Mavzu: Mamlakatimizdagi 2022-2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasi va unda investitsiya loyihalarining roli



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə1/15
tarix18.12.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#184357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
otabek kurs

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




Guliston Davlat Universiteti
“Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar” fakulteti
“Iqtisodiyot” kafedrasi


KURS ISHI


Mavzu: Mamlakatimizdagi 2022-2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasi va unda investitsiya loyihalarining roli.
Guruh: 78-20
Tayyorladi:Abduqahhorov Otabek
Qabul qiluvchi: Mamajonova Saida
Topshirgan sana:
Baho:

Guliston 2023-2024


Mundarija:
KIRISH………………………………………………………………..
I bob.Mamlakatimizdagi 2022-2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari…………………………
1.1.Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari……………
1.2.Soliq va Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar………………………………..
1.3.”100 ta maqsad”haqida qisqacha……………………………………


II bob. Investitsiya loyihalarining roli………………………..
2.1.Investitsiya loyihalarining “100 ta maqsad” doirasida qo’llanishi…..
Xulosa……………………………………………………………………


Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..
Kirish
I bob.Mamlakatimizdagi 2022-2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari
1.1 Taraqqiyot strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari
Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi joriy yil 31 dekabrdan boshlab internetdagi (regulation.gov.uz, 2022-2026.strategy.uz va jamoatchilik.uz) portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi mazmunmohiyati, uni yaqin va oʻrta istiqbolda amalga oshirish mexanizmlari haqida batafsil soʻz yuritildi. “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz tanlanmagan. Bu nom, avvalo, mazkur Taraqqiyot strategiyasi — 2017-yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yoʻnalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng koʻlamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yoʻnalishlarda muhim natijalarga erishish koʻzda tutilmoqda.Oʻz navbatida, xalqimizning toʻla ishonchi bilan qayta saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqi “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” lo­yihasi muhokamasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi.Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida bayon etilgan yangi gʻoya va tashabbuslar saylovchilar, butun xalqimiz bildirgan taklif, fikr hamda mulohazalar bilan umumlashtirilishi va takomillashtirilishi hisobiga yanada sayqal topdi. Natijada uchta hujjat: birinchidan, Prezidentimizning “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraq­qiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni; ikkinchidan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi; uchinchidan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi loyihalari ishlab chiqildi. Xususan, agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yoʻnalish belgilab olingan boʻlsa, taraqqiyot oʻzgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi koʻzda tutilgan holda, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yoʻnalish qoʻshildi. Shunday qilib, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yoʻnalish nazarda tutilgan.Bu — bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu -niyatni roʻyobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar”. Taraqqiyot strategiyasida Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan. Misol uchun, Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi Oʻzbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi. Kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida bir qator konsepsiya va dasturlar, 13 ta kodeks, 12 ta qonun, yaʼni har bir ustuvor yoʻnalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi koʻzda tutilgan. Binobarin, yangi hujjat — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi Oʻzbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026-yilgacha boʻlgan davrni qamrab oladi va yilma--yil amalga oshirib boriladi.Har uchala hujjat loyihasi oʻtgan yil 30-dekabr kuni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Shu tariqa “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining uchinchi bosqichi 2021-yil 30-dekabrdan jamoatchilik muhokamalari yakuniga yetgan sana, yaʼni 2022-yil 15-yanvargacha boʻlgan davrni qamraydi. Ushbu muhim hujjat loyihalari 2022-2026 .strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz elektron platformalari orqali keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama uchun joylashtirilgani yurtdoshlarimizga oʻz takliflarini bildirishi uchun qulay imkoniyat tugʻdirdi. Natijada qizgʻin va jiddiy muhokamalar asnosida faqatgina elektron platformalar orqali jami 17 ming 535 ta taklif kelib tushdi. Jamoatchilik muhokamalari milliy va xalqaro miqyosda keng tashkil etilgani diqqatga loyiq. Milliy muhokamalarning oʻzi ham bir nechta yoʻnalishda oʻtkazildi.Avvalambor, Taraqqiyot strategiyasi parlament yoʻnalishida — Oliy Majlis palatalari majlislarida, qoʻmita va komisssiyalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Yoshlar parlamentlarida muhokama qilindi. Shuningdek, davlat organlari masʼul xodimlari, soha mutaxassislari, olimlar, professor-oʻqituvchilar, turli soha vakillari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan konferensiya, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi. Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, fuqarolik jamiyati faollari alohida namuna koʻrsatdi. Muhokama jarayonlariga xorijdagi vatandoshlarimiz ham keng jalb etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev taqdim etgan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradi.Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. Eng asosiysi: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda.

Avvalambor, loyihasi muhokama qilinayotgan asosiy tarixiy hujjatning nomi – “Yangi O‘zbekiston tarraqiyot strategiyasi” deyiladi. Prezidentimiz inauguratsiya nutqida qayd etganidek, o‘tgan saylov davomida davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi birinchi navbatda Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi elektorati o‘rtasida o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazildi.
Yangi O‘zbekiston strategiyasida 2017 yil fevralida Prezidentimizning Farmoni bilan tasdiqlanib, 5 yil davomida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan.
Bitta raqamga e’tibor qarataylik: Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi.
 Yangi hujjat – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil amalga oshirib boriladi.
Jamoatchilik muhokamalari shu yil 15 yanvarda yakunlanadigan mazkur Taraqqiyot strategiyasi zamirida qanday ma’no-mohiyat mujassam, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Avvalambor, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nomning mazmun-mohiyatiga muxtasar to‘xtalamiz. Zero, bu nomning kelib chiqishi, fikrimizcha, bir qator muhim omillarga borib taqaladi.

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin