Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm-faniga qo'shgan hissasi.
Yoqut Hamaviynij yozishicha, Qobus ibn Vashmgir Beruniyga vazirlik lavozimini taklif qilgan, lekin olim bunga rozi bo‘lmagan.Beruniy “Al-osor al-boqiya an al-qurun al-holiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000-y.da tamomlagan. Beruniy uni yozishga juda katta tayyorgarlik ko‘rdi. Qunt va matonat b-n turli xalqlar tarixi, madaniyati va tillarini o‘rgandi. Ilm-fanga oid asarlar juda kam nusxada va qo‘lyozma shaklida ayrim shaxslar qo‘lida saqlangan bir davrda yosh olim fanning turli sohalarini bu qadar egallab olishi, uning nihoyatda iste’dodli ekaiini ko‘rsatadi.Beruniy 1005 y.larda Xorazmga qaytadi va so‘ngroq uni yangi hukmdor Ali Abbos Ma’mun II saroyga yaqinlashtiradi. O‘sha davrda Urganchda Xorazmshoh saroyida ko‘p mashhur olimlar to‘planib, fanning turli sohalarida ilmiy ishlar olib boradilar. “Ma’mun akademiyasi” deb nomlanadigan bu anjumanning faoliyatida Beruniy muhim rol o‘ynaydi. Shu b-n birga, u shoh Ma’mun IIning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatiashadi. Beruniyning Ibn Sino b-n yozishmalari ham uning Xorazmda turgan davrida bo‘lgan. Ularning savol-javoblaridan va Beruniyning Ibn Sinoga yozgan e’tirozlaridan bizgacha faqat 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar uning tabiat falsafasi va fizika masalalari b-n ham qiziqqanini ko‘rsatadi. Bu savol-javoblarda ikki mashhur olim fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borgan..
Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm-faniga qo'shgan hissasi.
Beruniyning G‘aznadagi davri uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. G‘urbatda hayot kechirgan olim o‘zining barcha vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga sarf etdi. Beruniyning “Xorazmning mashhur kishilari” asari ham shu davrda yaratilgan. Uning geodeziyaga oid muhim asari “Taxdid nihoyot ilamokin li tas’hih masofot ilmasokin” (“Turar joylar (orasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash”) 1025 y. 18 noyab.da yozib tugatilgan. Bu asarning birdan-bir qo‘lyozmasi Istanbulda, birinchi marta rus tiliga shu qo‘lyozmadan “Geodeziya” nomi b-n tarjima qilindi (Toshkent,1966). “Geodeziya” Beruniyning dunyoqarashini belgilashda boy manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi.