Oʻzbek xalqining muomala madaniyati, bir-biriga boʻlgan hurmati, kattalarni eʼzozlash va qadrlash kabi xislatlari doimo eʼtirof etib kelingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Sh. Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” tamoyili hayotga tatbiq etilmoqda.
Shu bilan birga bobolarimiz Amir Temur va Jaloliddin Manguberdining jasorati va vatanparvarligini yoshlar ongiga singdirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, tariximiz va oʻzligimizni anglash maqsadida Qurolli Kuchlar tizimida Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar institutini tashkil etilishi, buyuk sarkardalarning harbiy jang sanʼatini, qoʻshinlardagi jangovar ruh va vatanparvarlikni chuqur oʻrganishda hamda tatbiq etishda, shuningdek, armiyamizda harbiy qadriyat va anʼanalarni takomillashtirishda muhim oʻrin tutmoqda.
Yuksak mahorat hamda sharaf ramzi boʻlgan Amir Temur jangovar bayrogʻini taʼsis etilishi qoʻshinlarda milliy va jangovar ruhni oshirishda, harbiy xizmatchilarda ajdodlar jasorati va matonati bilan gʻururlanish hamda ularga munosib avlod boʻlish tuygʻusini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi Oʻzbekiston armiyasida – boy tarixiy qadriyatlarimizga tayangan holda harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlarida yuksak intizom qoidalarini mustahkamlash, bir-birlariga boʻlgan hurmat va eʼtibor, oʻz kasbini sevish, vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalashda aynan milliy harbiy muomala madaniyati xizmat qiladi.
Armiyamizda muomala madaniyatini yuksaltirish maqsadida harbiy atamalarda “Mening”, “Safdoshim”, “Askar”, “Qoʻmondonim” va “Komandirim” kabi soʻzlarni tatbiq etish zaruriyati tugʻilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan murojaat etish va salomlashish tartibi quyidagicha taklif etiladi: