufayli ozodlikdan mahrum kilish bilan bog‘lik bo‘lmagan jazolarni qo‘llash imkoniyati kengaydi. Natijada mamlakatimiz, aholi jon boshiga hisoblaganda, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxslar bo‘yicha dunyoda eng past ko‘rsatgichga ega bo‘ldi. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi natijasida shaxs ozodligini cheklaydigan jazo choralari o‘rniga etkazilgan zararning o‘rnini qoplashni rag‘batlantiradigan, ayniqsa, iqtisodiy sohadagi jinoyatlar uchun jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo‘llash imkoniyati ancha kengaytirildi.
Jinoiy jazo tizimida insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi. Jinoyat qonunchiligidan etkazilgan zararning o‘rni qoplagan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishini istisno qiladigan rag‘batlantiruvchi normalar kiritildi. Sud-huquq sohasidagi islohotlarning yana bir muhim bosqichi 2005-yilda amalga oshirildi. I.A. Karimov 2005-yil 28-yanvar kuni “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” nomli ma’ruzasida “Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala – bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlashdir. Bu o‘rinda gap, ayrim mamlakatlarda bo‘lganidek, o‘lim jazosiga maratoriy qo‘llash, ya’ni mahkum yillar davomida ushbu jazo chorasini qachon ijro etilishini kutib yotishi to‘g‘risida emas, balki uni butunlay bekor qilish haqida bormoqda”, deb ta’kidlagan edi. I.A.Karimov tomonidan 2005-yil 10-martda PQ-24 – sonli qaror bilan tasdiqlangan "Sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Konsepsiyasi"da jazo tizimidan o‘lim jazosini olib tashlash va uni umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirishda ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish vazifalari belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2005-yil 1-avgust kuni imzolangan "O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida"gi farmoni sud-huquq islohotlarining juda muhim bosqichi hisoblanadi. O‘lim jazosining jinoiy jazo tizimidan bekor qilinishining zaruriy xususiyati jinoyat sodir etgan shaxsning jazosini engillashtirish yoki bunday shaxslarga muruvvat ko‘rsatishdan ham ko‘ra ko‘proq aybsiz kishilarning gunohsiz jazolanib ketishining oldini olish uchun ham muhimroq hisoblanadi.

Yüklə 95,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin