Abu Rayhon Beruniy



Yüklə 107 Kb.
səhifə1/3
tarix07.06.2022
ölçüsü107 Kb.
#60905
  1   2   3
Umid Yusupov


Mavzu: Mustaqillik davrida O’zbekiston Respublikasida yubileylari nishonlangan O’rta Osiyolik allomalar haqida ma’lumot tayyorlash.

Reja:


  1. Abu Rayhon Beruniy

  2. Abu Ali ibn Sino

  3. Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy



Abu Rayhon Beruniy
Abu Rayhon Beruniy – o‘rta asrning buyuk qomusiy olimi. U bir vaqtning o‘zida astronom, astrolog, matematik, geolog, geograf, o‘lkashunos, biolog, medik, o‘simlikshunos, ma‘danshunos, tarixchi, manbashunos, dinshunos,adabiyotshunos, faylasuf, sotsiolog, mantiqshunos, ilohiyotchi va shoir bo‘lgan. O‘z davrida uning «shug`ullangan sohasini sanashdan ko‘ra, shug`ullanmagan sohasini sanash osonroq» edi deyishadi. Beruniy astronomiyaga, astrolyabiyaga, geodeziyaga, mineralogiyaga, farmakognoziyaga, geografiyaga, astrologiyaga, toponomikaga, dinshunoslikka, tarixga oid maxsus asarlar yozgan. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy ismidagi «Abu Rayhon» qismi Rayhonning otasi, «Muhammad» mutafakkirning o‘z ismi, «ibn Ahmad» Ahmadning o‘g`li ekanligini anglatadi. Beruniy esa uning nisbasidir. Beruniy 362 yilning 3 zu-l-hijjasi/973 yil 9 sentyabrida Xorazmning qadimiy poytaxti hisoblangan Kot (Kat) shahrida tug`ilgan. Ayrim manbalarda Beruniyni Kot shahrining tashqarisida tug`ilgan, shu sababli uni «Beruniy», ya‘ni «tashqarilik» degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Abu Sa‘d Abdulkarim as-Sam‘oniy (vaf. 1165) «Nasablar kitobi» nomli asarida shunday deb yozadi: «Beruniy degan nisba Xorazm (ya‘ni uning poytaxti Kot shahri)ning tashqari qismiga oiddir. Kimki shahardan tashqarida tug`ilgan bo‘lsa, bunday odamni «falonchi beruniy» deydilar. U yoshligidan ilmga mehr qo‘ygan edi. Beruniy o‘zining yoshligi haqida xotirlab: «Men bir Yunonistondan kelib qolgan olimdan turli xil o‘simliklarning yunonchada qanday atalishini so‘rab, bir daftarchamga batafsil yozib borar edim va ularni yodlab olardim», – deydi. Kot shahri bir necha bor istilochilar tomonidan qayta-qayta vayron qilingan va har safar yangidan tiklanganda boshqa nomlar bilan atalgan. Yaqin tarixda va 1957 yilgacha Shabboz (Shayx Abbos Vali) deb atab kelingan va o‘sha yil unga Beruniy nomi berilgan. Beruniy shahri hozir Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida joylashgan. Beruniy yoshligida ustozi, mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur ibn Alidan (vaf. 1036) ta‘lim olib, ilm sirlarini o‘rgangan. Beruniy bu ustozini ko‘pgina asarlarida hurmat bilan tilga oladi. Ibn Iroqning ham Beruniyga mehri kuchli bo‘lgan.
U astronomiya, geometriya va matematikaga oid 12 ta asarini shogirdi Abu Rayhon Beruniyga bag`ishlab yozgan va bu ulug` shogirdini ko‘p asarlarida hurmat bilan tilga olgan. Ibn Iroq Beruniyni Evklid geometriyasi va Ptolomeyning astronomik ta‘limoti bilan tanishtirgan. U shogirdining nihoyatda iste‘dodli ekanini ta‘kidlab, Beruniy yoshligidan mustaqil astronomik kuzatish ishlari olib borganini (994-995), buning uchun maxsus astronomik asbob ham ixtiro qilganini yozib qoldirgan. 995-997 yillari Kot Ma‘mun I tomonidan bosib olingandan keyin afrig`iylar sulolasi tugatildi. Shu davrda taxtdan tushirilgan amir xizmatida bo‘lgan Beruniyning hayoti ham xavf ostida qoladi va u 22 yoshida Xorazmdan chiqib ketishga majbur bo‘ladi. U dastlab Kaspiy dengizining janubisharqida joylashgan Jurjon shahriga borib, u erda muhojirliqsta yashaydi. So‘ngra Eronning Ray shahrida istiqomat qiladi va u erda nihoyatda faqirlikda kun kechiradi. Beruniy Ray shahrida isfahonlik bir savdogar do‘stining uyida mehmon bo‘lib yashagan. O‘rta Osiyoda vaziyat mo‘‘tadillasha boshlagach, olim Raydan yana Jurjonga qaytib keladi va bu joyda ikkinchi ustozi – tabib, astronom va faylasuf Abu Sahd Iso bin Yah‘yo al-Masihiy al-Jurjoniy (vaf. 1010) bilan tanishadi, undan ta‘lim oladi. 928–1012 yillar Xorazm va Kaspiy dengizi oldi viloyatlariga ziyoriylar sulolasining mashhur vakili Qobus ibn Vashmgir hukmronlik qilgan. Bu hukmdor Beruniyga vazirlik lavozimini taklif qilgan, ammo Beruniy bu lavozimni rad etib, ilm bilan shug`ulla- nishga jazm etadi. 1000 yil Beruniy jahon fani tarixida qimmatbaho manba hisoblangan «Osor al-boqiya» («Qadimgi xalqtardan qolgan yodgorliklar») asarini yozadi va mazkur asarni «Shams al-maoliy» («Oliy mar-tabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo‘lgan hukmdor Qobus ibn Vashmgir (vaf. 1012)ga bag`ishlaydi. 1005 yili Beruniy o‘z yurti – Xorazmga qaytadi. 1010 yili Abu-l-Abbos Ma‘mun II ibn Ma‘mun (vaf. 1017) Beruniyni Xorazmning yangi poytaxti Urganchga olib kelishga farmon beradi. U Beruniyni ustoz sifatida hurmat qiladi. Beruniy ham «Xorazmning mashhur kishilari» degan asarida Abul Abbos Ma‘mun II ning yaxshi sifatlarini tavsiflab o‘tgan.
Ma‘mun I ning o‘g`li Ma‘mun II abbosiylar xalifaligining 3-avlodi edi. U o‘zining bobosi Xorun ar-Rashid izidan borib ilm-fan taraqqiyotiga homiylik qiladi, Xorazmda ilmiy akademiya tashkil etadi. Xorazm Ma‘mun akademiyasida Abu Sahl al-Masihiy, Abu Nasr Ibn Iroq, tabib Abu-l-Hasan Hammor, mashhur tarixchi Ibn Miskavayh (vaf. 1030), Ibn Sino va Beruniy singari zamonasining taniqli olimlari to‘plangan edi. Beruniy Ma‘mun II saroyida katta obro‘-e‘tiborga sazovor bo‘lgan va o‘z mavqeidan foydalanib, qimmatbaho toshlar, kamyob metallar ustida kuzatishlar olib borib, «Kitob al-ja-mohir fi ma‘rifat al-javohir» («Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma‘lumotlar to‘plami») nomli mineralogiya sohasiga bag`ishlangan yirik asar yozadi. Ma‘mun saroyida Beruniy 7 yil ishlaydi. Zamonasining etuk olimi Abu Ali ibn Sino (980–1037) bilan ilmiy hamkorlik qiladi, munozaralar olib boradi. Beruniyning Ibn Sino bilan fizik qonuniyatlarga oid yozishmalarining bir qismi saqlanib qolgan. 1017 yili Xorazmga arab hukmdori Mahmud G`aznaviy hujum qiladi. 1035–1036 yillari Beruniy o‘zi yozgan asarlari ro‘yxatini tuzgan va mazkur ro‘yxatda 113 ta asarning nomini keltiradi. Bu asarlardan 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 3 tasi mineralogiyaga, 4 tasi kartografiyaga va boshqa fanlarga oid edi. Agar olimning undan keyin yashagan 13 yil ichida yozgan 50 dan ziyod asarlarini ham qo‘shadigan bo‘lsak, ularning umumiy soni 160 dan oshadi. Ayrim manbalarda Beruniy 200 dan ziyod asar yozgani haqidagi ma‘lumotlar ham uchraydi. Mahmudning kelishidan xabardor bo‘lgan Ma‘mun II saroy a‘yonlari va olimlarni to‘plab, ularga, agar xohlasa, Mahmud G`aznaviy saroyida xizmat qilishni davom ettirishi, xohlamasa, vaqt borida Urganchdan ketishi lozimligini uqtiradi. Ko‘pchilik amaldorlar va ba‘zi olimlar, ular orasida Ibn Sino ham, saroydan ketishga qaror qiladilar. Bu vaziyatdan foydalangan muxolif kuchlar 1017 yili Ma‘munga suiqasd uyushtirishadi. Ma‘mun o‘limidan so‘ng Beruniy ham saroydagi boshqa olimlar qatorida Mahmud G`aznaviyning asiri sifatida G`azna shahriga olib ketiladi. Bu Beruniy uchun juda tahlikali hol edi.
Mahmud G`aznaviy farmoniga ko‘ra, Beruniy bilan Abdussamad Avval qatl etilishi lozim edi, chunki ular Ma‘mun II ning sadoqatli amaldorlari qatoriga kirar edilar. Mahmudning vaziri Xo‘ja Hasanning oraga tushishi tufayli Beruniy omon qoladi. 1017 yildan to 1030 yilgacha Beruniy G`aznaviy qo‘l ostida tahlikali hayot kechiradi. Beruniyning boy ilmiy merosi Oʻzbekiston va undan tashqarida chuqur oʻrganilmoqda. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima qilinmoqda. Hayoti va ijodi yozuvchi va sanʼatkorlar eʼtiborini tortib kelmoqda. Beruniy haqida «Oʻzbekfilm» studiyasi ijodkorlari 2 qismdan iborat «Abu Rayhon Beruniy» filmini (1974) yaratganlar. Uygʻun «Abu Rayhon Beruniy» pyesasini (1973) yozgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shahar. tuman Beruniy nomiga qoʻyilgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik Instituti, Toshkent texnika unversiteti, Toshkent metro bekati uning nomi bilan ataladi. Toshkent sh. da, Qoraqalpogʻiston, Xorazmda Beruniy nomida koʻcha, maydon, maktab va b. muassasalar bor. Dunyoda birinchi marta Oʻzbekistonda topilgan mineralga Beruniy nomi qoʻyilgan. Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Beruniyga Toshkent, Xiva, Beruniy sh. larida haykal oʻrnatilgan. YuNESKO Ijroiya Kengashining 211-sessiyasida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tavalludining 1050 yilligi YuNESKO shafeligida 2022-2023-yillarda keng nishonlanishi bo‘yicha qaror qabul qilindi, deb yozadi O‘zA.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, mazkur yubiley sanasini YuNESKO rahnamoligida nishonlash tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan va Bosh qarorgohga taqdim etilgan nomzodlik hujjati Eron Islom Respublikasi, Tojikiston va Turkiya kabi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek, ushbu qaror joriy yil noyabr oyida Parijda bo‘lib o‘tadigan YuNESKO Bosh anjumanining 41-sessiyasida tasdiqlanishi kutilmoqda. Beruniy asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan va shu kungacha ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan.

Vashingtondagi Jons Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining raisi Frederik Starr olim faoliyatining ahamiyatini yuqori baholadi – «Beruniyning merosi o‘z miqyosi va ko‘p jihatdan aniq fanlarning rivojlanishini oldindan ko‘ra olgani bilan haqiqiy qiziqish va hayratga sabab bo‘ladi. Uning asarlari tabiatshunoslik sohasidagi keyingi kashfiyotlar uchun kuchli turtki va asos bo‘lib xizmat qildi. Misol uchun, astronomiya va trigonometriyaning mustaqil tadqiqot sohalari sifatida yaratilishi aynan Beruniy bilan bo‘liq. O‘z davrining eng yetuk muhandisi bo‘lgan olim, o‘zi yaratgan formulalar yordamida yer va oyning diametrini XVII asrgacha yashagan boshqa olimlarga nisbatan aniqroq o‘lchashga imkon beruvchi asboblarni o‘zi yasagan. Ba’zi tadqiqotchilar, Beruniy, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerikaning odamlar yashaydigan qit’alar mavjudligi haqidagi farazni ilgari surganini ta’kidlaydi.Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda Beruniy tavalludiga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Beruniy yubiley sanasi Eron, Tojikiston va Turkiya davlatlarida ham keng nishonlanishi hamda hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2009 yil iyun oyida Eron hukumati tomonidan Venadagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bo‘limiga hozirda Vena xalqaro markazi Memorial maydonidan joy olgan Fors olimlari pavilonini tortiq etadi. Fors olimlari paviloni o‘z ichiga to‘rt mashhur olimlarni olgan: Avitsenna, Beruniy, Zokiriy Roziy (Reyz hamda Umar Xayyom). Al Beruniyning ona shahri 1957 yil uning sharafiga Beruniy nomini olgan. 1973 yil akademik I.M.Mo‘minov tomonidan O‘zbekistonda Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilgan.Toshkentdagi Sharqshunoslik ilmiy-tekshirish instituti Abu Rayhon Beruniy nomini olgan. Toshkentdagi Beruniy metro stantsiyasi. Toshkent hamda Xorazmdagi Beruniy hayklalari. Toshkent texnika universitetiga ham Beruniy nomi berilgan.Al Beruniy oy vulqoni hamda asteroid 9936 Al Beruniy ham olim sharafiga nomlangan. Taniqli olim S.P.Tolstov o‘zining “Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasi izidan” nomli monografiyasini xorazmlik Abu Rayhon al Beruniyga bag‘ishlagan.





Yüklə 107 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin