6-mavzu. O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar reja


Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari



Yüklə 95,28 Kb.
səhifə10/12
tarix14.04.2023
ölçüsü95,28 Kb.
#97665
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6-MAVZU. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR.

Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari

– mustahkam iqtisodiy asosga ega bo'lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma'naviy–ma'rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o'rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish idoralarining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga o'tish kontseptsiyasi.

Ijtimoiy adolat

– jamiyat barqaror va to'laqonli rivojlanishi uchun o'ta zarur omildir. U birinchidan, shaxs, jamiyat, davlat aloqadorligida tenglik va o'zaro xamkorlikni taqozo etadi. Ikkinchidan, mazkur tamoyil shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy ne'matlardan baxramand bo'lishda teng huquqli bo'lishini ta'minlashga qaratilgan mezonlar va kafolatlarning mavjudligini bildiradi. Ijtimoiy adolatni ta'minlash xar bir huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biridir.

Demokratik tamoyillar

– xalq xokimiyatchiligini amalga oshirishning asosiy tamoyillaridir. Bular xokimiyat va boshqaruv organlari chiqargan qarorlardan xalqning xabardorligi; ushbu qarorlar bajarilishi ustidan xalqning nazorati, qonun va qarorlarni qabul qilishda xalqning ishtiroki tamoyilidir.

Demokratiya

– «Demokratiya» so'zi xalq xokimiyati degan ma'noni anglatadi. Bu xukumat shakli, xayot yo'li, maqsad yoki ideal, ya'ni eng yuksak orzu va siyosiy falsafa. Bu termin xukumatning demokratik shakliga ega mamlakat uchun xam tegishlidir. Demokratiya (ya'ni xukumatning demokratik shakliga ega mamlakat) fuqarolari xukumat ishida bilvosita yoki bevosita qatnashadilar. Bilvosita demokratiyada – bu ko'pincha «sof demokratiya» deb ham ataladi, kishilar o'z jamoalari uchun zarur qonunlar ishlab chiqish maqsadida bir joyda uchrashadilar. Demokratiyaning asosiy xususiyatlari: barcha demokratik davlatlar uchun bir xildir. 1. Erkin saylovlar. 2. Siyosiy partiyalar mavjudligi. 3. Davlatning nazorat etilishi. 4. Konstitutsion xukumat. 5. Xususiy tashkilotlar.


Yüklə 95,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin