I-bob. Abu rayhon beruniyning «hindiston» asarida hind va yunon mifalogiyasining tadqiq qilinishi «Hindiston»



Yüklə 219 Kb.
səhifə1/6
tarix08.02.2023
ölçüsü219 Kb.
#83462
  1   2   3   4   5   6
beruniyning diniy marosimlari haqida




I-BOB. ABU RAYHON BERUNIYNING «HINDISTON» ASARIDA HIND VA YUNON MIFALOGIYASINING TADQIQ QILINISHI…………………………………………………………
1-01. «Hindiston» asarida mifologiyaning falsafiy tahlili……………………………………………………
1-02. Beruniy hind va yunon mifologiyasi badiiyati haqida…………………………………………………


II-BOB. ABU RAYHON BERUNIY HINDLARNING DINIY E’TIQODLARI VA BADIIY-ESTETIK TAFAKKURI HAQIDA……………………………………………………
2-01. «Veda» va «Purona»larda ilmiy va ezoterik (yashirin) bilimlar……………………………………………………
2-02. Hind eposida axloqiy muammolarning ifodalanishi……………………….……………………
XULOSA…………………………………………….


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………...


Kirish


Abu Rayhon Beruniy me’rosi har bir davr uchun eng muhim ilmiy manba sifatida keng tadqiq etiladi. Shunday ekan, mazkur ishlardan asosiy maqsad Beruniyning “Hindiston” asarida hind va yunon mifalogiyasi, diniy, axloqiy, jihatlarini tadqiq qilish va bu borada hind va yunon falsafasining o’ziga hos jihatlarini o’rganish asosiy maqsad qilib olingan.
Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» kitobining uchunchi bobini «Hindlarning aqliy va hissiy mavjud narsalar haqidagi tushunchalari» deb ataydi. Shu bobning boshlanishida Beruniy yunonlarning Aflotun va Arastudan avval o’tgan etti donishmand hikmatshunoslarining ismlarini keltiradi. Bu donishmandlar: Afinalik Salon, Prienalik Bias (Diogen Laertiy «Mashhur yunon faylasuflarining hayotnomalari» asarida Bias emas, Biant deb ataydi – N.S.), Korinflik Periandr (bu Korinf hokimi bo’lgan), Miletlik Salis (Beruniy yunoncha Fales ismini arabiy nomini keltirgan), Lakedemonlik Xilon, Lesbas orolidan Pittikus, Lindas orolidan Kleobulosdir. Beruniy fikricha, bu donishmandlarning hikmatli so’zlari yunonlarda falsafa ilmi paydo bo’lishidan avvalgi davrni tashkil qiladi. Falsafani esa, ulardan keyin etishgan kishilar (turli yangilishuv, xurofatlardan) tozalab, tarqatganlar1.
Shu bobda Beruniy qadimgi yunonlarda borliq olam va odam haqida tasavvufiy qarashlarining qanday kelib chiqqanligi haqida gapiradi. U, tasavvufga doir so’fiya so’zini boshqa olimlarga nisbatan eng to’g’ri tushuntiradi: «Ba’zilar fikricha,- deydi u,–faqatgina haqiqiy borliq birinchi sababchidir. Chunki u borliqning hech narsaga zotan ehtiyoji yo’q. Boshqalar birinchi sababchiga muhtojlar….So’fiyalar, ya’ni hakimlarning tushunchalari ana shunday. Chunonchi, yunoncha suf (sof) so’zi bizga hikmat demakdir. Shuninig uchun faylasufga «filosufa», ya’ni «hikmatni suyuvchi» deb ism berilgan». Beruniy fikricha, ba’zi musulmon ulamolari bu so’zni (manbaini yaxshiroq tekshirib o’tirmay) so’fiya so’zining istiloh (termin) ekanligini bilmay, tavakkal qilib, so’ffiya so’zi suffadan olingan, payg’ambar davrida sahobalar doimo suhbatlashib o’tiradigan suffa, ya’ni «ahli suffa» so’zi bilan bog’laydilar. Shundan keyin bu so’zni «suf attuyus» (taka juni) so’zidan qisqartirilgan deb tushundilar.
Beruniyning zamondoshi va do’sti bo’lmish atoqli shoir Abul-Fath Bustiyning mana bu so’zlarini ham keltiradi: «Odamlar so’fiy so’zida tortishib, qadimdan turli fikrda bo’ldilar, uni suf-jun so’zidan olingan dedilar. Menimcha, so’fiy ko’ngli pok-sofiy deb bilish eng to’g’ridir». Albatta, Abul-Fath Bustiyning bu fikri ilmiy emas, balki badiiy, poetik, estetik yondoshuvidir. Beruniy bunday talqinni ilmiylikdan «yaxshigina chetga chiqish» deb baholaydi.
Beruniy qadimgi yunonlarning borliq hodisalarini va ayrim fozil, etuk san’at egalarini ilohiylashtirish odatini ham tasavvufiy qarashlar bilan aloqador ekanligini tushuntiradi.
Beruniy fikricha, ba’zi insonlar bu dunyodagi hayotida odamlarga ko’p yaxshiliklar qilgani tufayli, o’lganlaridan keyin ularning ruhlari ham yaxshilik qilishni davom ettirgani uchun, odamlar ularning ruhlariga hurmat va ta’zim bildirib, ularning haykallarini yasab, chiroyli maydonlarga qo’yganlar. «Jolinus (Galen)» Turli san’atlarni o’rganishga qiziqtiradigan kitobida bunday deydi:«Xalqning fazilatli arboblari, izzatli va sharafli bo’lishga erishgan (zotlar)… o’z san’atlarini yaxshi ishlata bilishlari sababli ilohiylantirilgan. Shular jumlasidan Asklepius va Diyonisius (Dionis) ilgarigi vaqtda ikkita inson bo’lsalar ham, yo keyinchalik, yoki o’sha davrning o’zidayoq iloh deb tanilganlar. Chunki ikkalovi ham o’z sohasida eng ulug’ sharafga ega bo’lganlar. Ularning biri odamlarga tabiblik san’atini, boshqasi esa tokchilikni o’rgatgan». Beruniy yana bir o’rinda tabobat ustozlaridan Buqrot (Gippokrat) ham Asklepiy ruhidan madad so’rab, xo’roz qurbonlik qilganini aytadi. Bu marosim musulmonchilikda, aziz avliyolarga, pirlarga atab hayr-ehson qilish, «is chiqarish» marosimini eslatadi. Beruniy fikricha, Zavs (Zevs) ham, Zuhra (Afrodita) ham Quyosh va Venera sayyoralarining badiiy-estetik ramzi-obrazlaridir.
Beruniy «Hindlarning aqliy va xissiy mavjud narsalar haqidagi tushunchalari» haqidagi shu bobda ilmiy tafakkur va diniy, mifologik, estetik tafakkurining o’ziga xos qonuniyatlari borligini juda teran tushuntiradi. Beruniy fikricha, musulmon sharoitida Alloh ismi faqat yagona Tangriga xos bo’lib, Tangrining boshqa ismlari Rahmat, Rahim, Jabbor, Razzoq, Oqil, Sobir, Odil kabi ismlari odamlarga xos fazilatlarni ifodalash uchun ishlatavergani kabi, yunonlarda farishtalar hisoblanuvchi Quyosh, Oy, Sayyora va yulduzlarni ham ilohiy nomlar bilan atash va ularga sig’inib, qurbonliklar qilishlari bu mavjudotlarning Xudoga yaqinligini anglatadi. Xudoga yaqinlik va bu moddiy olamdan uzoqlashib, farishtalarga va hatto yagona Xudoga qo’shilib ketish haqidagi tasavvufiy qarashlar ma’jusiy dinlarga: buddaviylik (ruhlarning qaytishiga, ko’chib yurishi), zardushtiylik (olovparastlar), sobiylik (yulduzparastlik) e’tiqodlarining shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatgani sharq falsafasida birinchi marta Beruniy tomonidan aqliy va hissiy tafakkurlarining bir-biri bilan qo’shilib, estetik idrok, estetik ong, estetik tavakkur butun boshli diniy, ijtimoiy, falsafiy sitemalarni tashkil etishi Beruniy tomonidan yunon va hind mifologiyasini germenivtika yoki har tomonlama izchil (sistemali analiz) tahlil orqali tadqiq etilganini ko’ramiz.
Biz mazkur ilmiy tadqiqotimizda Beruniyning «Hindiston» asarida qadimgi hind xalqlarining boy ilmiy, ma’naviy merosida mavjud bo’lgan diniy, axloqiy ijtimoiy, falsafiy, badiiy, estetik qarashlar butun insoniyat (Gretsiya, Rim, Bobil (Vavilon), Somiriylar (Shumerlar), Kichik Osiyo, O’rta Osiyo) xalqlarining falsafiy qarashlari bilan o’zviy bog’liq ekanligi ko’rsatib berilgan.



Yüklə 219 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin