Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy Jahon ilm-ma’riffatining buyuk nomoyondasi Muxammad ibn Muso al- Xorazmiy taxminan 783 yilda Xorazmiyda dunyoga kelib, 847-850 yillar oraligida Bogddodda vafot etgan. Xorazmiy tugilib voyaga yetayotgan davrda Mavarounnaxr yirik madaniy va savdo markazlaridan biri edi.Olimning tulik ismi Abu Abdullax Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy Al- Majusiydir, "Abu-Abdullox Muxammad" Islomga utganlarga beriladigan an’anaviy ism bulgan. Xorazmiyning avlodlari majmusiy koxinlaridan, ya’ni "Mugullar" dan bo’lib, islomni otasi qabul qilgan bo’lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarida yozilishiga ko’ra Xorazmiy boshlangich ma’lumotni uz uyida olgan, chunki uning otasi adimiy diniy xamda dunyoviy bilimlardan xabardor bo’lgan. Shu tufayli al-Xorazmiy bolaligidanok bu ilmiy manbalardan urganish imkoniyatiga ega bo’lgan. Muxammad Xorazmiy matematika bilan juda berilib shugullangan, bu soxaga oid barcha asarlarni kunt bilan urgangan, Arab, fors, xind, yunon tillarini xam urganib, bu tilda yaratilgana asarlarni xam ukiy oladigan bo’ladi. Lekin Xorazmiyning vatanidan setda yashaganligini turlicha sharxlashadi. Chunonchi otasi madusiy koxinlardan bo’lganligi uchun xam arab mutassabbilari uni ta’kib qiganligi sababli u Xorazmiy tashlab ketishga majbur bo’lgan degan fikrlar xam mavjud.Xorazmiyshunos olim A.A xmedov xalifa Xorun ar-Rashidning ugli Ma’mun-ar Rashid Marvda xalifa noibi turganla sarayida juda kup olimlarni tuplagan, sung xalifa bo’lib kutarilgach ularni xam Bogdodda olib ketganini ta’kidlaydi. Biz A.Axmedovning fikriga kushilgan xolda yana kuyidagilarni xam bayon etmokchimiz.Buning sabablari -birinchilardan, usha davrda barcha ilmga intilgan olimlar ma’lum fanlarni egallab olganda sung ilm-fan markazlariga safar qilganlar va u yerda yetuk olimlar bilan mulokotda bo’lib, turli fanlar bo’yicha baxs-munozara yuritganlar maxsus sayyorgarlikdan va sinovlardan utganlar, uzlarini fan olamida sinab kurganlar. Ikkinchidan xalifalikda ilm markazi sanalgan Damashk va Bogdodda ilm-fanning tarakkiy etganligi va shaxsan xalifaklarning ilm-fan tarakkiyotiga xomiylik qilganligi xam olimlarni jalb etgan.
"Baytul Xikma" da matematika, geodeziya, geografiya falankkiyot va boshqa soxalar bo’yicha tadkikotlar olib borildi va al-Xorazmiy makzabi yaratiladi.Olimning ayniksa, matematikaga oid ilmiy merosi jaxon axamiyatiga ega bo’ldi. Xalifa al-Ma’mun xatto Muxammad al-Xorazmiy boshchiligida Xindiston va Rum (Vizantiya) Xazariya (Volganing kuyi okimidagi) gi ulka ga bir necha marta ilmiy safarlar uyushtiradi. Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Zamondoshlaridan Ahmad al-Fargʻoniy, Xuttaliy va boshqa uning asarlariga sharhlar yozishgan. Xorazmiy uzining „Zij“ini yozishda xind „Sindhanta“lariga va Ptolemeyning „Almagest“ asariga tayangan bo’lsa, „Algebra“, „Arifmetika“va boshqa asarlari batamom original asarlar sanaladi. Xorazmiy asarlarining mundarijasi, tuzilishi va bayon uslubi keyingi olimlar uchun namunaga aylanadi. Shu bilan birga uning ijodi fanning keyingi taraqqiyoti uchun muxim pogʻona vazifasini utadi. Masalan Beruniy Xorazmiyning „Zij“ iga atab uchta risola bitgan. Xorazmiy asarlari 12-asr boshidayoq Yevropa shaharlariga kirib borgani maʼlum. Kitoblarga ehtiyoj kuchayganidan soʻng ular lotinchaga tarjima qilingan. Xorazmiyning „Algebra“, „Arifmetika“, „Geografiya“si va „Zij“i XVI-asrgacha darslik vazifasini oʻtagan. Xorazmiy asarlari oʻsha davrlarda Hindistonga ham olib ketilgani haqida dalillar mavjud. XIX-asr boshlarida Xorazmiy merosiga tarixiy nuqtai nazardan qiziqish boshlangan. Xorazmiy „Algebra“sini 1817-yilda K. Koulbruk qisman, 1831-yilda F. Rozen toʻliq hajmda Londonda, 1838-yilda G. Libri Parijda chop ettiradi. Hozir bu asarning inglizcha (L.S. Karpinskiy, 1915-yil, AQSH), arabcha (A.M. Musharrafa, 1939-yil), ruscha (Yu.Xorazmiy Kopelevich, B.A. Rozenfeld, 1964-yil) va boshqa nashrlari mavjud. Xorazmiyning „Arifmetika“sini birinchi marta B. Bonkompani Rimda (1857), Karrolyne Fogel Germaniyada (1963), Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich Moskvada (1954) chop ettirishgan. Xorazmiy „Zij“ini oʻrganishga ham katta eʼtibor berilgan. Uni 1914-yilda N. Zuter, soʻng O. Neygebauer (1962), V.Millas, Goltsteyn (1963) va boshqalar nashr qilishgan. 1919-yilda F. J. Videman „Astrolyabiya bilan amallar haqida kitob“ini nashr etgan.
Xorazmiyning „Geografiya“si birinchi marta Xorazmiy fon Mjik (1926) tomonidan chop etilgan. Olimning boshqa qoʻlyozmalarini izlab topish, oʻrganish, chop etish va tarjima qilish – matematika tarixi sohasining dolzarb muammolaridan boʻlib qolmoqda. 1983-yilda Xorazmiy tavalludining 1200-yilligi munosabati bilan uning barcha asarlari rus tilida (A.Axmedov, Adolph-Andrei Pavlovich Yushkevich, B.A. Rozenfeld va boshqalar tarjimalarida) hamda tanlangan asarlari oʻzbek tilida (A. Axmedov tarjimasida) nashr etildi.Xorazmiy ilmiy merosini oʻrganish va uning fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini targʻib qilishda nomlari yuqorida zikr etilgan olimlardan tashqari J. Sarton, E.S. Kennedi, D. King (AQSH), S.A. Nallino (Italiya), Xorazmiy Zemanek (Avstriya), A. Allar (Belgiya), R. Rashed (Fransiya), S. Brokelman, D. Samploinius (Germaniya), M. M. Rojanskaya (Rossiya) va boshqalar ham muhim hissa qoʻshgan.Oʻzbekistonda Xorazmiy hayoti va faoliyati bilan birinchi boʻlib T.N. Niyoziy qiziqqan. 1960-yillardan S.H. Sirojiddinov va G.P. Matviyevskaya rahbarligida Yaqin va Oʻrta Sharq fani tarixi, jumladan, Xorazmiy merosini oʻrganish va dunyo miqyosida targʻib qilish boʻyicha keng koʻlamda ilmiy tadqiqotlar boshlab yuborildi. 1983-yilda buyuk olim tavalludining 1200-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy anjuman (Moskva, Toshkent va Urganch shahrida) Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrnini belgilashda muhim tadbir boʻldi.Hozirgi kunda Urganch davlat universiteti, Oʻzbekistonning turli joylarida koʻplab maktab va boshqa obʼyektlar „Xorazmiy“ nomi bilan atalgan.
1979-yil 16-oktabrdan 22-oktabrgacha Donald Knut va Andrey Ershovlar tashabbusi bilan SSSR Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi koʻmagida “Zamonaviy matematikada algoritmlar va uning qoʻllanilishi” xalqaro simpoziumi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning Urganch shahri “algoritm” atamasining 1100 yilligiga bagʻishlangan.
1983-yilda O‘zbekistonda al-Xorazmiy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi.
1987 yildan boshlab Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot berilib kelinmoqda.
Xivada al-Xorazmiy sharafiga yodgorlik o‘rnatildi.
Toshkentda (Oʻzbekiston) massiv va koʻchaga al-Xorazmiy sharafiga nom berilgan.
Turkmanistonning Dashoguz shahridagi Al-Xorazmiy ko‘chasi.
Urganch shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti.
2017 yildan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga al-Xorazmiy nomi berildi.
Erondagi Xorazmiy universiteti ochildi.
Foydalanilgan adabiyotlar I.A.Karimov.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., 1998.
I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch‘ 2008 y. T. ‘O`zbekiston‘.
Ma`naviyat yulduzlari.T.,1999.
Baxodirov R. Iz istorii klasifikasii nauk na srednevekovom Vostoke.T.,2000
Islom ensklopediyasi . T.,2004.
A.Ibrohimov.Biz kim o`zbeklar.T.,2001.
Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.T.,2000.