Abu Rayhon Beruniyning umri doimiy sayohat va bir shahardan ikkinchisiga ko`chib yurib, tadqiqotlar o`tkazish bilan o`tgan. Jumladan, Beruniy 995-yilda 22 yoshida Kotdan chiqib, o`sha vaqtlarda Tehrondan shimolroqda bo`lgan Ray shahriga jo`nagan. Ammo manbalarga ko`ra, u 997-yilda Xorazmga kelib ketgan bo`lishi mumkin. Buni Beruniy yozgan quyidagi misralardan ham bilsa bo`ladi: «Biz Abulvafo Muhammad ibn Muhammad al-Buzjoniy bilan, u Bag`dodda, men esa Xorazm shahrida ekanligimda, Oy tutilishini ko`zatish to`g`risida shartlashgan edik; biz bu hodisani hijriy yili hisobida uch yuz sakson yettinchi yili birgalikda ko`zatdik» (hijriy bilan 387-yil 997-milodiy yilga to`g`ri keladi).
Beruniy 998-yilda Kaspiy dengizining janubi-sharqiy burchagida, dengizdan ichkaridagi alohida bir viloyatning markazi bo`lgan Jurjon shahriga ko`chib kelgan. Jurjonda istiqomat qilgan vaqtida, taxminan 1000-yilda 27 yoshida «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli birinchi yirik asarini yozib tamomlagan. 1004-yilda Beruniy Xorazmning yangi hokimi ma’rifatparvar Abul Abbos Ma’mun chaqirig`iga binoan yana vataniga qaytib kelgan.

Agar Beruniyning butun umri davomida qilgan sayohatlarini sarhisob qilsaq, u shimolda Xorazmga, janubda Hindistonga, g`arbda Kaspiy sohili va Bag`dod oralig`ida sayohat qilgan, ilmiy ko`zatishlar o`tkazgan. Manbalarda ko`rsatilishicha, Beruniy Xorazmda Kot va Urganch (Jurjoniya); hozirgi Eronda - Jurjon va Ray; Iroqda – Bag`dod; hozirgi Afgonistonda - Juzjon, Balx Bomiyon, Qobul, Gazna; hozirgi Pokistonda - Gandi, Dunpur, Peshovar, Vayxand (Attoq), Jaylam, Siyolqut, Lohyp, Nandna, Mo`lton shaharlarida bo`lgan. Olim bulardan tashqari Buxoro, Qoraqum cho`li, Qizilqum shimoli, Badaxshonda ham bo`lgan. Shuning uchun ham Beruniy bir necha tillarni, jumladan, qadimiy xorazm tilini, fors-tojik tilini, o`zbek tili (eski turkiy til)ni, arab va yunon tillarini bilgan.