2022 — 2026-yillarda markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishning yig‘ma maqsadli ko‘rsatkichlari
mlrd. so‘m
T/r
Moliyalashtirish manbalari
2022 — 2026-yillarda jami
shundan:
2022-yil
2023-yil
2024-yil
2025-yil
2026-yil
Jami kapital qo‘yilmalar
2 025 200
298 772
346 848
400 318
457 659
521 603
shu jumladan:
1.
Markazlashgan investitsiyalar:
344 309
50 767
61 480
72 378
76 106
83 579
1.1.
Budjet mablag‘lari
136 669
23 790
25 017
28 074
29 400
30 388
1.2.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari (so‘mda)
17 614
1 613,2
3 100
3 450
4 514
4 937
mln. AQSh dollarida
1 352
142*
258
271
335
345
1.3.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar (so‘mda)
190 027
25 363
33 364
40 854
42 192
48 255
mln. AQSh dollarida
14 738
2 240
2 780
3 212
3 129
3 376
2.
Markazlashmagan investitsiyalar:
1 680 891
248 006
285 368
327 940
381 553
438 024
2.1.
Korxona mablag‘lari, shu jumladan, korxonalarning o‘z ixtiyorida qoldiriladigan soliqlar
478 234
69 433
76 926
92 465
110 384
129 026
2.2.
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari
338 864
49 606
53 696
64 861
79 242
91 458
2.3.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar (so‘mda)
714 278
107 621
130 186
141 024
157 094
178 353
mln. AQSh dollarida
55 572
9 506
10 849
11 087
11 651
12 479
2.4.
Aholi mablag‘lari
149 515
21 346
24 560
29 590
34 833
39 187
* Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 300 mln. dollarga teng mablag‘lari “Olmaliq KMK” AJning ustav jamg‘armasiga loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi XULOSA
Xulosa sifatida aytib o‘tish mumkinki, davlatimiz rahbari tomondan mahalla instituti transformatsiya qilishga doir dadil tashabbuslar o‘zining chuqur ilmiy-nazariy asoslariga egadir. Ushbu islohotlar negizida turgan ijtimoiy-siyosiy kontekst – bu fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy boshqaruv va jamoatchilik nazorati institutlarini har tomonlama kuchaytirishdir. 7 ta ustuvor yo‘nalishdagi masalalarni qamrab olgan taraqqiyot strategiyasi, unda ilgari surilgan taklif-tashabbuslarning ahamiyati va mohiyati haqida uzoq fikr yuritish mumkin. Endi bu boradagi vazifamizga keladigan bo‘lsak, Prezident nutqidagi g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatini xalqimizga, keng jamoatchilikka yetkazishimiz, uni ro‘yobga chiqarishda har birimiz mas’ul ekanimizni tushuntirib berishimiz zarur. Asosiysi, taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadlarga erishish nazarda tutilmoqda. Oddiy qilib aytganda, fuqarolarni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar qay darajada samara va natija berayotgani mahallalarda yaqqol, aniq ko‘rinadi. Qonunlar, qaror, dasturlar va boshqa muhim hujjatlar ijrosi, ya’ni ro‘yobi oilalar, xonadonlarda sezilishi kerak. Bu qanday amalga oshiriladi? Bu savolga, keling, bir misol keltirib o‘tay. O’tgan yili xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashida hududdagi 16 ta shahar va tumanlardan 5 yo 6 nafarining hisobotini eshitdik. Ya’ni, hokimlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qilingan ishlar va galdagi rejalar bo‘yicha deputatlarga hisob berdi. Eshituvlar yakunida 2 nafar hokim hisoboti qaytarildi. Xo‘sh, nega bunday bo‘ldi, dersiz? Negaki, keltirilgan raqamlardan, belgilangan dasturlar ijrosidan deputatlarimiz qoniqmadi, berilgan savollarga javoblar umumiy gaplar ekanligi sezilib qoldi. Keyin nima qildik? Hokimlar bilan birga hududdagi sektor rahbarlariga 3 oygacha muddat berdik. Aytmoqchi bo‘lganim, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan taraqqiyot strategiyasida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish birinchi yo‘nalish sifatida bejiz belgilanmagan. Qaysiki, deputatlar faol bo‘lsa, boshqa jamoat tuzilmalari ularga qarab andaza oladi. Jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga harakat qiladi. Natijada ijroda qaysidir masala e’tibordan chetda qolishi yoki paysalga solinishi, balki qiyin bo‘lishining oldi olinadi. Darvoqe, shu o‘rinda mahalliy Kengashlarning hududlardagi muammolarni hal qilishdagi o‘rni va roli haqida yana bir misolga to‘xtalmoqchiman. Albatta, "daftar"dagilarga ko‘maklashish va boshqa bir qancha masalalarda huquqiy asoslar yaratib berilgan. Ammo ayrim vazifa yoki muammolar borki, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal qilish Kengashlar vakolatiga kirmaydi. Oddiyroq aytganda, bu ishni qilish deputatlarni qo‘lidan kelmaydi. Masalan, o‘tgan yili murojaatlar va mavjud sharoitdan kelib chiqib, hududdagi elektr ta’minoti masalasini o‘rganib chiqdik. Bunda bevosita viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga bog‘liq bo‘lmagan muammolar, qaysiki, ularning o‘zini ham qo‘li kaltalik qilayotgan jihatlar borligi aniqlandi. Bu borada, tabiiyki, tegishli vazirlik va idoralarga Kengash so‘rovi chiqarildi. Tizim moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha viloyat budjetidan amalga oshiriladigan vazifalar chora-tadbirlari belgilandi. Demak, deputatlar tashabbuskor bo‘lsa, bildirilgan ishonchga munosib harakat qilsa, joylardagi har qanday muammoning yechimini topish va eng muhimi, uni hal qilish mumkin. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Prezidentimiz butun davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi imkoniyatlarini inson qadri uchun, degan ezgu maqsadga katta kuch hamda ishtiyoq bilan safarbar etmoqda. Bu tamoyil nafaqat joylardagi ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishga, eng asosiysi, huquqlar va imkoniyatlar tengligiga real sharoit yaratishga xizmat qiladi. Asosiy vazifa esa uni amalda ijrosini ta’minlashda qolmoqda. . FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Prezidentimizning “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni;
“Yangi O‟zbekiston” taraqqiyot strategiyasi.
“Harakatlar strategiyasi.
Sh. Mirziyoyev: “Milliy taraqqiyot yo‟limizni qat‟iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko‟taramiz”. 2019y.
Sh. Mirziyoyev: “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. 2019 y.
Sh. Mirziyoyev: “Niyati ulug‟ xalqning ishi ham ulug‟, hayoti yorug‟ va kelajagi farovon bo‟ladi”. 2019 y.
Sh. Mirziyoyev: “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari”. 2020 y.
2017-2021 yillarda O‟zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‟nalishi bo‟yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‟oyalar va texnologiyalarni qo‟llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oiddavlat Dasturi to‟g‟risida PF-5308-sonli Farmoni, 2018 yil 7 Yanvar
Davlat xizmatlarini ko‟rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‟yicha qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida. PQ-3662-sonli. 2018 yil 11 Aprel
www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali
www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti.
www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.
www.mineconomy.uz - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi rasmiy sayti
www.mf.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti
www.norma.uz -O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi sayti