Mavzu: Mamlakatimizdagi 2022-2026 yillardagi Taraqqiyot strategiyasi va unda investitsiya loyihalarining roli



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə8/15
tarix18.12.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#184357
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
otabek kurs

Yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha 5%gacha pasaytirish, shuningdek, davlat budjeti taqchilligini kamaytirish, uning hajmini 2023 yildan boshlab YAIMga nisbatan 3 foizdan ko‘p bo‘lmagan darajada ta’minlash rejalashtirilgan.
Har bir tuman budjetining kamida 5% «Fuqarolar budjeti» dasturi doirasida aholining takliflari asosida aniqlangan eng dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Tashqi qarz darajasi yiliga 4,5 mlrd dollardan oshmaydi.
YAIMda sanoat ulushini oshirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Buning uchun mashinasozlik, kimyo, neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya sanoati, transport sohalaridagi 23 ta yirik korxonalar mustaqil ravishda ichki va tashqi moliya bozorlariga chiqishi, xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritish orqali investitsiya loyihalariga mablag‘ jalb etishi kerak.



Energiya resurslari va sanoat tarmoqlari


Bundan tashqari, energetika sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish doirasida elektr energiyasini yetkazib berishda monopoliyani bekor qilish, sohada bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Shuningdek, energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlarini ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda liberallashtirish, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol standartlarini kiritish rejalashtirilgan.
Iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlari uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, mis sanoati klasterini tashkil etish orqali mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda 8 mlrd dollarlik mahsulot ishlab chiqarish kutilmoqda.

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin