Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy «drayver» sifatida belgilanib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishni ta’minlash ko‘zda tutilgan.2026 yil yakuniga qadar iqtisodiyotning real sektori, moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70%ga yetkazish ko‘zda tutilgan.Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravarga, ularning eksportini esa 10 baravar oshirish va 500 million AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilgan. Eksport hajmlarini 2026 yilda 30 mlrd AQSh dollariga yetkazish (2021 yil yakunlari bo‘yicha — 16,6 mlrd dollar), xususiy sektorning eksportdagi ulushini esa 60 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Avtotransport vositalari eksportini 3 baravarga oshirish va 1 mlrd AQSh dollariga yetkazish, turizm, transport, axborot-kommnikatsiya va boshqa xizmatlar, jumladan, dasturiy ta’minotlar eksportini 1,7 baravar oshirib, ular hajmini 4,3 mlrd AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilgan. Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 baravar ko‘paytirish (hozir — 5,2 mlrd dollar, eksportning 44%i), eksportchi korxonalar sonini hozirgi 6 500 tadan 15 000 taga, eksport geografiyasini 115 tadan 150 taga yetkazish prognoz qilinmoqda.Ochiq tanlov asosida 200 ta eksportchi kompaniyalar saralab olinadi va ularga mamlakatning yetakchi eksportyorlariga aylanishda har tomonlama ko‘mak beriladi. Qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarda erkin savdo zonalari paydo bo‘ladi.Xususiy sektorning YAIMdagi ulushini 80%ga yetkazish ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti» har yili o‘tkaziladi.Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish, shuningdek, biznes- inkubatorlar tizimi va faktoring amaliyotini rivojlantirish rejalashtirilmoqda. 2026 yil borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini YAIMning 27,5%dan 25%i darajasiga kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Yerlar
Dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5%ga yetkazish rejalashtirilgan.Tumanlar aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.Yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish rejalashtirilmoqda. 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirib, aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish ko‘zda tutilgan.Intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar, issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirish, eksport salohiyatini yana 1 mlrd AQSh dollariga oshirish prognoz qilinmoqda.Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturi doirasida kamida 7 mlrd kub metr suvni iqtisod qilish, suv xo‘jaligi obyektlarida elektrenergiyasi iste’molini kamaytirish, ularni davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish rejalashtirilmoqda.Bundan tashqari, chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5−2 baravar ko‘paytirish kutilmoqda. 14 ta hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida besh yillik hududiy dasturlar amalga oshiriladi. Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4−1,6 baravarga oshirish vazifasi qo‘yilgan.Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda «millionlik shaharlar»ga aylantirish rejalashtirilmoqda. 450 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir nechta mavzelarini qurib, foydalanishga topshirish, Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini 50%ga yetkazish rejalashtirilgan.Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi «Shaharlar qulayligi» indeksi joriy etilishi kutilmoqda. To‘rtta hududda Toshkent shahrida barpo etilgan «INNO» innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparklari paydo bo‘ladi.