Axborot kodeksi – shu vaqtga qadar amal qilayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar faoliyati, axborot va so‘z erkinligiga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq qonun kodifikatsiya qilingan yagona va yaxlit qonun hujjati sifatida qabul qilinishining natijasi bo‘ladi. To‘rtinchi omil: Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasining nafaqat nomlanishi, ayni chog‘da unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uyg‘un va hamohangdir. irlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-2030 yillarda Barqaror taraqqiyot maqsadlarini elon qilgan. Bu xalqaro hujjat o‘zbek tilida “Barqaror taraqqiyot maqsadlari” yoki “Barqaror rivojlanish maqsadlari”, degan nomlar bilan sizu bizga yaxshi tanish. Dastlab Harakatlar strategiyasida, endilikda esa Taraqqiyot strategiyasida ham O‘zbekiston bajarishni o‘z zimmasiga olgan BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq taktika va strategiyalari belgilab berilmoqda. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston tashqi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘zining BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanishi, bu boradagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati, yanada muhimi, ibratli tajribasini butun dunyoga ko‘rsata oldi. O‘z navbatida, Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi ushbu muhim taraqqiypravar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi ishlab chiqilyapti. Qolaversa, 35 yildan buyon Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya amal qilmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti taqdim etayotgan Taraqqiyot strategiyasi xalqaro hamjamiyatning rivojlanish tendensiyalariga, butun dunyoning taraqqiyot trendlariga to‘la mos keladi. Shuni ham aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy parlament komissiyasi tuzilgan. Parlament komissiyasi Barqaror taraqqiyot maqsadlari ijro etilishini parlament nazorati yo‘li bilan ta’minlamoqda. Binobarin, Taraqqiyot strategiyasini amalda tatbiq etishda ham parlamentning roliga alohida e’tibor qaratilayotgani juda muhim. Jamoatchilik muhokamalari yakunlari bo‘yicha kelib tushgan taklif va tavsiyalar asosida maromiga yetkazilganidan so‘ng davlatimiz rahbari tomonidan imzolanishi kutilayotgan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon asosida: