Mavzu: Mamlakatimizdagi 2022-2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasi va unda investitsiya loyihalarining roli



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə7/15
tarix18.12.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#184357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
otabek kurs

Soliqqa tasiri
Mazkur hujjat bilan Taraqqiyot strategiyasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yil 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi belgilanmoqda.Ushbu imtiyoz yuzasidan Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilandi.Yana bir muhim jihati, 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 %gacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi 15 %gacha tushirish ko‘zda tutilmoqda.Shunigdek, Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar sharoiti “og‘ir” bo‘lgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 % stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlari hisoblangan summadan 1 % stavkada to‘lash tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.
Bundan tashqari, 2026-yil borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 %idan 25 %i darajasiga kamaytirish kutilmoqda.

Iqtisodiyot


Kutilishicha, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot — 1,6 baravar oshadi2030 yilga borib esa aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4000 AQSh dollariga yetkazish hamda «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish rejalashtirilgan.

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin