Tabiiy gazni qayta ishlash darajasini8%dan 20%ga yetkazish va kimyo sanoatida 2 mlrd AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqarishga erishish rejalashtirilgan.Avtomobil sanoatida kooperatsiyani rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga, eksport hajmini 2 baravarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish ko‘zda tutilgan. Chirchiq shahrida Toshkentdagi qator zavodlarni ko‘chirgan holda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sanoat klasteri tashkil etiladi. Kelgusi besh yilda qurilish materiallari va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2 baravar, charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 3 baravar, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish 3 baravar, elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish 2 baravar, eksport hajmi 3 baravar, mebel ishlab chiqarish hajmi 2,8 baravarga oshiriladi. Ichki bozorni mahalliy dori vositalari bilan ta’minlash darajasini 80%ga yetkazish rejalashtirilgan.Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish rejalashtirilmoqda.Eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat korxonalarini xususiylashtirish hisobiga 14 ta faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalarning bekor qilinishi kutilmoqda. Dastur, shuningdek iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, «Yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20%ga oshirishni nazarda tutadi.2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini soatiga qo‘shimcha 30 mlrd kVtga oshirish va soatiga jami 100 mlrd kVtga yetkazish rejalashtirilgan.2026 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi 25%ga yetkazilishi evaziga yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gaz tejab qolinadi.O‘zbekiston energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilanbarqaror ishlashini ta’minlash rejalashtirilgan.Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini bir birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10%ga qisqartirish rejalashtirilmoqda.