1) 2026 yilgacha aholining barcha muhtoj qatlamlari ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oladilar; 2) Qoraqolpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi birinchi-toʻrtinchi sinf oʻquvchilari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul ovqatlanish (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlanadi; 3) 2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi; 4) 1 apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 mln soʻmgacha boʻlgan toʻlovlari daromad soligʻidan ozod etiladi; 5) umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 605 mlrd soʻm ajratiladi va 141 mingta yangi oʻquv oʻrinlari yaratilib ularning soni 2026 yil yakuniga qadar 6,4 mlngacha yetkaziladi; 6) hududlarda birlamchi tibbiy хizmatini “bir qadam” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi; 7) 2022 yilda yillik inflyatsiya darajasini 9%gacha va 2023 yilda 5% hamda fiskal taqchillikni 3%gacha pasaytirish choralari koʻrilib, keyinchalik inflyatsiya va Davlat byudjeti taqchilligi ushbu koʻrsatkichdan oshmasligi ta’minlab boriladi; 8) 2023 yildan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12%gacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yoʻnalishlarida foyda soligʻi stavkasi 15%gacha tushiriladi;