Abu Rayhon Beruniy – jahon ilm-fani, madaniyatiga benazir hissa qo‘shgan buyuk iste’dod sohibi.
Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan edi. Uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang. Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zo‘r qobiliyati uning ko‘pchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. 1035—36 y.larda Beruniy o‘z ilmiy ishlarining ro‘yxatini tuzadi. Bunda shu vaqtgacha yozgan kitob va risolalari 113 taga yetgani ko‘rsatilgan. Keyingi yozgan asarlarini ham qo‘shsak, u qoldirgan ilmiy meros 152 kitob va risoladan iborat. Uning asarlari mavzu jihatdan turlituman. Ko‘pchilik asarlari o‘z zamonasida o‘ziga xos bir ensiklopediya hisoblangan. Asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi ma’danshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iqlimshunoslik, biri fizika, biri dorishunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa,18 tasi adabiyot va b. fanlarga oiddir. Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan. Afsuski, hozircha olimning faqat 28 asarigina ma’lum. Qolganlari bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilganicha yo‘q. Beruniy ijodini o‘rganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish ishlari o‘tgan asr oxirlaridan boshlandi. Uning “Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”,“Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Mas’ud qonuni”, “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar” va b. asarlarining matni nashr etild»: turli tillarga tarjima qilindi. Tanlangan asarlari rus va o‘zbek tillarida chop etildi.
Abu Rayhon Beruniy – jahon ilm-fani, madaniyatiga benazir hissa qo‘shgan buyuk iste’dod sohibi.
Beruniyning falakiyot sohasidagi xizmati ayniqsa kattadir. U uz ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi masalasi da Ptolemey nazariyasiga suyansa ham lekin Yerning harakati haqida o‘sh& davrda hukmron nazariyaga zid keladigan fiqolarni bayon etgan. “Hindisusg” asarida “Yerning aylanish hara4GI falakiyot fani hisoblariga hech qanday zid kelmaydi, balki Yerda yuz kiradigan hodisalar, uning harakati birga bir tekis davom etaverali”, degan fikrni bayon etadi. “Istaan xil astrolyabiyani tayyorlashning «:rli usullari haqida” risolasida Sa’id as-Sijziyning astrolyabilei haqida gapirganda juda muhim xulosaga keladi: “Uning negizi osmon harakatlanishiga emas, balki Yerning harakatlanishiga asoslanganligi uchun men uni juda ham ajoyib kashfiyot deb hisoblayman”. B. yoritqichlar harakatini xandasaviy izohlash asosida olamching tuzilishini tushuntiradigan yeotsentrik va geliotsentrik sistema yeng kuchga ega, degan xulosaga keladi.
“Geodeziya” asarida geotsentrizm b-n bog‘liq bo‘lgan ba’zi nazariyalarning ug‘riligiga shubha b-n qaraganini sydan ochiq bayon etadi. Bu b-n olim geliotsentrik tuzilishi nazariyani ishlashga hissa qo‘shdi. U osmon yoritqichlarining haragrayektoriyasi va shakli ellipso«. chgekanligi haqida birinchi bo‘lib fikr yuritgan olimlardan. B.ning bu bashorati ancha keyingi Kepler kashfiyotlarini ma’lum darajada oldinan aytish edi. B. o‘z asarlarida ayrim hodisalar to‘g‘risida ham yozgan. Mac, (birinchi bo‘lib Quyosh tojini tushuntirishda qiziqarli xulosalarga kelgan.