Orta Osiyolik mashur allomalarning jahon madaniyati, marifati, ilm-faniga qoshgan hissasi ulkandir



Yüklə 27,74 Kb.
tarix29.04.2023
ölçüsü27,74 Kb.
#104604
Shuxratova kurs


Orta Osiyolik mashur allomalarning jahon madaniyati, marifati, ilm-faniga qoshgan hissasi ulkandir. Jahon tan olgan buyuk allomalar: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshgariy, Mahmud az- Zamahshariy, Alisher Navoiy va boshqalarning tilshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmatlari kattadir.
Abu Nasr Forobiy. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy (873-930) yaratgan asarlar ichida «Fanlar tasnifi» (yoki «Fanlar tasnifi haqidagi soz») kitobi tilshunoslik masalalariga bagishlanganligi bilan ajralib turadi.
Buyuk alloma tilshunoslikning fonetika, morfologiya, sintaksis, orfografiya, orfoepiya va stilistika kabi bolimlari haqida dastlabki tushunchalarni bergan.
Forobiy fonetika haqida fikr yuritar ekan, nutq tovushlari, tovushlarning undosh va unli turlari, undosh tovushlarning paydo bolishi, orni, unli tovushlar va ularning xususiyatlari, sozga qoshimchalar qoshganda yuz beradigan tovush ozgarishlari, sozning fonetik meyori haqida fikr yuritadi. U leksika yuzasidan malumot berar ekan, leksik birlik bolgan soz masalasiga, soz manolarining tasnifi masalasiga toxtaladi. Yani soz manosining ikki turini: sodda va murakkab bolishini korsatadi. Sodda manoli sozlarga: odam, hayvon, gul, ovqat, osmon kabi atash vazifasini bajaruvchi alohida sozlarni kiritsa, murakkab manoli sozlarga: narsa va uning belgisini bildiruvchi - Bu odam – bilimli, bu gul - osimlik kabi ifodalarni kiritadi.
Forobiy morfologiya masalasida sozlarni arab tilshunosligiga asoslangan holda ot, fel va harflarga ajratadi. Otlarni ikkiga: atoqli va turdosh otlarga boladi. Aniqrogi, sodda manoli sozlarni ikkiga ajratadi: 1) atoqli otlar: Zayd, Amr; 2) turdosh otlar: odam, hayvon, ot va boshqalar. Otlarga son kategoriyasi (birlik, ikkilik, koplik), fellarga zamon (otgan, hozirgi, kelasi zamon) kategoriyasi xosligini takidlaydi.

U sintaksis masalasida soz birikmasi haqida, nutqning qismlarga bolinishi, sozlarning qanday birikish qoidalari va hukm bildirishi, sozlarning qoshilish turlari haqida fikr yuritadi.


Forobiy orfografiya masalasida sozlarning yozilish qoidalari yuzasidan ham dastlabki malumotlarni beradi. Forobiy sheriyat - sher haqida fikr yuritar ekan, sherning yozilish olchovlari, yani sherning yozilishidagi toliq va notoliq olchovlar, qaysi olchov yoqimli va chiroyli ekanligi, umuman, sher tovush va boginlardan tashkil topishi haqida fikr bayon qiladi. Forobiy ulug faylasuf olim sifatida umumiylik va xususiylik dialektikasi nuqtai nazaridan tilga, lisoniy hodisalarga ham murojaat qiladi. U ot, fel va yuklama kabi soz turkumlarining arab tilida ham, yunon tilida ham mavjudligini aytib, buni umumiylik sifatida talqin qiladi. Ayni vaqtda arab tilshunoslari ushbu soz turkumlarini shu til hodisalari, birliklari asosida tahlil qilsalar, yunon tilshunoslari esa qayd etilgan morfologik kategoriyalarni oz ona tili materiallari asosida organishlarini takidlaydiki, bu jarayon xususiylik sifatida namoyon boladi. Binobarin,dialektik falsafaning umumiylik va xususiylik kategoriyasi tilning muayyan tushunchalari orqali ozining isbotini, tasdigini topadi.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al - Beruniy. O`rta asr Evropasida Aliborona nomi bilan mashhur bolgan qomusiy alloma xorazmlik Abu Rayhon al - Beruniy (937-1048), malumotlarga qaraganda, 150 dan ortiq asar yaratgan. Ushbu asarlar matematika, fonetika, kimyo, astronomiya, jogrofiya, tibbiyot, adabiyot, musiqa, riyoziyot va tilshunoslik kabi qator sohalarga oid bolib, jahon ilm-fanining durdonalari sifatida qadrlanadi.
Abu Rayhon Beruniyning lisoniy qarashlari «Saydana» nomli asarida beriladi. Anigi, ushbu asar dorivor osimliklar, hayvonlar va madanlar tavsifiga bagishlangan bolib, unda dorivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltiriladi. Buyuk alloma ushbu asarda dorivor moddalarning bir necha tillarda qanday nomlanishinigina bayon qilib qolmasdan, balki ushbu moddalarning har bir tildagi mahalliy, yani har bir shevadagi nomlanishini ham alohida korsatib beradi. Demak, muallif predmet va uning nomi munosabati masalasiga alohida ahamiyat beradiki, ayni masala qadimgi tilshunoslik davridan to shu kungacha ham til haqidagi fanning eng dolzarb muammolaridan biri bolib kelmoqda.
Beruniy sheriyat masalalari bilan ham shugullanadi, asarlar yaratadi, ozi ham sher ijod qiladi. U «Saydana» asarida qator shoirlarning sheriyatidan namunalar keltiradi.
Beruniy asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomiga izoh beradi. Har bir bob bir harfga bagishlanadi. U asarda 4500 dan ortiq arabcha, yunoncha, suriyacha, forscha, xorazmiycha, sogdcha, turkcha va boshqa tillardan osimlik, hayvon, dorivorlar nomlarini toplaydi va izohlaydi. Demak, «Saydana» asari ayni vaqtda dorivor moddalar nomlarining izohli lugati sifatida ham qadrlanadi. Muallif asarda dorivor moddalar nomini arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Bir harf bilan boshlanuvchi bir necha soz bolsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida beriladi. Mazkur lugat ham izohli, ham tarjima, ham etimologik, ham dialektologik lugat sifatida alohida ahamiyatga egadir. Abu Rayhon Beruniyning tilshunoslik talimoti. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048)ning asarlari 152 ga boradi. Afsuski, bizgacha faqat 30 tachasigina etib kelgan. Ularni organish bu buyuk olimning astronomiya, matematika, fizika, minerologiya, geodeziya, jugrofiya, falsafa, filologiya kabi fanlar taraqqiyotiga qoshgan hissasi nihoyatda ulkan ekanini korsatadi. Biroq Beruniyning shu kungacha fanga malum bolgan asarlarining hammasi ham nashr etilgan va tola organilgan deb aytolmaymiz, ularning ayrimlari hamon qolyozmaligicha qolib kelmokda. SHu sababli, ensiklopedist olim ijodining ayrim tomonlari, jumladan, tilshunoslik qarashlari etarli darajada yoritilmagan va munosib baholanmagan. Beruniyning «Tahqiq mo li-l-hind min maqula maqbula fi-l-aql av marzula» («Hindlarning aqlga sigadigan yoki sigmaydigan talimotlarining haqiqatini aniqlash», «Hindiston»), «Al-Qonun al-Masudiy»(«Qonuni Masudiy») «Geodeziya», «Minerologiya», «Kitob-ul-Saydana fi-t-tib» asarlarida adabiyot, tilshunoslik kabi sohalarga oid qimmatli malumotlar bor. Abu Rayhon Beruniy ozining «Hindiston» asarida hind tili haqida ham qimmatli fikrlar beradi.
Uningcha, hindlar bilan oramizning uzilib qolishiga birmuncha sabablar bor. Ulardan biri lugat-tilda ozgalik, undan keyin hindlarning tillari oddiy xalq ortasida ishlatiladigan va fozillar sarf (morfologiya), ishtiqoq (etimologiya), nahv (sintaksis) va balogatning nozik qoidalariga asoslangan tilga bolingan».
Beruniy sanskrit tilining ancha qiyinligi, undan foydalanib yozilgan asarining kochiruvchisi juda ehtiyotkor bolishi zarurligi, u tildagi xususiyatlarga etibor berish kerakligini uqtiradi.
Hindlarning tillari, deydi Beruniy, arab va fors harflariga tegishli tovushlarga togri kelmaydi va oxshamaydi, hatto, tilimiz u tovushlarni oz joyidan chiqarib aytolmaydi, quloqlarimiz ularning nutq tovushlarini ajratib eshita olmaydi. Nutq tovushlarini ifodalovchi harflarni hind kabi yoza olmaymiz. Natijada ularning lugaviy birliklarini xatimiz bilan ifodalash qiyinlashadi.
Kopincha hindlarning ogzidan bir ismni yaxshilab talaffuz qilishni organib olamiz, keyin shu ismni ularga qaytarib aytsak, anglamaydilar yoki zorga anglaydilar. CHunki hindlarning tillarida 2 va 3 undosh harf ketma-ket keladi va ularni talaffuz qilish biz uchun qiyin.
Beruniyning kop tillarni bilish qobiliyatiga «Hindiston» asari bilan tanishgach guvoh bolamiz. U asarda keltirgan malumotlarga qaraganda, ona tili - xorazmiy tilidan va turk, fors, arab tillaridan tashqari yunon va suryoniy tillarini mukammal bilgan. Natijada u oz kitobida 20 dan ortiq yunon tilidagi asarlarga havola beradi va sitata keltiradi. Abu Rayhon Beruniy oz asarlarida til, yozuvning ahamiyati, sinonimiya hodisasi, hind atamalarini arab tilida berish usullari haqida atroflicha fikr yuritadi.
Beruniy kishilarning aloqa vositasi bolgan tilning vazifasini, til va yozuvning munosabatlarini, yozma til va ogzaki tilning farqini, til taraqqiyotida yozuvning ornini izohlab shunday yozadi: «Til sozlovchi istagini eshituvchiga etkazuvchi tarjimondir. SHuning uchun til zamonning bir ondek turgun qismi kabi cheklanib qoladi. Agar insondagi sozlash quvvati hamma joyga shamol kabi yoyiluvchi bolmaganda edi va zamonlardan zamonlarga nafaslar singari otuvchi xat yozish sanatini keltirib chiqarmaganda edi, otmish zamonning xabarini, ayniqsa, uzoq zamonlar otganda hozirgi zamon tillariga qanday kochirib bolar edi?».
Sinonimiya tilning boy ekanligini, taraqqiyot darajasini korsatib turuvchi hodisalardan biridir. Sinonimiya tufayli nozik mano ottenkalarni anglatishga, rang-barang stilistik boyoqlarni ifodalashga erishiladi. Nozik mano va buyoqlarni bildirishdan tashqari, sinonimiya nutqni ravon qilib tuzishda, qaytariqlarning, shuningdek, tovush noqulayligining oldini olishda ham muhim rol oynaydi. Bu haqda Beruniy shunday yozadi: «Ularning tili sozga boy va keng; arab tili kabi, malum bir narsa biron ozakdan olinib, oziga xos qilib belgilangan bir muncha ismlar bilan ataladi; maqsadni ifoda qilishda sifatlarni koproq aytishga ehtiyoj tugiladigan kopgina narsalarga bitta ism beriladi».
Beruniy narsa nomini bilish insonning manaviy boyligi emas, balki katta moddiy boyligi bolishi mumkinligini, shuning uchun ham til organishning tengsiz amaliy ahamiyati mavjudligini takidlaydi.
Fikrining isboti sifatida asarning V bobida shunday rivoyat keltiradi:» Xorazm amirlaridan biri kasal bolib uzoq qiynaladi. Nihoyat, nishopurlik bir tabib uning kasaliga nima davo bolishi mumkinligi haqida retsept yozib yuboradi. Bu retseptni mahalliy dorishunoslarga korsatadilar. Ular tavsiya etilgan bir dorivor osimlikni hech aniqlay olmaydilar. SHunda bir kishi ular qidirayotgan dorivor osimlikni topib berishi mumkinligini, lekin narxi besh yuz dirham sof kumushdan kam bolmasligini aytadi. Amir mulozimlari rozi bolishadi. U kishi mulozimlarga osimlik tomirini tutqazadi. Bu osimlik tomiri har kuni ozlari korib yuradigan oddiy bir chayon otining tomiri edi. Mulozimlarning jahli chiqib, on besh dirhamga ham olmaydigan shu tomirni besh yuz dirhamga berasanmi? deb oshqirdilar. SHunda giyohfurush javob beradi: «Dorivor moddalar nomini bilish bebaho boylikdir. Sizlar shu osimlik nomini bilmaganliklaringiz tufayli kasalning qanchalar qiynalishiga sababchi boldilaringiz, tilla bahosiga bolsa ham sotib olishga rozi edilaringiz». Nomning jamiyat hayotida shu qadar katta ahamiyatga ega ekanligini etiborga olib, Beruniy «Saydana» asarida malum dorivor moddaning bir necha tillarda qanday nomlanishini bayon qilish bilan birga, har qaysi tildagi mahalliy nomlanishiga ham katta orin beradi.
Abu Rayhon Beruniy ayrim mutaassib kishilar arab yozuvini Alloh tomonidan yuborilgan, deb ilohiy tus berayotgan bir paytda, har qanday yozuv kabi bu yozuv ham insoniyatning kashfiyoti ekanligini etirof etadi. Lekin bu yozuvda ancha noqisliklar bor ekanligi, shuning uchun ham grek, lotin, hind tilidagi asarlarning arab tiliga qilingan tarjimalarida ayrim nomlarni togri ifodalash qiyin, shu tufayli kop nomlar galiz berilishini bayon qiladi.
Olimning aytishicha, arab yozuvida «katta baxtsizliklar» bor. Unli fonemalarning ifodalanmasligi, kop harflarning bir-biriga oxshashligi va ularning ayrim nuqtalar orqaligina farqlanishi qator qiyinchiliklarga olib keladi. Dioskorid, Galen, Pavel, Oribaziy kabi grek olimlarining familiyalari toliq va togri ifodalab bolmasligini originalni qiyoslagan holda transkripsiya qiladi. SHuningdek, hind sozlarini berishda bir qancha hind fonemalarining arab tili fonologik sistemasida yoq ekanligini, shuning uchun arab yozuvi orqali bu sozlarni togri ifodalab bolmasligini aytadi. Olim arab yozuviga forslardan foydalangan holda ayrim qoshimcha harflar kiritadi.
«Saydana» asarini oqir ekanmiz, Beruniyning qanchalar chuqur filologik bilimga ega ekanligining guvohi bolamiz. U nazmning turli nazariy masalalariga bagishlab bir qator asarlar yozgan. SHu bilan birga, ozi ham arab tilida yaxshigina sherlar ijod qilgan.
Bundan tashqari, turli tilda sozlashuvchilarning ozaro aloqasi natijasida ham tillar bir-birini boyitib boradi. Xalqlar orasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar natijasida bir til qurilishining birliklari ikkinchi tilga kirib boradi, shu tilga singib, uning oz til birligiga aylanib ketadi. Tildagi bu qonuniyat togrisidagi Abu Rayhon Beruniy shunday yozgan edi:»Agar ism biron ozakdan olingan bolib, arab sozi bilan ularning manosini berish mumkin bolsa, bundan boshqa yolga yurmayman. Lekin hindchasini ishlatish engilroq bolsa, uning yozilish shakli juda aniqlangandan keyin, osha hindchani ishlataman. YOki soz chetdan kirgan bolib, ozi juda mashhur bolsa, uning manosini aytgandan keyin ozini ishlataman. Agar u ism-atama ornida bizda ham mashhur ism bor bolsa, bunda ish oson». Beruniy asari manbalarga chuqur asoslanganligi bilan xarakterlanadi. Bu narsani hindlarning maxsus atamalari haqidagi fikrlarida korish mumkin. Asarda, boshqa manbalarda berilgan kop atamalar bilan bir qatorda, ilmiy tenglashtirib bolmaydigan sozlar ham kopchilikni tashkil qiladi. Bular uzunlikni olchash uchun ishlatiladigan rama, dasta va sher turoqlariga oid bolgan jvalana, madxya, parvata kabi atamalardir.
Beruniy hind yozuvining xususiyatlarini nazarda tutib, hind transkripsiyasining diqqatga sazovor tizimini ishlab chiqdi. Bu transkripsiyada undoshlarni belgilashda arabcha talaffuz mos bolmagan belgilarni qollagan. Masalan, u «gaf», «pe» va «chim» harflaridan hind tilidagi shunday harflarni ifodalash uchun foydalangan. Kopgina tadqiqotchilarning aytishicha, bu usul urdu tilida faqat XV-XVI asrlarda keng meyorda ishlatila boshlagan.
Beruniy umrining oxirgi yillarida Mahmud Gaznaviyning vorisi Madud sultonligi davrida yani, 1048 yilda dorivor osimliklar, hayvonlar va madanlar tavsifiga bagishlangan «Saydana» (Kitob us-saydana-fit-tibb) asarini yozdi. Beruniyning tilga va tilshunoslikka bolgan qarashlari mana shu asarida yaqqol namoyon boladi.
«Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida ozini qurshab turgan olamni va ularining turli tillarda qanday nomlanishini bilishga naqadar ishtiyoqmand ekanligi bayon qilinadi. Xususan, olimning bolaligida uning yurtiga bir grek kochib keladi. Abu Rayhon unga don, urug, meva, osimlik va boshqa narsalar kotarib kelib, bular grek tilida qanday nomlanishini soraganligi va grekcha nomlarini daftariga yozib olganligini bayon qiladi.
«Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda dorivor moddalarning bir necha tillardagi nomlari keltirilgan. Hatto bir osimlik yoki modda bir tilning turli shevalarida turlicha nomlanishi, yoki, aksincha, bir nom turli shevalarda turli osimlik nomini bildirishi mumkinligi aytilgan. Bu esa dorivor moddalardan amalda foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Ana shuni etiborga olib, alohida foydalanish oson bolishi uchun u modda nomining dialektal variantlarini ham korsatadi.
Ozigacha yashagan va zamondosh shoirlarning asarlarini yoddan bilgan va bu sherlardan ilmiy asarlarida fikrini dalillamoq uchun «Saydana» asarida shoirdan 141 ta sheriy namunalar keltirgan.
Beruniyning qadimgi arab poeziyasiga katta etibor berishi tasodifiy emas. CHunki qadimda yozuv madaniyatiga ega bolmay turib, arablar biron voqeani esda saqlab qolish uchun uni sherga solganlar. Natijada sher kishiga estetik zavq bagishlovchi vositagina bolib qolmay, axborotni avloddan-avlodga etkazuvchi, bilimlarni ozida toplovchi vosita vazifasini ham bajargan. SHu bois biror bir dorivor moddaning qanday fazilatga ega ekanligini ham sherga solganlar. Natijada sheriyat xalqning bilimlar toplamiga aylangan.
«Saydana» asarini yozish uchun muallif faqat ozi yoshligidan dunyoning turli mintaqalarida bevosita korgan va yozib olgan dorivor moddalar haqida malumot berish bilangina cheklanmaydi. Balki ozigacha bolgan barcha olimlarning qoldirgan diniy merosini sinchiklab organib, ulardan samarali foydalanadi. Bu modda haqidagi ularning fikrlari beriladi.
Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomi izohlanadi. Har bir bob bir harfga bagishlanadi. Arab alifbosidagi 28 ta harfga lom-alifni ham qoshib alohida bob qilib beradi. Beruniy oz asarida bu muammoning ota muhimligini sezgan holda, 4500 dan ortiq arabcha, xorazmiycha, sugdcha, turkcha va boshqa tillardagi osimlik, hayvon, minerallar va ulardan tayyorlanadigan dorivorlar atamalarini shakllantirishda, meyorlashtirishda juda katta xizmat korsatadi. Ularni izohlash uchun 250 dan ortiq olimlar asarlaridan iqtiboslar keltiradi.
Xullas, Beruniyning «Saydana» asari dorivor moddalar lugatidir. Bu lugatning xarakterli xususiyati shundaki, muallif foydalanuvchilarga oson bolishi uchun dorivor moddalar nomlarini arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Bir harf bilan boshlanuvchi bir necha soz bolsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida beriladi.
Natijada ozigacha arab leksikograflarining lugat tuzish tamoyillaridan ancha farq qiladigan oziga xos lugatga aylanadi.
Bu lugat bir vaqtning ozida ham izohli, ham tarjima, ham etimologik, ham dialektologik lugatning ilk namunalaridan sanaladi. Beruniy dunyo tillari, bularning farqli xususiyatlari, leksikografiya, etimologiya, grammatika masalalari boyicha ozining malum qarashlarini bayon qildi va bu bilan tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi va lingvistik talimoti rivojiga ozining munosib hissasini qoshdi.
Ibn Sinonining til togrisidagi talimoti. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) orta asr SHarqining buyuk mutafakkiri, qomusiy olimidir. Ibn Sinoning til haqidagi qarashlari ozining ilmiy teranligi, voqelikka munosib baho berish xususiyati bilan ajralib turadi. Ibn Sino dunyo kamoloti uchun jamiyat azolarining erkin faoliyatiga ham katta ehtiyoj borligini asoslab beradi. U yaratilgan narsalarning barchasi insoniy aql tomonidan idrok eta olinishi kerakligini ham asoslab beradi.
Ibn Sinoning «Kitob ash-shifo», «Kitob an-Najot», «Donishnoma», «Kitob ishorat va tanbihot», «Asbobi xudud al-xuruf» asarlarida tilshunoslikka doir fikrlari bayon etilgan.
Ibn Sinoning til haqidagi talimoti mantiqiy nuqtai nazarga asoslanadi. Uningcha, fikr belgisi haqidagi talimot til haqidagi talimotdir. U tilni tabiiy va suniy tillarga boladi. Tabiiy til tafakkur belgisi sifatida Ibn Sino tomonidan har tomonlama organilgan. Ibn Sino takidlashicha, fikr va nutq, til va tafakkur ortasida doimiy aloqa mavjud. Ibn Sino ozining «SHifo kitobi»da inson fikri sozlarda, yani tilda oz ifodasini topadi, degan fikrni bayon etadi.
Biror narsa haqida bilim hosil qiluvchi tushuncha tasdiqlovchi, boshqa predmet vositasida hosil qilingan bilim aniqlangan sanaladi, deydi Ibn Sino. Ushbu bilimlar belgilar vositasida qabul qilinadi.
Ibn Sino fikricha, belgilar uch xil boladi: aqliy, tabiiy va aloqadorlik. Aqliy belgi sabab va natijaning aloqadorligini korsatadi. Masalan, biz tutunni korishimiz bilan olovning mavjudligini koz oldimizga keltiramiz. Tabiiy belgi tabiiy fiziologik yoki qalb holatini ifodalaydi. Masalan, yuzning oqarishi qorqish yoki kamquvvatlik, yuzning qizarishi isitma kotarilishi yoki uyatchanlikni ifodalaydi. Aloqadorlik belgisida biror predmetning belgisi boshqa predmetning belgisi sifatida qabul qilinadi. Masalan, qora kiyim motam belgisini bildiradi. Aql har uchala belgini anglab olishda ishtirok etadi. Soz belgi sifatida biron bir manoni ifodalaydi. SHunga kora manoni farqlashning uch turi mavjud: rozilik belgi, mazmun belgi va zaruriyat belgisi.
Rozilik belgi soz-belgi hisoblanadiki, u qanday kelishgan bolsa, shuni ifodalaydi. Masalan, uy sozi keltirilganda, uning xonalari, eshigi, derazasi, tomi koz oldimizga keladi.
Mazmun belgi ham soz-belgi bolib, u manoning qismini ifodalaydi. Masalan, biror kishi uyining devori qulagan bolsa, uyim quladi deyish bilan uning devori nazarda tutiladi.
Soz bilan aloqador bolib, soz-belgi ifodalagan tushunchadan tashqi belgi sanalib, u zaruriyat belgisidir. Masalan, biz har doim «shift» haqida gapirganimizda «devor» sozi koz oldimizga keladi.
Ibn Sino sozlarni ikki guruhga ajratadi: sodda va murakkab sozlar. Ibn Sino sodda va murakkab sozlar yigindisi gapni tashkil qiladi, deydi.
Murakkab sozlar ozining quyidagi xususiyatiga ega:
1. Murakkab sozlar oz belgilariga ega. Masalan, Hasan matematikdir. murakkab soz. U uch qismdan iborat: Hasan, matematik va dir.
2. Murakkab sozning manosi va mohiyati ham bolaklarga ajraladi. Masalan, Hasan matematikdir gapida bir necha obraz oz ifodasini topgan: «Hasan « obrazi, «matematik» obrazi va matematiklik tushunchasining Hasanga tegishliligi.
3. Murakkab sozning qismi manoning qismini korsatadi. YUqorida keltirilgan misolda «Hasan» malum kishini, «matematik» uning faoliyatining turini korsatadi. Sanab otilgan shartlarning birortasidan ajralgan soz Ibn Sino fikricha, sodda sozga aylanadi.
Sodda sozlarni u uch guruhga ajratadi: ism, fel va yuklama.
Mustaqil manoga ega bolgan alohida olingan soz ism sanaladi: ona, ota, ogil, tosh kabilar.
Malum zamon manosini ifodalovchi soz fel hisoblanadi: keldi, otdi, ishladi kabi.
Bir sozning boshqasi bilan aloqasini ifodalashga xizmat qiluvchi mustaqil manoga ega bolmagan sozlar yuklama sanaladi: ammo, lekin, va, ham, bilan kabi.
Ibn Sinoning tilshunoslik qarashlari mantiq asosida qurilgan bolib, har qanday tushuncha, hukm soz, soz birikmasi, gap orqali ifodalanadi.
Ibn Sinoning fonetikaga tegishli fikrlari ham diqqatga sazovordir. Abu Ali Ibn Sinoning fonetikaga bagishlangan «Asbobi xudud al-xuruf « (yoki»Asbob») asari mavjud bolib, uning bir necha qolyozmalari bizgacha etib kelgan. Uning eng qadimgi qolyozma nusxasi 1024 yilda kochirilgan.
Garchi bu asar arab tili fonetikasiga bagishlangan bolsa ham, lekin uning V bobida fors, turk va boshqa tillar materiallari ham qamrab olinadi. SHuning uchun ham Ibn Sinoning mazkur asari Sibaveyhiy asari singari oziga qadar bolgan filologlarning asarlaridan farqli ravishda umumiy fonetika masalalarini yoritishga bagishlanganligi bilan ajralib turadi.
«Asbob» asari arab tilshunosligi ananasidan tovushlarning fiziologik va akustik tomoni organilishi bilan farqlanadi. Asarning arab tilshunosligi asarlaridan yana bir farqli jihati shundaki, unda artikulyasiya tomonidan yaqin bolgan va akustik belgisiga kora farqlanuvchi undoshlarning oxshash va farqli belgilari ochiladi. Masalan, k-g, q-g kabi. Bu shuni korsatadiki, N. S. Trubetskoydan bir necha asrlar oldin Markaziy Osiyo filologlari tomonidan korrelyativ undoshlar ajratilgan va undosh fonemalarni belgilashda asosiy tamoyil sifatida foydalanilgan.
Ibn Sino asarida turli ozgarishlar bilan talaffuz qilinuvchi tovushlar variant bilan farqlanishi korsatiladi. Xususan, r-r, i-i tovushlari bir umumiylikning ikki xil korinishi ekanligini bayon qiladi.
Ibn Sinoning «Asbob» asari kirish va olti bobdan iborat. Asarning kirish qismida uning yozilish sabablari, ananaga kora kimning sharafiga yozilganligi bayon qilinadi. Asar Abu Mansur Muhammad ibn Ali ibn Umarga bagishlangan. Muallif shu qismda risolani quyidagi olti bobga ajratganini bayon qiladi:
1. Tovushning paydo bolish sabablari haqida.
2. Nutq tovushlarining paydo bolish sabablari haqida.
3. Bogiz va tilning anatomiyasi haqida.
4. Ayrim arab tovushlarining paydo bolishidagi oziga xos xususiyatlar haqida.
5.Bu tovushlarga oxshash nutq tovushlari haqida.
6.Bu tovushlarning nutqiy bolmagan harakatlarda eshitilishi haqida.
Risolaning birinchi bobida, umuman, tovushning paydo bolishi togrisida fikr yuritiladi. Uning takidlashicha, har qanday tovush havoning tolqinsimon tebranishi natijasida paydo boladi. Havoning tebranishida esa bir jismning ikkinchi jism bilan toqnashuvi (kar) yoki har bir jismning ikkinchi jismdan uzilishi(kal) muhim rol oynaydi. Har ikki holda ham havoning tolqinsimon tebranishi roy beradi. Ikki jismning toqnashuvi jarayonida toqnashuvchi jismlar havoni qisib, muayyan kuch va tezlik bilan harakat yonalishi tomon tezroq fazoni boshatishga majbur qiladi. Bu jismning ikkinchi jismdan uzilishi natijasida ham uzilayotgan jismlar qisilgan havoni muayyan kuch va tezlik bilan havoni boshatishga majbur boladi.
Har ikki holda ham uzoqlashayotgan havo shakl va tolqinni hosil qilishi lozim boladi. Toqnashuv natijasida hosil bolgan tolqin uzilish natijasida hosil bolgan tolqindan kuchliroq tarqaladi. Korinadiki, u tabiatdagi tovushlarning qanday paydo bolishini birinchilardan bolib ilmiy asoslab bergan.
Muallif fizik tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-biridan farqlaydi va fizik tovushni savt, nutq tovushlarini harf atamasi bilan nomlaydi. Uning fikricha, savt va harf paydo bolishiga kora ozaro umumiy va, shu bilan birga, oziga xos belgilarga ega. Umumiyligi shundaki, har ikki jismning qisilishi yoki ochilishi, havoning tebranishi natijasida hosil boladi. Oziga xos tomoni shundaki, harf nutq organlari tomonidan talaffuz qilinadi. Asarda takidlanishicha, harf - balandlik va ton boyicha, oxshash tovushlarning eshitilishi boyicha bir-biridan farqlanadi.
Ibn Sino nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch jihatni korsatib otadi:
1. Kokrak qafasida hosil boladigan diafragma va kokrak muskullari orqali harakatga keladigan havo tolqini.
2. Havo tolqini nutq organlarining turli nuqtasida tosiqqa uchraydi.
3. Tovush turlicha tembr ottenkani beradigan va turli akustik belgi (masalan, dinai «aks-sado» gunna «nazallik») hosil qiladigan rezonator. YUqoridagi uch jihat bugungacha fonetikaga bagishlangan asarlarda takrorlanib kelmoqda.
Ibn Sino nutq tovushlarini tasniflar ekan, unli va undosh tovushlarni bir-biridan farqlaydi. Unlilar uchun musannita, undoshlar uchun samita atamalarini qollaydi. U arab tilidagi yigirma sakkizta undosh, uchta unli fonemalarni ajratadi.
Bu orinda shuni alohida takidlash kerakki, arab tilshunosligida Ibn Sinoga qadar unlilar alohida fonologik birlik sifatida qaralmasdan, undoshlarning tarkibiy qismi sifatida organilgan. Fonemalarni undosh va unlilarga ajratish Ibn Sinoning jahon tilshunosligi rivojidagi katta xizmati, deb baholanmogi lozim.
Undoshlar paydo bolish orni, usuli, akustik xossasi hamda choziqlik, sifat va miqdor belgilariga kora portlovchi va sirgaluvchilarga bolinadi. Portlovchilar «bi hams tam» toliq tosiqni yorib otish orqali hosil boladi. Sirgaluvchilar «bi hams gair tamm» esa, muallif fikricha, opkadan chiqayotgan havoning toliq bolmagan tosiqdan sirgalib otishi orqali paydo boladi. Arab tilidagi 12 undosh portlovchi sanaladi: q, g, d, d, t, t, b, m, n, l; quyidagi 16 ta sirgaluvchi sanaladi:h, g, h, h, g, s, s, z, t, d, z, t, u, i, r.
Akustik belgisiga kora undoshlarni jarangli (maghura) va jarangsiz (magmusa)larga boladi. Lekin bu belgilarga kora undoshlarga izchil tavsif bermaydi.
Ibn Sino undoshlarni paydo bolish orniga kora sharhlaydi. Arab tilshunosligi undoshlarning tasnifida artikulyasiya orni (mahraj)ga etakchi belgi sifatida qarab, 16ta paydo bolish ornini ajratadi. Lekin Ibn Sino oziga xos yoldan boradi. U har bir undoshning oziga alohida tavsif beradi. Undoshlar tavsifi bogiz undoshlaridan boshlanib, lab undoshlari bilan tugaydi.
Undoshlar choziqlik belgisiga kora, sodda undoshlar (mufrada) va murakkab undosh (murakkaba)ga bolinadi.
Opkadan chiqayotgan havo toliq tosiqni yorib otishidan hosil bolgan undosh sodda undosh hisoblanadi; toliq bolmagan tosiqdan qisilib otishi natijasida paydo bolgan undosh esa murakkab undosh hisoblanadi. SHunday qilib, sirgaluvchi undoshlar murakkab undoshlarga togri keladi. SHuni takidlash joizki, Ibn Sino undoshlarning artikulyasiyasiga toxtalar ekan, nazallashishga ham alohida etibor beradi. Nazallikni ifodalash uchun gunna atamasini qollaydi. M va N undoshlar talaffuz qilinganda bir qism havo burun orqali otishini va bunday undoshlar nazal (gunna) undoshlar ekanligini takidlaydi.
Ibn Sino bogiz va til haqida batafsil malumot beradi. Bogiz (handara) uch togaydan (gudruf) iborat ekanligini korsatadi: 1) qalqonsimon (dd-daragi); 2) nomsiz (adim al-ism, al-ladi la smi ladu); 3) chomichsimon (al-targahali). Asarda bogizning quyidagi harakatlari korsatiladi:
1. Bogizning torayishi. Nomsiz togay qalqonsimon togayga yaqinlashib, unga qisilishi natijasida bogizning torayishi yuz beradi.
2. Bogizning kengayishi. Nomsiz togay qalqonsimon togaydan uzoqlashishi natijasida yuzaga chiqadi.
3. Bogizning yopilishi. CHomichsimon togayning qalqonsimon togay ustiga yopilishi natijasida roy beradi. 4. Bogizning ochilishi. CHomichsimon togayning qalqonsimon togaydan uzilishi natijasida hosil boladi.
YUqoridagi harakatlar bevosita bogiz mushaklari ishtirokida amalga oshadi. Bogiz mushaklari esa ikki guruhga bolinadi: 1) bogizning oz mushaklari; 2 bogizning tashqi mushaklari. Muallifning korsatishicha, bogiz harakatida 22ta mushak ishtirok etadi. Ulardan oltitasi bogizning ochilishi, torttasi yopilishida, oltitasi torayishida, oltitasi kengayishida qatnashadi.
Ibn Sino tilning (lisan) nutq organi sifatida tuzilishiga ham atroflicha malumot beradi. U tilni quyidagi qismlarga boladi:
1. Til asosi, tilning orqa qismi(Asl al-lisan);
2. Tilning tanasi. U bevosita chuqur til orqa bilan tutashadi (Garm al-lisan). Til tanasining ozi quyidagi qismlardan iborat:
1)Til orqa (Al-guz al).
2)Til orta (Wosat al-lisan).
3)Til uchi (Toraf al-lisan).
4)Til usti (Soth al-lisan).
5)Til yoni (Dil al-lisan).
Muallif tilning harakatida sakkiz mushak ishtirok etishini bayon qiladi.
Bu malumotlardan korinib turibdiki, Ibn Sinoning nutq tovushlarida ishtirok etadigan nutq organlari haqida keng malumot berishida uning odam anatomiyasidan katta tajribaga ega bolganligi sabab bolgan.
Xullas, Ibn Sino beqiyos tabib, hassos shoir, ulkan musiqashunos, yirik faylasuf, fiziolog olim bolishi bilan birga, arab, fors, turk, lotin, sugd tillarining bilimdoni, ajoyib tilshunos ham edi. Orta asrlar fanining rivojiga beqiyos hissa qoshgan buyuk faylasuf sifatida fanning turli sohalarida qalam tebratib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan. Qomusiy olim sifatida faqat SHarqdagina emas, balki Garbda ham malum va mashhur boldi. Uning ilmdagi buyuk xizmatlariga mahliyo bolgan Mikelanjelo: «Boshqa olimlarni maqullab haq bolgandan kora, Galen va Ibn Sinolar orqasidan ergashib xato qilgan yaxshiroqdir», -degan edi. Abu Ali ibn Sino. Ovrupoda Avicenna nomi bilan mashhur bolgan va Sharqda uluglab, «Shayhurrais» nomi bilan atalgan vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (980-1037) turli sohalarda, shu jumladan, tilshunoslik bobida ham bir qancha asarlar yaratdi.
Qomusiy alloma Ibn Sino: 1) «Kitobi al milh finnahv» («Otkirlik sintaksisda ekanligi kitobi») 2) «Kitob lisonul arab» («Arab tili kitobi») 3) «Asbobi xudut al xuruf» («Tovushlarning chegaralanish sabablari») kabi tilshunoslikka oid qator asarlar qoldirdi. Shu kungacha «Asbobi hudut al huruf» asarining tortta nashri: Qohira (2), Tiflis nashri va Toshkent nashrlari malum.

Asarning Toshkent nashrini tayyorlashda prof. A.Mahmudov va prof. Q.Mahmudovlarning xizmatlari katta boldi.


Ushbu asar kirish va olti bobdan tashkil topgan. Manbada tovushning hamda nutq tovushlarining paydo bolish sabablari, bogiz va tilning anatomiyasi, ayrim arab tovushlarining paydo bolishidagi oziga xosliklari, ushbu tovushlarga oxshash nutq tovushlari hamda tovushlarning nutqiy bolmagan harakatlarda eshitilishi kabilar haqida fikr yuritiladi Ibn Sino tovushning hosil bolishida havoning tolqinsimon harakati sabab ekanligini togri korsatadi. Aniqrogi, artikulyaciya ornidan havoning siqilib chiqishi natijasida nutq tovushlari yuzaga keladi.
U fizikaviy tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-biridan farqlaydi. Fizikaviy tovushlarni «savt», nutq tovushlarini esa «harf» sozlari-terminlari bilan nomlaydi. Fizikaviy tovushning ham, nutq tovushining ham havoning tolqinsimon harakati sababli hosil bolishi takidlanadi. Demak, bu tovushlarning yuzaga kelishida havoning tolqinsimon harakatlanishi umumiylik hisoblanadi. Ayni vaqtda bu umumiylikning xususiyligi shundaki, savtlardan - fizikaviy tovushlardan farqli holda harflarning – nutq tovushlarining hosil bolishida muayyan nutq azolari ishtirok qiladi. Demak, nutq tovushlari nutq azolari orqali, bevosita ularning ishtirokida yuzaga keladi.
Ibn Sino harflarni – nutq tovushlarini unli va undosh tovushlarga ajratadi. Unlilar miqdorini uchta, undoshlar miqdorini esa yigirma sakkizta deb belgilaydi. Undoshlar haqida mukammal malumot beradi. Umuman, Ibn Sinoning fonetika sohasida yaratgan ishlarini, bayon qilgan fikrlarini, ayniqsa, uning tovushlarni unli va undosh tovushlarga ajratilishini jahon tilshunosligi taraqqiyotiga qoshgan salmoqli hissasi sifatida baholash lozim.
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshgariy. Mahmud Koshgariy Orta Osiyoning XI asrida yashab ijod etgan buyuk allomasidir. U turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi va leksikologiyasiga asos soldi, fonetikasi boyicha qimmatli malumotlar qoldirdi.
Mahmud Koshgariy turkiy tilshunoslikning enciklo-pediyasi hisoblangan mashhur «Devonu lugatit turk» («Turkiy sozlar devoni») asarini yaratdi. Shuningdek, shu kungacha topilmagan «Javohirun nahv fi lugatit turk» («Turkiy tillar sintaksisining javohirlari») nomli asarini ham yozgan. Arab tilidan K.Brokkelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, 1928 yilda Leypcigda, Bosim Atalay tomonidan turk tiliga tarjima qilinib, 1939 yilda Anqarada nashr qilingan «Devonu lugatit turk» asari prof. S. Mutallibov tomonidan ozbek tiliga ogirilib, 1960-1963 yillarda Toshkentda nashrdan chiqdi.
Mahmud Koshgariyning «Devoni» akad. A.N.Kononov, prof. H.Nematov, prof. F. Abdullaev, prof S.Usmonov, prof. A.Kondrashov, prof.A.Nurmonov va boshqalarning taxminicha 1072- 1078; 1078- 1083; 1071- 1073; 1073- 1074; 1076- 1077 yillarda yozilgan. Xulosa bitta, asar X1 asrning ikkinchi yarmida tilshunoslik maydoniga kirib kelgan.
Tilni kishilar ortasidagi aloqa vositasi sifatida, jamiyat hayotini aks ettiruvchi kozgu sifatida tushungan Mahmud Koshgariy ozining mashhur «Devon»ida aynan bir davrga oid bolgan turlicha turkiy tillar hodisalarini, faktlarini sinxron - qiyosiy metod asosida solishtiradi, taqqoslaydi. Chunki osha davrda aynan mana shu metod arab tilshunosligida juda keng tarqalgan bolib, bu arab tilining kop shevali til ekanligi xususiyatidan kelib chiqadi.
«Devonu lugatit turk» asarida turkiy tilshunoslik tarixida birinchi marotaba turkiy til va dialektlarning tasnifi ham beriladi.
Xullas, Mahmud Koshgariy ozining «Devon»i bilan sinxron - qiyosiy tilshunoslikka asos soldi, ayni tilshunoslikning buyuk vakili sifatida tanildi. Mahmud Koshgariy sinxron - qiyosiy metod bilan qurollangan holda turkiy qabilalarni kezib, asosiy diqqat-etiborini ularning tillaridagi umumiy va farqli xususiyatlarga qaratadi. Shuningdek, u turkiy qabilalarning joylashish orni haqida ham qimmatli, asosli jogrofiy malumotlar beradiki, bu «Devon»dagi faktlarning, fikrlarning, qarashlarning obektivligini taminlaydi. Aytilganlar «Devon»ning juda katta mehnat evaziga yaratilganligidan xabar beradi.
Tilshunoslikning barcha sathlari boyicha qiyosiy tadqiqot ishlarini olib borgan Mahmud Koshgariyning «Devon»i muqaddima va lugat qismlaridan tashkil topadi.
«Devon»ning kirish qismida asarning tuzilishi haqida, shuningdek, Shimoliy Xitoydan tortib, butun Movarounnahr, Xorazm, Fargona, Buxorogacha tarqalgan katta hududdagi uruglar, qabilalar va ularning tillari haqida, bu tillarning fonetik va grammatik xususiyatlari haqida malumotlar beriladi.
«Devon»ning asosiy lugat qismida esa 9 mingga yaqin turkiy soz arab tiliga tarjima qilinib, izohlanadi, ularning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari haqida muhim fikrlar bayon qilinadi. Mahmud Koshgariy turkiy tillar – sozlar fonetikasi – tovushlar haqida fikr yuritar ekan, tovushlarni harflardan qatiy farqlaydi, tovushlarning fiziologik va akustik xusu-siyatlari haqida fikr yuritadi. U arab yozuvi sistemasidagi harflarning turkiy tillardagi mavjud tovushlarni ifodalash uchun etarli emasligini aytib, arab yozuviga yangi belgilar kiri-tadi. Aniqrogi, arab yozuvidagi 18 harfni – shu harflardan et-titasi ustiga maxsus qoshimcha belgi qoyish orqali 25 taga et-kazadi. Natijada 25 ta tovush ozining yozma - harf shakliga, ifodasiga ega boladi.
Alloma undosh tovushlar haqida gapirib, undoshlarning sodda va murakkab bolishi, jarangli va jarangsizligi, qattiq va yumshoqligi, undoshlarning ketma – ket kelishi: katta, oppoq (geminaciya) – kabi masalalarga toxtaladi. Shuningdek, u singar-monizm, tovush tushishi, almashinishi, assimilyaciya, metateza, redukciya kabi bevosita tovushlar bilan bogliq fonetik jara yonlar haqida ham fikr yuritadi.
Mahmud Koshgariy til va nutqning asosiy birligi bolgan soz masalasiga leksikolog, semisiolog, leksikograf sifatida toxtalar ekan, bunda u asosiy diqqat-etiborni tilshunoslikning eng muhim va eng murakkab masalalaridan biri bolgan soz manosiga, sozning kop manoliligiga, soz manosining kochishiga, soz manosining izohi kabi ota jiddiy masalalarga qaratadi. Yani olim «Devon»da sozning muayyan mano anglatishdek eng muhim xususiyatidan kelib chiqib, soz manosi bilan bevosita bogliq bolgan omonimiya, sinonimiya va antonimiya hodisalari haqida, soz manosining kochishi bilan bogliq bolgan metafora, metonimiya, sinekdoxa, funkciyadoshlik kabi manoning kochish usullari haqida, soz manosining kengayishi va torayishi haqida fikr yuritadi, turkiy tillardan qator misollar keltiradi, fikrini isbotlaydi. Masalan, «Devon»da ot sozi omonim sifatida qayd etiladi va quyidagi omonimik manolarda qollanilishi aytiladi. Qiyoslang: ot-dori (u dori tomdirdi); ot-osimlik (qoy otni eb tugatdi). Erik-eriydigan, eruvchan (masalan, yog va boshqa eriydigan narsa); erik-chaqqon, yorga (masalan, chaqqon, gayratli odam, yorga ot).
Mahmud Koshgariy antonim sozlarga ham toxtalib, chivgin (toq tutuvchi, semirtiruvchi, kuchli, masalan, ovqat) sozining mano zidi – antonimi sifatida kevgin (toq tutmaydigan, kuchsiz, masalan, ovqat, osh) sozini keltiradi. Yani sozlarning biri «kuchli» (kop quvvatli) manosini bersa, ikkinchisi «kuchsiz» (kam quvvatli) manosini anglatadi.
Muallif «Devon»da sinonimik munosabatdagi sozlar sifatida quyidagilarni qayd etadi: ishlar, uragut, oxshagu (xotin kishi manosida); opdi, ichdi (ichmoq manosida); ilishdi, asishdi (osmoq manosida).
Mahmud Koshgariy metafora-oxshashlik asosida mano kochishiga tugmoq felini keltiradi. Yani ushbu soz faqat insonga nisbatan emas, balki qollanish vaqti jihatdan ancha keyin, tashqi oxshashlik asosida, hayvonga nisbatan ham ishlatilishi haqida malumot beradi. U mano kochishining metonimiya usuliga toxtalib, bulut, osmon va ogil sozlarini keltiradi. Yani bulut, osmon sozlari yomgir manosida qollansa, ogil sozi gong, qiy manosida ishlatilishini aytadi.

Alloma manoning kengayishiga tugmoq sozini keltirib, bu soz faqat odamlarga nisbatan emas, balki keyinchalik hayvonga nisbatan ham qollanganligini aytadi. Bundan sozning qollanish qamrovi, muayyan predmet bilan boglanishi, uni anglatish faolligi kengayganligi malum boladi.


Soz manosining torayishi sifatida esa sobon sozini keltirib, ayni sozning qoshga nisbatan ham, omochga nisbatan ham - har ikkala boshqa-boshqa predmetlarga nisbatan ishlatilgani, song esa faqat omochni anglatish uchun qollanishini tushuntiradi.
«Devon»dagi morfologiyaga oid tadqiqotlarga kelganda, asarda sozlar, osha davr arab tilshunosligi an’analariga kora, uch turkumga ajratiladi. Yani bular ot, fel va yordamchi sozlar. Soz turkumlaridan, ayniqsa, fel bilan bogliq qator masalalar atroflicha organiladi. Bunda u fel yasalishi, fel nisbatlari, fel mayllari, fel zamonlari masalasiga alohida etibor beradi, qimmatli malumotlar keltiradi. Zamahshariyning «Muqaddimat-ul-adab» («Nafis sozlarga mukqadima») asarida arab tili leksikasi va grammatikasiga oid fikrlari oz ifodasini topgan. Lekin bu asar arab tili tarixini organishdagina emas, balki turkiy, forsiy, mogul xalqlari tillari tarixini organishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. «Muqaddimat-ul-adab» asari besh qismdan iborat bolib, birinchisida ism turkumiga kiruvchi sozlar, ikkinchisida fellar, uchinchisida komakchilar, tortinchisida ismlarning turlanishi, beshinchisida fel tuslanishi berilgan. Arabcha sozlarning ostida forscha, bazilarida turkiy, hatto mogulcha tarjimalari ham berilgan. Bu asar xorazmiy tiliga ham tarjima qilingan.
Tillarning qardoshligidan qatiy nazar ulardagi oxshash va farqli alomatlarni aniqlash, qiyoslash usulidan ozbek tilshunosligi tarixida Mahmud Qoshgariy va undan song Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur ustalik bilan foydalanganlar. Qiyosiy usul nomi bilan ular ikki yoki undan ortiq tillarning fonetik, grammatik, leksik va uslubiy xususiyatlarini chogishtirib organganlar.
M. Koshgariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bolib qoldi.
M. Koshgariyning turkiy tillar leksikasi, fonetikasi va morfologiyasini bir-biriga qiyoslab, ular orasidagi oxshash va farqli tomonlarini korsatdi. Bu faktlarni izohlashga tarixiy aspektda yondashdi. Til faktlari asosida qabilalarning bir-biriga bolgan munosabatlarini korsatdi va osha davrdagi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlar asosida qabilalarning bir-birlari bilan birika boshlashi natijasida yuzaga kelgan xalq tilining ilk davri materiallaridan namunalar keltirdi. U ozbeklar, qozoqlar, qirgizlar, turkmanlar, uygurlar, tatarlar va boshqa xalqlarning, qadimgi qabilalarning sodda tillaridagi sozlari qaysi xalq va qabila tiliga oid ekanligini izohladi. SHu nuqtai-nazardan lugatdagi sozlarni bir necha guruhga ajratish mumkin:
Hamma turkiy tillarda qollaniladigan sozlar: ish, esh, yol, bosh, boy kabilar. Bu sozlar fonetik variantlari bilan farqlansa-da, bir xil shakl va manoda ishlatiladi.
Bir xil shakl va manoda bir necha turkiy tillarda qollaniladigan turkiy sozlar: bol (suvor va qipchoq tilida), keraklamoq-ogirlamoq (yagmo tilida), gejak-kokil (argu tilida) kabilar.
M. Koshgariy «Devonu lugotit turk» asarida turkiy tillarning birinchi tasnifini bergan va bunda ikki tamoyilga asoslanib ish koradi: 1) qabilaviy tillarning sofligiga (togriligiga) kora; 2) qabilaviy tillardagi fonetik va morfologik farqlarga kora.
M. Koshgariy qabilaviy tillarning sofligi tushunchasi ostida turkiy bolmagan tillar tasiri darajasini tushunadi. SHunga kora turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi: a) sof togri til; b) aralashgan turkiy qabila tillari. Sof, togri tilga fors va boshqa olkalar bilan aloqa qilmaydigan yagmo, toxsi va Itil (Volga), YAmar (Irtish) daryolari boyidan boshlab uygur shaharlarigacha bolgan hududlarda yashovchi qabilalar va «hoqoniy» turkchasi tilini kiritadi. Bundan tashqari qirgiz, qipchoq, oguz, chigil, igroq, jaruq, bulgor, suvor, pecheneg qabilalarining tilida turkiy bolmagan tillarning tasiri sezilmaydi.
Aralashgan turkiy qabila tillarini M. Koshgariy oz navbatida ikki guruhga boladi: 1.Sugd tili tasirida bolgan, sugd va turkiy tillarda gapirisha oladigan sugdak, qanjak, argu qabilalarining tili. 2. Ikki tilli bolgan, turklashgan xitoy-tibet xalqlari: xutanliklar, tibetliklar (tubut) va tangutlar tili.
M. Koshgariy turkiy tillarning boshqa tillar tasiri darajasiga kora tasnifi tamoyillari hozir ham shevalar tasnifida qollaniladi.
M. Koshgariy turkiy tillarni fonetik va morfologik farqlariga kora tasnif qilishda tillarning geografik tarqalishi tamoyilini kozda tutadi. U fonetik va morfologik tamoyilga asosan turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi:
1. CHigil, yagmo, toxsi, qarluq, uygurlardan boshlab yuqori CHingacha (Mochingacha) bolgan qabilalar tili.
2. Oguz, argu, qipchoq, totor, yamak, suvorin va rusdan Vizantiyagacha (Rumgacha) joylashgan qabilalar tili.
SHartli ravishda birinchi guruhni sharqiy tillar, ikkinchi guruhni esa garbiy tillar deb ataymiz. SHarqiy va garbiy turk qabila tillari orasida fonetik hamda morfologik farqlar mavjud.
Fonetik jihatdan sharqiy turklar tilida soz boshida jarangsiz t kelsa, garbiy turklar tilida d tovushi keladi: tevey-devey, tag-dag.
SHarqiy turklar tilida y tovushi kelsa, garbiy turklar tilida j tovushi bilan y tovushi parallel qollaniladi: yinju-jinju, yelkin-elkin kabi. SHarqiy turklar tilida sonor m tovushi kelsa, garbiy turklar tilida portlovchi b tovushi keladi: men-ben, mun-bun.
SHarqiy turklar tilida soz ortasida tish orta (interdental) jarangli z tovushi kelsa, garbiy turklar tilida dz (z), z (j), y tovushlari keladi: qazin-qayin qozdi-qoydi, qazgu-qaygu, azaq-ayaq, qazin-qadin-qayin.
SHarqiy turklar tilida lab-tish v tovushi kelsa, garbiy turklar tilida lab-lab v (w) tovushi keladi: tovar-towar kabi.
Mahmud Koshgariy malumotiga kora, sharqiy guruh tillari uchun tor unlilar (bardim, cin, sen, teviy), garbiy guruh tillari uchun esa keng unlilar xarakterlidir (bardim, san, tavay). M.Koshgariyning korsatishicha, ayrim sharqiy turklar tilida soz oxirida y tovushi kelsa, garbiy turklar tarkibiga kiruvchi argular tilida n keladi: qoy-qon, chigay-chigan (2:I, 67).
Morfologik jihatdan sharqiy va garbiy turklar tilida quyidagi farqlarni korsatadi:
1.Zamon, makon va qurol nomi sharqiy guruh tillarida -gu (-gu, -ku, -qu) qoshimchaci bilan yasalsa, garbiy guruh tillarida -(y) asi, -(y)esi affiksi bilan yasaladi: bargu-barasi, kelgu-kelasi kabi.
2. SHaxs oti sharqiy turklar tillarida -guchi, -kuchi, -guchi, quchi qoshimchasi bilan, garbiy guruhda -dachi, -tachi, -dechi, techi qoshimchalari bilan yasaladi: barguchi-bardachi, turguchi-turdachi kabi.
3. SHarqiy tillardagi -gan, -gan, -kan, -qan, -gen, -ken sifatdosh shakliga garbiy guruhda -(y) an, -(y) en shakli muvofiq keladi: bargan-baran kabi.
4. SHarqiy guruh tillarida otgan zamon -di va shaxs-son korsatkichlari bilan yasalsa, garbiy guruhda sifatdoshning -duk, -duq shakli bilan yasalishini koramiz: men yay qurdum - ben yay qurduq.
Umuman, M.Koshgariy XI asrdagi turkiy qabila tillarining tasnifi uchun 6 fonetik va 4 morfologik xususiyatni asos qilib olgan va qollagan. Bularning barchasi M.Koshgariyning turkiy tillarning asosiy xususiyatlarini, ular orasida oxshashlik va farqlarini yaxshi tushuna olganligidan, uning chuqur va har tomonlama bilimga ega ekanligidan dalolat beradi.
Xullas, Mahmud Koshgariy oz davrining ulkan tilshunosi sifatida jahon tilshunosligi tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk allomadir.
Abul Qosim Mahmud ibn Umar az – Zamaxshariy. Musulmon sharqida «Ustod ul-arab va-l ajam» (Arablar va gayri arablar ustozi), «Faxru Xvarazm» (Xorazm faxri) kabi sharafli nomlar bilan mashhur bolgan Orta Osiyolik allomalardan yana biri Mahmud az - Zamaxshariydir (1075-1143). Mahmud az - Zamaxshariy Xorazmning Zamaxshar qishlogida dunyoga keldi. Uning yoshlik yillari ilmu fan va madaniyat taraqqiy qilgan davrga togri keldi. Zamaxshariylar oilasi dindor, hurmatga sazovor ziyoli oilalardan edi. Shunga kora u dastlabki bilimini Zamaxsharda-oz ota-onasidan oladi, xat-savodli boladi. Mahmud oz bilimini oshirish, ilm-fan bobida mukammal bolish maqsadida Xorazmga (Urganchga, songra esa Buxoroga) yol oladi. Ushbu shaharlardagi madrasalarda ozining manaviy-marifiy saviyasini oshiradi. Bilimni yanada chuqurlashtirish maqsadida Isfaxon, Bogdod, Makka, Marv, Nishopur, Shom, Hijoz va Iroq kabi ilm-fan, madaniyat taraqqiy qilgan shaharlarda boladi, etuk allomalardan, olimu fozillardan ilm-fan sirlarini organadi, tinimsiz mehnat qiladi, doimiy izlanishda boladi. Shunga kora Mahmud az - Zamaxshariy oz zamonasining buyuk allomasiga, ilm-fan homiysiga, dong`i ketgan mashhur kishisiga aylandi Buyuk alloma avlodlar uchun ulkan boy ilmiy meros qoldirdi. U tilshunoslik, lugatshunoslik, jogrofiya, adabiyot, aruz, tafsir, hadis, fikh va qiroat ilmiga oid 50 dan ortiq asar yaratdi, koplab sherlar yozdi.
Mashhur tarixchi Ibn al-Qiftiy Mahmud Zamaxshariy haqida shunday deydi: «Xudo rahmat qilgur az - Zamaxshariy ilmu adab, nahv va lugat bobida ozgalarga misol (namuna) boladigan alloma edi», desa, Misr tarixchisi ibn Tagriberdi esa Mahmud Zamaxshariy «shayx, buyuk alloma, oz davrining yagonasi, oz asrining eng peshvosi va imomi bolgan», deydi.
Buyuk imom Zamaxshariy tilshunoslik bobida ham qator asarlar yaratdiki, bu asarlar dunyo tilshunosligi fanida alohida qadrlanadi.

Arab tili grammatikasiga oid asarlar ichida Zamaxshariyning bir yarim yil davomida Makkada yaratgan «Al - mufassal» (1121) kitobi alohida orin tutadi. Ayni asar arab tilining morfologiyasi va sintaksisiga oid tadqiqot bolib, u musulmon olamida mashhur bolgan va yuksak baholangan.


Zamaxshariyning «Al-Mufassal» asarida grammatikaga oid masalalar soz turkumlari-ot, fel va yuklamalar orqali organilgan. Asarning har bir bolimida morfologiya va sintaksis masalalari korib chiqilgan. Asar fonetika bolimi bilan yakunlanadi.
Ushbu asarning bir qolyozmasi Toshkentda, OzFAning Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» («Adabiyot muqaddimasi» 1137) yirik asari ham bolib, alloma bu asarda oz davridagi arab tilining istemolda bolgan qator soz va iboralarini jamlashga harakat qilgan, ularning etimologiyasi haqida qimmatli malumotlar bergan. Zamaxshariyning «Muqaddimat ul - adab» asari besh bolimdan iborat bolib, unda sozlar ism (ot), fel, boglovchi, ot ozgarishlari (otlarning turlanishi) va fel ozgarishlariga (fe`llarning tuslanishiga) bolinadi va har bir bolim haqida alohida fikr yuritiladi. Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asari fors, chigatoy (ozbek), mogul, turk keyinchalik esa Fransuz, nemis va boshqa tillarga tarjima qilingan. Ushbu asarning qolyozmalari OzFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.
Alloma «Alfoiq fi garib il-hadis» («Hadisdagi notanish sozlarni ozlashtirish») lugatini ham yaratadi. U asarda soz masalasiga, aniqrogi, manosini tushunish, anglash murakkab, qiyin bolgan sozlarga toxtaladi. Ayni soz manolarini sharhlaydi, tushuntiradi, ularning ozlashishi uchun yol ochadi.
Zamaxshariyning «Asos ul-baloga» («Chechanlik asoslari») asari ham bolib, ushbu manba, asosan, lugatshunoslikka oiddir. Kitobda arab tilining mukammaligi haqida, soz, sozlarning mano xususiyatlari, sozlarning kochma manoda qollanishi, kochma manolarning paydo bolish sabablari, shuningdek, nutqning asosiy birligi sifatida faqat soz emas, balki frazeologik birliklar ham olinib, ulardan nutq faoliyatida foydalanish usullari haqida atroflicha malumotlar beriladi.
Alisher Navoiy. Orta Osiyoning XV asrning ikkinchi yarmidagi buyuk mutafakkiri, allomasi, sheriyat sultoni, ozbek adabiy tilining homiysi va targ`ibotchisi Alisher Navoiy (1441-1501) hazratlari tilshunoslik tarixida ham yorqin iz qoldirgan ulkan siymolardan biridir. Alisher Navoiyning lisoniy qarashlari, asosan «Muhokamat ul-lugatayn» (1499) asarida oz ifodasini topgan.
Ikki til-ozbek va fors tillarining qiyosiy (solishtirma) tahliliga bagishlangan ushbu asarda Alisher Navoiy turli til oilalariga mansub bolgan tillarning umumiy va farqli tomonlari, belgi-xususiyatlariga toxtaladi, ularni tahlil qiladi, muhim malumotlar beradi. Aniqrogi, tillarni muhokama qilish orqali ozbek tilining oziga xos jihatlariga, adabiy-badiiy ijodda - asarlar yaratishda ozbek tilining ham ustuvor, ulugvor til ekanligini, shunga kora fors tili bilan bemalol raqobat qila olishini, hatto ayrim orinlarda, tasviriylik imkoniyatlari nuqtai nazaridan esa undan ilgari keta olishini bayon qiladi, asoslaydi.
U mazkur asarida tillarning kelib chiqishi, til va tafakkur orasidagi munosabat, soz manosi, sozlarning shakl va mano munosabatlariga kora turlari, soz yasalishi, morfologik kategoriyalar, fonetikaga oid-tovush bilan bogliq qator hodisalar haqida chuqur fikr yuritadi, bunday hodisalarni atroflicha tahlil qiladi.
Navoiy asarda fonetik sistema haqida fikr yuritar ekan, ayni sistemaning qurilish azolari bolgan tovushlar haqida, tovushlarning artikulyacion xususiyatlari haqida malumotlar beradi, ozbek tili tovushlarining qollanilishidagi oziga xosliklarini alohida qayd etadi.

Ushbu fonetik oziga xosliklar haqida prof. S.Usmonov va prof. A.Nurmonovlar oz tadqiqotlarida bir qator malumot-larni keltiradilar. Masalan, tovush va harf munosabati haqida fikr yuritilar ekan, ular bir-biriga hamma vaqt ham mos kelmasligi, bir harf bilan bir necha tovushni anglatish mumkinligi aytiladi. Anigi, Navoiy eski ozbek adabiy tilining unlilar sistemasiga toxtalib, o-ö, u-ÿ oppoziciyasi asosida misollar keltiradi qiyoslang: ot (olov), öt (harakat); tor (tuzoq), tor (uyning tori); ot (yutmoq), ot (kallani o`tga tutib, tukini kuydirish). Shuningdek, birgina ey (s) harfi bilan uchta tovush: i, choziq i va e tovushlari ifodalanishi qayd etiladi.



Mirzo Mehdixon. Alisher Navoiyning dunyoviy ahamiyatga ega bolgan ulkan ilmiy va adabiy merosini organish-lisoniy yonalishda u yaratgan asarlarni tahlil qilish-sozlarga, soz manolariga etibor berish, ularni izohlash, manaviy qamrovini, matn-dagi quvvatini ochib berish, ozga tillarga tarjima qilish kabilar, XV asrdan boshlab, filologik tadqiqotlarning –lek-sikografik ishlarning asosiy maqsadi, vazifasi bolib qoldi. Shunga kora, ayniqsa, ushbu davrdan boshlab, koplab lugatlar yaratila boshlandiki, bu lugatlar ichida eron shohi Nodir shohning kotibi astrobodlik Nizomiddin Muhammad Hodi al Husayni as Safaviyning – Mirzo Mehdixonning (XVIII) «Sangloh» (1760) lugati alohida ahamiyatga egadir.
Ushbu asarning oziga xos tomoni shundaki, ayni lugatga «Maboni ul - lugat, yani sarfi va nahvi lugati chigatoy» nomli eski ozbek tilining grammatikasiga oid tadqiqot ham kiritilgan.
Malum boldiki, Mirzo Mehdixonning «Sangloh» asarida ham leksikologiyaga, leksikografiyaga, grammatika-morfologiya va sintaksisga oid masalalar yuzasidan fikr yuritiladi. Asarning lugat qismi, asosan, sheriyatdagi hamda Lutfiy, Bobur asarlaridagi tushunilishi qiyin bolgan sozlar izohiga, ularning fors tiliga tarjima qilinishiga qaratilgandir. Asarga qoshimcha kiritilgan «Maboni ul - lugat» ikki qismdan: muqaddima va tarsif (grammatika) dan iborat.
«Muqaddima»da asarning yozilish sabablari beriladi. Ishning tarsif-grammatikasi esa olti bolimni o`z ichiga oladi. Ushbu bolimlarda fel - felning turli nisbat shakllarining kelishi, fel zamonlari, felning funksional shakllari (sifatdosh, ravishdosh), fel mayllari, fellarning yasalishi, affikslar olishi, olmoshlar, ularning turlari, qoshimchalar, komakchi fellar, sozlar imlosi va boshqalar haqida fikr yuritiladi. Mirzo Mehdixon ozbek tilining morfologiyasiga toxtalar ekan, u beshta kelishik shaklini qayd etadi. Bular: 1. £aratqich kelishigi (-ning). 2. Tushum kelishigi (-ni, -n). 3. Jonalish kelishigi (-ka, -ga, -ga). 4. Chiqish kelishigi (-dan).5. Orin-payt kelishigi (-da).
Mehdixon, shuningdek, egalik qoshimchalari, sonlar-ularning turlari: tartib (-nchi, - inchi), jamlovchi (-ov, -ovla, -lon) –birov, ikkov, uchovla, uchchovlon, taqsim sonlar (-ar, -in) - yuzar, birin haqida, olmoshlar-kishilik (man, san, biz, siz), korsatish: (bu, ul, shul, oshal, mun, anlar, alar), qomakchilar (uchun, ila, ilan, bilan, birla, birlan) hamda fonetik hodisalar (eliziya-boyun-boyni, ogiz-ogzi) haqida malumot beradi. Mirzo Mehdixon, yuqorida aytilganlarga kora, asarini ozbek tilining birinchi ilmiy grammatikasi deb ataydi.
Yüklə 27,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin