o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashirin
iqtisodiy faoliyatning kengayib borishi ushbu mamlakatlarning
zamonaviy industrial mamlakatlarga va jahon bozoriga qo‘shilib
borishi bilan bog‘liqdir. 1970-yillardan boshlab “sotsialistik”
mamlakatlar iqtisodiyoti jinoiylashuvi industrial jamiyatni ma’muriy
boshqaruv modelining bozor boshqaruvi modeli oldidagi yengilishi
natijasida yuzaga keldi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda 1990-
yillardagi radikal iqtisodiy islohotlar davomida “buyuk jinoiy
inqilob” bo‘lib o‘tdi, va yashirin iqtisodiy faoliyatning barcha turlari
keskin rivoj topa boshladi.
Xufyona iqtisodiyotning o‘sishi industrializatsiyadan keyingi
jamiyatga qadam qo‘yayotgan rivojlangan mamlakatlar uchun ham
xos bo‘lib, ularda shaxs erkinligi sifat jihatdan o‘sishi alohida
ahamiyatga molik. Norasmiy bandlikning o‘sishi, “qo‘llarni
bog‘laydigan” davlat cheklovlarini aylanib o‘tishga intilish,
iste’molchilarning “taqiqlangan ne’matlar”ga intilishi yuqori
darajada rivojlangan jamiyatlarni tizimli modernizatsiyalashning
qo‘shimcha samarasidir.
Shunday qilib, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimning
rivojlanishi (ibtidoiy jamoa tuzumidan tashqari) albatta yashirin
iqtisodiy munosabatlarni rivojini ham taqazo etadi. Shunday ekan, bu
munosabatlar tasodifiy emas, balki formatsion taraqqiyot natijasida
qonuniy yuzaga kelgandir.
Dostları ilə paylaş: