Teng unvoni yoki lavozimida boʻlgan ofitser va serjantlar, muddatli harbiy xizmatchilar bir-biriga nisbatan mening safdoshim deb murojaat etishni (yoki ism-sharifiga koʻra):
Masalan: “Mening safdoshim sizni komandirim chaqiryapti”.
V. Salomlashish tartibi: boshliq: “Salom askarlar!”deganda (umumiy safda turgan barcha ofitser, serjant, kursant va askarlarga nisbatan), boʻysunuvchilar: “Assalom!” deb javob beradi (umumiy safda turgan barcha ofitser, serjant, kursant va askarlar). Yakka tartibda salomlashishda(jamoat joylarida va alohida yuzma-yuz uchrashganda) salom beruvchi yuqori ohangda “Salomatlik tilayman”(misol uchun: mening komandirim yoki kapitanim “Salomatlik tilayman”) deb aytadi, alik oluvchi oʻrta ohangda “Salom” deb javob qaytaradi.
VI. Xayrlashish tartibi:
boshliq: “Salomat boʻling!” deganda,
bo‘ysunuvchilar: “Yuksak xizmatim!” deb javob beradi.
VII. Tabriklash tartibi: Harbiy xizmatchilar tantanali tadbirlarda taqdirlanganda “Oʻzbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman” deb javob beradi.
Komandir (boshliq)lar kundalik faoliyatida boʻysunuvchisiga (yoki bir nechta harbiy xizmatchilarga) nisbatan alohida eʼtibor qaratganda, uning mehnatini qadrlaganda, minatdorchilik bildirganda harbiy xizmatchi yakka taribda yoki jamoa boʻlib “Yuksak xizmatim” deb javob beradi.
VIII. Xizmat yigʻilishlarida harbiy xizmatchilarga yuqori ohangda “Rostlan” yoki “Janob ofitserlar!” komandasi beriladi. Yuqori rahbar tomonidan “Erkin” yoki “Janob ofitserlar!” komandasi beriladi. SOʻZLAR MAʼNOSI Askar – harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxs, Davlat Qurolli Kuchlari majmui yoki ularning bir qismi hisoblanadi.
Safdosh – harbiy xizmatda birga, bir safda boʻlgan kishilar, tengdosh yoki tengqur shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Yuksak xizmatim – harbiy xizmatchi oʻz xizmati bilan javob berish maʼnosini anglatadi.
Mening – harbiy xizmatchilar ongida egalik, sodiqlik, qaygʻurish va boʻysunuvchanlik hissiyotini anglashni ifodalaydi.Izoh: Ushbu soʻzlar oʻzbek tilshunosligiga tegishli boʻlib, bir-biriga yaqin, turdosh atamalar sirasiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi A. Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan olingan (E. Begmatov, A. Mamadvaliyev, M. Maxkamov,T. Mirzayev).