Mavzu: Mamlakatimizdagi 2022-2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasi va unda investitsiya loyihalarining roli


Aholini joylashtirishning bosh sxemasini



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə11/15
tarix18.12.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#184357
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
otabek kurs

Aholini joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish, renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 mln kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilaning yangi massivlarga ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida hududlarning «o‘sish nuqtalari»dan kelib chiqib, muhandislik- kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish davom ettiriladi.

Hududlarda qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyani qurish va yangilash rejalashtirilgan.
Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 87%ga yetkazish (2020 yilda — 67,4%), 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahrida oqova suvini tozalash tizimi shahar hududidan tashqariga chiqarilib, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi inshootlar barpo etiladi.

Turizm
Keyingi 5 yilda xizmat ko‘rsatish hajmi 3 baravarga oshishi, sohada jami 3,5 mln yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.Savdo va yo‘lbo‘yi xizmatlarini rivojlantirish orqali 130 ta zamonaviy bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 65 ta yirik hamda 5000 ta kichik xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini 3 baravarga qisqartirish kutilmoqda (hozir bu YAIMning 50%dan ortig‘ini tashkil qiladi).Xizmatlar sohasining jozibadorligini oshirishda sohadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.Mahalliy sayyohlar sonini 12 mln nafardan oshirish, xorijiy turistlar sonini 9 mlnga yetkazish, shuningdek, 2026 yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etiladi, 300 mln AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirilib, 25 ming ish o‘rinlari yaratiladi.
Samarqandni «Turizm darvozasi»ga aylantirish orqali kelgusi 5 yilda turizm xizmatlari hajmini kamida 10 baravarga oshirish rejalashtirilgan. 2022 yilda «Abadiy shahar» tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan Samarqand turizm markazi va zaruriy infratuzilma tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘istonda va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha dasturni amalga oshirish, Navoiy viloyatida ziyorat va ekoturizmni rivojlantirish, Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida turizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish, shuningdek, Toshkent shahrida turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash rejalashtirilgan.


1.3.”100 ta maqsad”haqida qisqacha

Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, «Inson qadri uchun – 100 ta maqsad» belgilab olindi. Bu haqda 26 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ta’kidlandi, deya xabar bermoqda «Daryo.uz».

«Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha, ‘Inson qadri uchun – 100 ta maqsad' belgilab olindi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun, 2022 yilning o‘zida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda», – dedi prezident.



Davlat rahbari barcha sa’y-harakatlar, ajratilayotgan mablag‘lar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shartligini ta’kidladi.


Strategiyada quyidagilar belgilandi:

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin