I-bob. Abu rayhon beruniyning «hindiston» asarida hind va yunon mifalogiyasining tadqiq qilinishi «Hindiston»


II-BOB BERUNIY HINDLARNING DINIY E’TIQODLARI VA BADIIY-ESTETIK TAFAKKURI HAQIDA



Yüklə 219 Kb.
səhifə4/6
tarix08.02.2023
ölçüsü219 Kb.
#83462
1   2   3   4   5   6
beruniyning diniy marosimlari haqida

II-BOB
BERUNIY HINDLARNING DINIY E’TIQODLARI VA BADIIY-ESTETIK TAFAKKURI HAQIDA
2-1. «Veda» va «Purona»larda ilmiy va ezoterik (yashirin) bilimlar.


Hindlarning ulamolari, shoirlari va ruhoniy ustozlari juda katta hurmat bilan qaraydigan «Veda»lar insoniyatning hozirgacha mavjud yozma madaniy yodgorliklarining eng qadimgilaridan hisoblanadi.
«Veda»larda qadimgi Hindiston xalqlarining ijtimoiy ahvoli, urf-odatlari, diniy va milliy an’analari, poetik va falsafiy tafakkuri ifodasini topgan. Veda so’zi bilimni bildirsa ham, bu oddiy bilim emas, hindlar e’tiqodicha, sirli bilimlardir.
«Veda»lar to’rt qismga bo’linadi: «Rigveda», «Somaveda», «Yajurveda», «Atxarvana-veda». «Vedaning ma’nosi bilinmagan narsani bilishdir,-deb yozadi Beruniy «Hindiston» kitobining o’n ikkinchi bobida. Hindlar «Veda» kitobini oliy tangrining Barohim og’zidan (tilidan) aytilgan so’zi, deydilar. Vedani brahmanlar o’qiydilar-u, ma’nosini bilmaydilar. (Qadimgi brahmanlar veda ma’nosini bilganlar, lekin Beruniy zamonida uni bilganlar qolmagan bo’lishi mumkin- N.S.) Beruniy shunga ishora qilib «Braxmanlarning ozgina qismi uning ma’nosini o’rganadi,-deydi. – Munozara va baxslashuv yo’sinida unga turli ma’no va izohlar berishni juda oz kishi biladi»13.
Vedalarning yashirin-ezoterik bilimlar ekanini shundan bilish mumkinki, «Veda» o’qishni brahmanlar kshatriy tabaqasiga (shahzodalar, harbiylarga) o’rgatadilar, lekin kshatriyning hech bir kishiga, hatto brahmanga o’rgatishga ruxsat berilmagan. Vaysh’ya va shudra tabaqalari esa vedani talaffuz qilib o’qishlari u yoqda tursin, eshitishlari ham ravo emas. U ikki tabaqadan biron kishining vedani o’qigani aniq bo’lsa, brahmanlar u odamni hukmdorga topshiradilar va hukmdor uning tilini kesib qiynaydi»14
Vedalar ezoterik-yashirin, sirli bilimlar deb hisoblanganiga sabab, bizningcha, oliy tabaqalarning ham bir hovuch vakillari vedani bilishi bilan fahrlanib, hatto podshohlardan ham o’zini yuqori tutadilar va bu bilimlarni hech kimga o’rgatishni istamaydilar. Yana «Vedani yozish mumkin emas, deydilar, chunki u turli kuylar bilan o’qiladi, ya’ni u badiiy-estetik boylik, qadriyat hamdir. Uni yozishda qalamning ojizligi va yozilganda ortiq yoki kam qilib qo’yishi sababli, uni yozuvdan uzoq tutadilar».15
Hindlar necha ming yillar davomida avaylab, yashirib, ko’pchilik hindlarga ham bildirmay kelgan vedalarni hindlarga begona hisoblangan, boshqa diniy e’tiqod vakili bo’lgan Beruniyning o’rganishiga qoyil qolish kerak. Bundan xulosa qilish mumkinki, hindlarning oliy tabaqaga mansub ulamolari Beruniyga juda katta, hatto cheksiz hurmat bilan qaraganlar. Bu holatni Beruniyning o’zi ham sezgani yuqorida aytildi.
Beruniy aniqlashicha, «Veda» kitobi yaxshi ishlarga targ’ib qilishni, yomon ishlardan qaytarishni, amallarning chegarasini aniq ko’rsatib, yaxshilik qilishga qiziqtirishni, gunoh ishlarga qattiq jazo berilishini aytib qo’rqitishni, yaxshi (xayrli ishlarga) mukofot va (yomon ishlarga) yomon jazolarni bayon qiladi.
Beruniy yana aniqlashicha, «Veda»ning ko’p qismi turli duo va olov uchun qilinadigan turli qurbonliklar ustidagi (haqidagi) so’zlardan iboratdir. Xuddi «Avesto»dagi kabi, «Vedalar»da ham u qurbonlik turlari sanab bo’lmaydigan darajada ko’p va (qoidalari) qiyindir.
«Veda»larning ilmiy tafakkurdan ko’ra, badiiy-estetik tafakkur maxsuli ekanligini Beruniy aytgan mana bu so’zlardan bilish mumkin. «Veda» mazmuniga ko’ra, oliy tangri avliyo Barohimga bu olamdagi mavjudotlarning boshlanishi haqida gapiradi. Bu gaplar ichida Shavnak degan farishta yoki ulamoga Zuhro yulduz aytgan bunday so’zlar ham bor:
«Er yuzi suvga g’arq bo’ladigan vaqtda sen vedani unutasan. Shunda Veda erning (suvning) eng tagiga tushib ketadi. U erdan uni baliqdan boshqa narsa chiqarolmaydi. Shuning uchun men baliqni yuboraman, u Vedani chiqarib senga topshiradi». Bu erda ehtimol, Er kurrasidan ko’rinuvchi Quyosh Baliq yulduzlar burjiga yaqinlashgan vaqtiga ishora qilingan bo’lishi mumkin. Zuhro yulduzi yana bunday deydi: (Er suv ostiga g’arq bo’lib ketganidan) keyin men cho’chqani yuboraman, u qoziq tishlari bilan erni ko’tarib, uni suvdan chiqaradi».
Beruniy «Hindiston» kitobida yozishicha, hindlar e’tiqodiga ko’ra oliy ma’bud hisoblangan Vishnu (uni turli zamonlarda Er yuziga kelishiga qarab, Barohim, Vasudeva, V’yosa, Krishna, Noroyana deb turlicha ataydilar yana boshqa ismlari ham bor-N.S.) er yuziga oxirgi vaqtlarda avliyo V’yosa qiyofasida kelganida qadimgi veda kitoblarini ruhoniylarning tushunishiga osonlashtirish maqsadida to’rt qismga bo’lgan.
Bu qismlar «Rigveda», «Somaveda», «Yajurveda», «Atxarvana-veda» deb ataladi. V’yosaning to’rt shogirdi bo’lib, u har bir shogirdiga bir vedani o’rgatgan. Qizig’i shuki, vedani yozish ko’p zamonlar man etilgan, uni faqat yod o’qish mumkin. Yodlashni osonlashtirish maqsadida nazm, she’r bilan bunyod etilgan.
Bizningcha, vedalar yozilmaganligining sababi, uni faqat oliy tabaqa ruhoniylari, braxmanlar yod o’qib, podshohlarga o’rgatsin, duch kelgan odam, balki yomon odamlar uni yozuvdan ko’chirib olib o’rganmasin, degan niyatda shunday qilingan. Ruhoniy ustozlar har zamonda veda kitoblarini o’zlarining eng sadoqatli, ishonchli, qobiliyatli shogirdlariga o’rgatib, yod oldirgan.
Olimlar fikricha, Vedalarda qadimgi hindlarning borliq olamga falsafiy, diniy, estetik munosabati, sof falsafagacha bo’lgan qadimgi dunyoqarashlari yuksak darajada rivojlangan. «Rigveda» gimnlari (madhu-sanolari)da oliy ma’bud. Odit’ya Pritxvi (ona tabiat)ning o’n ikki o’g’li borligi aytiladi. Bular Varuna-Yulduzlarga to’la osmon (yunonlarda –Uran), Mitra (boshqa ismlari Sur’ya, Savitra) Quyosh ma’budi. Hind e’tiqodicha Varuna bilan Mitra biri kechasi, biri kunduzi odamlarni kuzatib, yomonlik qilganlarni jazolaydilar. Soma-Oy ma’budi, u odamlarga muqaddas rohatbahsh ichimlik tayyorlash sirlarini o’rgatgan. Vayu-shamol ma’budi. Agni-olov ma’budi, Indra–yaxshilik, chaqmoq, jang, urush ma’budi, purusha-erlik quvvati barcha mavjudotlarning manbalari sifatida ulug’lanadi.
Vedalarga ko’ra, Er yuzidagi birinchi odam – Manu barcha odamlarning otasi deb ilohiy hisoblangan. «Manu qonunlari» ham vedalarning bir qismi hisoblanadi. Hind e’tiqodicha, Er va osmonni, Quyoshni, Agnu va Indrani, Purusha tug’dirgan16.
Beruniy yozishicha, hindlar bir qancha muqaddas shaharlardagi ibodatxonalarda Erlik quvvati sharafiga baland haykallar qo’yilgan. Bu haykalga hozirgacha hind ayollari muqaddas yog’ surtib, unga sig’inadilar, farzand va davlat tilaydilar17.
Beruniy aniqlashicha, «Rigveda» uch turli ohang bilan o’qiladi (yod aytiladi). Ularning biri, hamma o’qiladigan joylarni barobar, bir ohangda o’qish. Ikkinchisi, vedani har bir kalimadan so’ng to’xtab-to’xtab, bir-biridan ajralib o’qishgan. Uchunchisi, o’qish turlarining afzali bo’lib, bunga ko’p sabablar va’da qilingan. Bu xil o’qishda vedaning kichik bir bo’lagi ma’lum kalimalar bilan o’qiy boshlanadi. Keyin u kalimalar qaytarilib, o’qilmagan qismidan bir ozi ularga qo’shib o’qiladi. So’ngra shu qo’shilgan qismining yolg’iz o’zi qaytarilib, unga yana yangi bir bo’lagi o’qiladi. Shu tartibda o’qish davom etib, oxirida, barcha o’qilgan hammasi qaytarib o’qiladi.
«Rigveda»ning mazmuni Quyoshga, olovga, barcha farishtalarga (Hindlar e’tiqodicha, barcha farishtalarga iloh deb sajda qilinadi) madxu-sano va duo iltijolardan iborat. «Rigveda» kalimalari, jumlalari bir-biridan ajratib o’qilishining sababi Beruniy aniqlashicha, quyidagi mifologik asotirga, xalq og’zaki poetik ijodi bo’lgan rivoyatga asoslanadi. Beruniy aniqlashicha, Jaynavalkya ismli shogird mullavachcha bor edi. Uning ustoziga do’st bo’lgan boshqa bir ustoz–braxman olis safarga ketish oldidan do’stiga murojat qilib, u qaytib kelguncha har kuni do’stining shogirdlaridan biri uni uyiga kelib, ibodat olovi o’chib qolmasligi uchun qarashib tursin, deb iltimos qilgan. Shu xizmatni bajarish uchun mullavacha Jaynavalkyaning navbati kelgan. U xizmatni bajarib yurganda safarga ketgan kishining xotini uni sevib qolgan. Buni sezgan Jaynavalkya u erga boshqa bormay qo’ygan. Haligi ayol ustozdan o’sha shogirdingiz nega kelmayapti, deb so’ragan. Ustoz Jaynavalkyani majburlab u erga yubormoqchi bo’lgan. Shogird uning farmonini bajarishdan bosh tortgan va sofdil, xalol bo’lgani uchun, gunohga botishdan saqlanish uchun ustoziga «Hohlasangiz menga o’rgatganliringizni qaytarib oling» degan.
Ustoz, pir bir duo o’qib, shogirdining bilganlarini qaytarib olgan, shogird bilganlarini unutgan. Shogird, Jaynavalkya Quyosh ma’budiga iltijo qilib, vedani o’rgatishni so’ragan. Quyosh unga: «Men doimo harakatdaman, sen mendan qanday qilib, o’rganasan?» - dedi. Jaynavalk’ya tirishqoqlik bilan Quyosh aravasiga osilib olib undan veda ilmini o’rganadi, ammo doimiy harakatda, notinchlikda bo’lgani uchun to’xtab-to’xtab, takrorlab yod o’qish usuli an’ana bo’lib qolgan.18
Bu go’zal afsona hindlarning estetik idrok etish qobilyati ancha baland ekanligini ko’satadi. Beruniy ham bu voqeani haqiqat deb bilmay, afsona deb bilsa ham badiiy, xalq poetik ejodi sifatida to’liq keltirgan.
Beruniy aniqlashicha, «Somaveda» kitobida qurbonliklar tartibi, insonlarni hayotida yomon, gunoh ishlardan qaytarish, man etish, yaxshi ish–amallar qilish uchun buyruqlar bayon qilinadi va ashula singari kuy ohangida o’qiladi. Hindlarning qadimgi sanskrit tilda yoqimli so’z va oy soma deb ataladi. Shu ma’noda Somaveda yoqimli kalom ma’nosini bildiradi. «Somaveda»ning kuy bilan o’qilishining sababi shuki, - deydi Beruniy,- Noroyana Vomana (Qo’rqinchli dev) suvratida Bali podshoh oldiga kelganida, o’zini Braxmanga o’xshatib, Somavedani mungli kuy bilan o’qishga tutindi va shunday o’qishi sababli Bali podshohni betoqat qildi. Nihoyat, o’sha bo’ladigan ish bo’ldi. (Beruniy keyinroq bu voqeani mufassal bayon qiladi. Bizning ishimizda ham bu voqea haqida yana fikr yuritiladi. –N.S.)
Beruniyning «Hindiston» kitobida nima uchundir, «Yajurveda» (yoki Yayurveda) haqida ma’lumot juda kam berilgan: «Yajurvedaga kelsak, - deydi Beruniy, - buning nazmi kondin (vazni) dan tarkib topgan bo’lib, bu bilan avvalgi («Rigveda»)ning farqi shuki, buni so’zlar (jumlalar) o’rtasida to’xtamay tutashtirib o’qish mumkin. Bunda ham («Yajurveda» qismida ham) avvalgisida («Regveda» qismida) bayon qilinadigan olov yoqish amallari va qurbonliklari bayon qilinadi»19.
«Yajurveda» (yoki «Yayurveda») boshqa manbalarga ko’ra asosan tabobatga, shifobaxsh o’simliklarga, turli kasalliklarni davolash usullariga bag’ishlangan asardir.
«Axtarvana-veda»ga kelsak, bu avvalgi ikkala nazm singari emas, bunda kalimalar bir-biriga tutashtirib, lekin dimoq bilan qiroat qilib o’qiladi,- deydi Abu Rayhon Beruniy. -Odamlar bunga kam rag’bat qiladilar. Bunda ham olovga qilinadigan qurbonliklar, o’simliklar (ga qanday munosabat bo’lishi kerakligi, ularni yoqish, kulini daryoga sochish- N.S.) haqidagi buyruqlar va o’liklar uchun bajarilishi lozim bo’lgan amallar bayon etiladi». Bizningcha, vedaning bu qismi juda qayg’uli, fojiali ruhda bo’lgani uchun, avom hindlar esa tabiatan quvnoq va sho’x bo’lgani sababli uni o’qishga rag’batlari yo’qdir. Lekin Beruniy bu holatning ishonchliroq sabablarini aytmagan.
Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» kitobida vedalardan farqlanuvchi puronalar haqida ham qimmatli ma’lumotlar beradi. U, puronalarning 18 xilining nomlarini keltiradi: 1.Odi-purona juda qadimgi purona. 2.Mach’ya-purona- baliq haqida. 3.Ko’rma-purona- toshbaqa haqida. 4.Varoha-purona cho’chqa haqida. 5.Narosimha-purona-sher boshli odam. 6.Vomana-kichrayib, bujmayib qolgan dev. 7.Voju-purona-shamol. 8.Nanda-purona-Mahodevaning xizmatchisi. 9.Skanda-purona-Mahodevaning o’g’li. 10.Odit’ya-purona, Barohim haqida va hokazo.
Shundan so’ng Beruniy «Bxagava-Gita»kitobidan Vasudeva o’g’li Krishna va Arjuna o’rtasidagi voqealar bobida Tangri tilidan bunday so’zlar aytilganligini keltiradi:
«Men hamma narsaman. Men boshqalardek tug’ilib, yashab, keyin o’luvchi emasman. Ishim uchun mukofot olishni mo’ljallamayman ham. Do’stlik yoki dushmanlik sababli bir tabaqani qo’yib, boshqa tabaqa tarafdori ham bo’lmayman. Yaratganimning hammasiga barcha zarur narsalarni berdim (masalan, dehqonga er,omoch, ho’kiz, urug’lik, bog’bonga-ko’chatlar, ulamolarga bilimlar.) mana shu sifatlarim bilan meni tanigan, o’z ishini bajarishda menga o’xshab, ta’madan uzoq turgan kishining bandi echilishi (ya’ni, ruhining badan qafasidan ozod bo’lishi) yoki bu dunyodagi mushkullari osonlashadi».
Beruniy vedalar va puranalar kabi hindlarning hikmatli, donishmandlik kitoblarida Noroyana haqidagi hindlarning bir-biriga zid tasavvurlarini sira o’zgartirmay, xolislik bilan, o’z holicha keltiradi.
«Vishnu- purona»da aytilishicha,- deb yozadi Beruniy,- jugalarda (avvalgi davrlarda) Vishnu (Noroyana) o’zi uchun mashg’ul bo’ladi, so’ngra krita jugada (ikkinchi juga davrida) u (olim) Kapila ko’rinishida bo’lib, ilm tarqatish uchun keladi. U tritajugada (uchunchi jugada) Rama (Ram) ko’rinishida bo’lib botirlik ko’rsatish, yomonlarga (devlarga, shaytonlarga) zarba berish, kuch va g’alaba bilan uch loka (uch olamni) saqlash va yaxshilik etkazish uchun keladi. Dvopara esa u V’yosi so’vratida bo’lib, vedani to’rt bob (bo’lim) va fasllariga bo’lish uchun keladi. Dvopara oxirida Vasudeva suvratida (bo’lib Er yuzida) jabr zulm qiluvchilarni yo’qotish uchun keladi. Kalijugada braxman (ruhoniy) Jashu o’g’li Kalei suvratida tushib, hammani o’ldirib, davrni qayta qurish uchun keladi.
Beruniy «Hindiston» kitobining «Vasudeva to’g’risida va Bxarati urushlari bayoni» deb atalgan qirq ettinchi bobida «Mahobhorat» eposi- dostonining bir qismi bo’lgan «Bxaga va Gita» kitobida yozilgan, hindlar e’tiqodicha, oliy ma’bud hisoblangan. Vishnuning muayyan bir zamonda Vasudeva bo’lib kelishi tarixini xuddi eposdagi kabi badiiy tasvir yo’li bilan hikoya qiladi. Vedalarda ilmiy tafakkur emas, balki axloqiy, estetik, huquqiy tafakkur durdonalari badiiy, obrazli hikoya qilingan.
Yuqoridagi fikrlardan bunday ilmiy xulosalarga kelish mumkin:

  1. Vedalar juda qadim zamonlardan buyon avlodlardan-avlodlarga o’tib kelgan hikmatli xazinalardir.

  2. Vedalarni faqat oliy tabaqaga mansub- Brahmanlar o’rganishi, ibodat vaqtida o’qishi mumkin.

  3. Vedalarni ayrim hollarda adolatli podshoh, kshatiriylar harbiy yo’lboshchilar ilmi hikmatni yaxshi ko’rsa o’rganishi mumkin.

  4. Braxmanlar ham o’z xonahoqida o’z shogirdlari- bo’lg’uvchi braxmanlarga, kshatriylar, podshohlarning bolalariga o’qitadi.

  5. Vedalar asosan braxmanlar doirasida ularning farzandlariga o’rgatilib, avlodlariga meros qilib qoldiriladi.

  6. Quyi tabaqalarga mansub fuqarollarga veda o’rganish man qilingan, ular yashirin va oshkora o’qisa jazoga tortiladi.

  7. Beruniy vedalarning mazmuni, mohiyatini, badiiy-estetik xususiyatlarini chuqur tadqiq qilgan.



Yüklə 219 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin