Abu Rayhon Beruniy – jahon ilm-fani, madaniyatiga benazir hissa qo‘shgan buyuk iste’dod sohibi.
Arifmetika sohasida u mashhur uchlamchi qoidani ko‘rib chiqadi, besh, yetti va undan ortiq miqdorlarning hollari uchun uchlamchi qoidani umumlashtiruvchi qoidalarni bayon qiladi. B. ayniqsa trigonometriya sohasida katta yutuklarga erishdi. Ba’zi bir hoz. zamon tadqiqotchilari B.ni trigonometriyaga mustaqil fan sifatida qaragan birinchi olim deb e’tirof etmoqdalar. B. trigonometrik funksiyalarning umumiy qonuniyatini topish yuzasidan ish olib borgan.“Al Qonun al Mas’udiy” asarida yassi va sferik trigonometriyani bayon qilgan. U trigonometrik funksiyaning chizikli va kvadrat interpolitiv qoidasini ishlab berdi, o‘rtacha aniq hisoblar metodini taklif qilib, tegishli jadvallarni keltirdi, bir qancha o‘nli raqamlar uchun P miqdorini aniq hisoblab chiqdi. Geografiya, geodeziya va geologiya fanlari sohasida ham B.ning qushgan hissasi beqiyos. Tasviriy geografiya sohasida B. geografik adabiyotda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni umumlashtirib o‘ziga zamondosh bo‘lgan sayyoh va savdogarlar to‘plagan ma’lumotlar b-n uni yanada boyitadi. Olim qoldirgan geografik ma’lumotlarning ko‘pchiligi u yoki bu geografik masalalarni yoritishda Sharq adabiyotida birinchi manba hisoblanadi.
Abu Rayhon Beruniy – jahon ilm-fani, madaniyatiga benazir hissa qo‘shgan buyuk iste’dod sohibi.