Abu Rayhon Beruniy


Bazi asarlarining yaratilish tarixi[tahrir]



Yüklə 140,5 Kb.
səhifə3/3
tarix30.03.2023
ölçüsü140,5 Kb.
#91651
1   2   3
Abu Rayhon Beruniy

Bazi asarlarining yaratilish tarixi[tahrir]


Beruniy tibbiyotga bag`ishlangan „Saydana“ asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyatni o`zgarishi natijasida Beruniy 998-yili Jo`rjon shahriga ketishga majbur bo`ladi. U bu davrga qadar Kat va Ray shaharlarida o`zining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Jo`rjonda kechgan yillar (998—1004-yillar) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot davri bo`ldi. O`zining birinchi astronomik tajribalarni 16 yoshda Kot shahrida boshlagan alloma, Jo`rjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan shug`ullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ uning Jo`rjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning ko`p qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Umuman, Beruniy Jo`rjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar bo`ldi. Xorazmning yangi xukmdori Abu Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Beruniyni o`z saroyida katta izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Ma’mun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko`rsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi. Xorazmning Mahmud G`aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo`ydi. U Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr ibn Iroq, Abul-Xayr Hammar va boshqalar bilan birga G`azna shahriga olib ketiladi. Ma’lumki, Xorazm ilmiy mazkazidagi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahl Masihiylar Mahmud G`aznaviy zulmidan havotirlanib, G`aznaga emas, Jo`rjonga qarab yo`l olgan edilar. Beruniyning 1017—1048 yillarda G`aznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli bo`lishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun mahsuldor davr bo`ldi. U Mahmud G`aznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta e’tibor berdi.



Yerning aylana uzunligini o`lchash
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha „Geodeziya“ deb yuritiladigan „Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash“ nomli astronomiya va geografiyaga bag`ishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning „Munajjimlik san’atidan boshlang`ich tushunchalar“ asari ham 1029-yilda G`aznada yoziladi. Oradan bir yil o`tgandan so`ng u o`zining „Hindiston“ nomi bilan tanilgan „Hindlarning aqlga sig`adigan va sig`maydigan ta’limotlarini aniqlash“ kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qit’asini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. Bu shoh asarning vujudga kelishiga Mahmud G`aznavining Hindistonga yurishlari sabab bo`ldi. Saroyning eng nufuzli astrologlaridan sanalgan Beruniy Mahmud G`aznaviy bilan Hindistonda bir muddat istiqomad qiladi va u erda sanskrit tilini mukammal egallashga muvoffaq bo`ladi. U bu til yordamida hindlarning tarixi, urf-odati madaniyati va fani bilan yaqindan tanishadi va natijada yuqoridagi asarni ta’lif etadi. 1030-yili Mahmud G`aznaviy vafot etib taxtga uning o`g`li Mas’udning o`tirishi Beruniyning ahvolini ancha yaxshilaydi. Olim o`zining astronomiyaga oid eng yirik asarini mazkur hukumdorga bag`ishlab „Mas’ud qonuni“ deb ataydi. o`rta asrning mashhur olimlaridan Yoqut Al-Xamaviyning yozishiga ko`ra, Sulton Mas’ud bu asar uchun Beruniyga bir filga ortilgan katta miqdordagi kumush tangalar hadiya etadi. Yoqut Al-Xamaviyning fikricha „Mas’ud qonuni“ kitobi matematika va astronomiya bo`yicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning izini o`chirib yuborgan.
Olim Sulton Mas’udning o`g`li Mavdudning hukumronlik yillarida (1041—1049) o`zining „Mineralogiya“ va „Farmakognoziya“ deb atalgan ikki asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlardan bo`lib, jahon madaniyatiing noyob durdonalaridan hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniy 1048 yili G`aznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qo`sha oldi. Beruniyning betakror ijodi uning vatani O`zbekistonda alohida e’tibor qozongan.
Yüklə 140,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin