Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi
REJA:
Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm-faniga qo'shgan hissasi.
Abu Rayhon Beruniy – jahon ilm-fani, madaniyatiga benazir hissa qo‘shgan buyuk iste’dod sohibi.
Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm-faniga qo'shgan hissasi.
BЕRUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh.—1048.11.12. G‘azna (hoz. Afg‘onistonda)— ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi, o‘rta asrning buyuk daholaridan. O‘z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, ma’danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi b-n uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Uning nasl-nasabida “berun” so‘zi “tashqi shahar”, “Beruniy” esa “tashqi shaharda yashovchi kishi” ma’nosini bildiradi.
Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm-faniga qo'shgan hissasi.
Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo‘lgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo‘lida ta’lim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyoziyotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag‘ishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo‘r hurmat b-n tilga oladi.Beruniy fanning deyarli hamma sohalari b-n shug‘ullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta o‘rganib, yunon ilmi b-n ham chuqur tanishib, yirik olim bo‘lib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari arab, sug‘diy, fors, suryoniy, yunon va qad. yahudiy tillarini egalladi. Keyinchalik, Hindistonda sanskrit tilini o‘rgandi. O‘z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrida 990 y.dan Kot sh.da muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Mamlakatda taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermadi. Qoraxoniylar somoniylarga qarshi hujum boshladi. Buning natijasida Xorazmda ham davlat to‘ntarishi bo‘lib, Kot Urganch amiri Ma’mun I tomonidan bosib olindi. Beruniy hayoti xavf ostida qolgaiini sezib, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. U qad. Ray sh.ga (hoz. Tehron yaqinida) boradi. Rayda ancha og‘ir hayot kechiradi, moddiy qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi. Olim 998 y.dan keyin Jurjonga keladi va bu yerda ikkinchi ustozi tabib, falakiyotshunos va faylasuf Ali Saxl Iso al-Masixiy b-n tanishib, undan ta’lim oladi. O‘sha vaqtda Kaspiy oldi viloyatlarida ziyoriylar sulolasi (928—1042) hukmronlik qilgan; bu sulolaning vakili Qobus ibn Vashmgir (1012 y.o‘ldirilgan) yosh olimni o‘z himoyasiga oladi.