Abulqosimov h. P., Muminov n. G


jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar 
– jinoyat sodir etish 
natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk, shuningdek 
bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda 
yoki naf, xuddi shuningdek to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka 
aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan 
olingan mol-mulkka qo‘shilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk; 


jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish 
– pul 
mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan 
bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li 
bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi 
shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning 
asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish 
usulini, pul mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy 
egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan 
yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy 
xavfli qilmish; 
pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay 
to‘xtatib qo‘yish 
– pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni 
o‘tkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud ko‘chirishni 
taqiqlash; 
operatsiyalarni to‘xtatib turish 
– mijozning pul mablag‘larini 
yoki boshqa mol-mulkni ko‘chirish, konversiyalash, o‘zga shaxslarga 
egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik 
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi 
topshiriqnomalari ijrosini to‘xtatib turish; 
terrorizmni moliyalashtirish 
terrorchilik tashkilotining 
mavjud bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, 
terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni 
yoki O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni 
ta’minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, 
terrorchilik 
tashkilotlariga 
yoxud 
terrorchilik 
faoliyatiga 
ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan 
shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalarni, 
resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga 
qaratilgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin