6-mavzu. O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar reja



Yüklə 95,28 Kb.
səhifə6/12
tarix14.04.2023
ölçüsü95,28 Kb.
#97665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR.

To‘rtinchisi, 1985-yilda boshlanib 1991-yilgacha davom etgan davr. Bu davrda «qayta qurish» orqali «sotsializmni yangilash» g‘oyasi ostida fuqarolik birlashmalarining rivojlangan modelini qurishga harakat qilingan. Lekin, vaziyat kommunistik rejim nazoratidan chiqib ketdi. Bu, birinchidan «jarayonning borishi»ga umumiy Kreml kayfiyatini va mamlakatda umumiy boshqaruvsizlikni aks ettirdi, ikkinchidan, jamoatchilik birlashmalari faoliyatining huquqiy mexanizmlari yo‘qligi, va uchinchidan, bunday birlashmalarni moliyaviy ta’minlash imkoniyatining yo‘qligi edi. Ammo, shu davrda O‘zbekistonda mamlakatning oliy rahbariyati boshchiligidagi sog‘lom kuchlar davlat mustaqilligiga erishishda haqiqiy ma’nodagi jamoatchilik birlashmalarining rolini inobatga olgan holda, ularning rivojlanishiga zamin hozirladi. Shunday qilib, Prezident I.Karimov tashabbusiga ko‘ra, hali 1991-yilning yozidanoq, jamiyatda xotin-qizlarning roli va ayniqsa, mamlakatda demografik vaziyatning xususiyatlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston xotin-qizlar Qo‘mitasi qayta tiklandi. 1995-yilning martidan jamoatchilik-davlat maqomini olgan bu yagona tashkilot o‘z strukturasida vertikal ierarxiya tizimiga ega bo‘ldi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyat qo‘mitalari – 14 ta, tuman qo‘mitalari – 170 ta. Xotin-qizlar qo‘mitalarining barcha rahbarlari ma’lum darajadagi hokim o‘rinbosarlari sanaladi. Bugun mamlakatimizda 91 ta xotin-qizlar nohukumat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Ularning 55%i ta’lim yo‘nalishidagi loyihalar bilan ishlamoqda.
Beshinchisi, 1991-yilning sentyabridan boshlanib, 1996-yilgacha bo‘lgan davr, ya’ni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning Umumiy e’tirof etilgan tasnifga ko‘ra, O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi guruhlarni o‘z ichiga oladi:
Birinchi guruh – aholining muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan umummilliy strukturalar («Mahalla» xayriya jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Nogironlar Jamiyati, «Kamolot» jamg‘armasi, «Nuroniy» jamg‘armasi va boshqalar).
Ikkinchi guruh – ekologiya, madaniyat va salomatlikka ixtisoslashgan milliy-xalqaro jamg‘armalar («EKOSAN» jamg‘armasi, «Oltin meros» jamg‘armasi, «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi, Amir Temur madaniytarixiy jamg‘armasi, Orolni qutqarish jamg‘armasi, Markaziy Osiyo mamlakatlarining fan va madaniyat xodimlari jamg‘armasi va boshq.).
Uchinchi guruh – professional manfaatlarga oid ijtimoiy muassasalar, ulardan eng ko‘zga ko‘ringanlari quyidagilar: «Ijtimoiy fikr» markazi, «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash Xalqaro markazi va boshq.

Yüklə 95,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin