miqdorda xarid qilib, so‘ng o‘zlarini bankrot deb e’lon qiladilar.
Subsidiyalar borasidagi tovlamachilik.
Bu
boradagi jinoyatlar
serfoyda bo‘lib, u keng tarqalgandir. Bu jinoyatlar davlatning rasmiy
subsidiyalarini bu mablag‘larni olishga huquqi yo‘q shaxslarga
(yuridik va jismoniy) rasmiylashtirish asosida amalga oshiriladi.
Davlat subsidiyalari, odatda, qishloq xo‘jalik korxonalarini
rivojlantirishga,
qurilishga
hamda
eksport-
import
savdo
operatsiyalarini amalga oshirishga ajratiladi. Aksariyat hollarda,
xususan, Germaniyada tashqi iqtisodiy savdo-sotiqni rivojlantirishga
ajratilgan subsidiyalar borasidagi tovlamachilik ko‘p uchraydi.
Masalan, mahsulotini dunyo bozorida
past narxda sotadigan
raqobatdosh bo‘lmagan firmalarga, agar xukumat shu firmalar orkali
mahsulotini sotishga manfaatdor bo‘lsa, subsidiyalar ajratadi.
Hukumat Afrika va Osiyo mamlakatlariga tovar sotadigan firmalarga
ko‘proq subsidiyalar ajratadi. Bunday holatdan foydalanish
maqsadida
firmalar
mamlakatlar
bilan
o‘z vakillarining
vositachiligida soxta shartnoma tuzadilar va shu asosda katta pul
mablag‘lariga ega bo‘ladilar, tovarlarni ko‘p miqdorda subsidiya
olish huquqini bermaydigan o‘zga mamlakatlarga olib borib sotadilar.
Tovlamachilikning yana bir turi tovarlarni
import qilayotganda
yuzaga keladi. Bu holatda jinoyatchilar rivojlangan mamlakatlardan
tovarni sotib olish uchun subsidiyalarni olib, aslida tovarlarni
rivojlanayotgan mamlakatlarda xarid qilib, ularni Yevropa savdo
mahsulotlari deb o‘tkazadilar. Bu tovlamachiliklar tovar hujjatlarini
soxtalashtirish, lavozimdagi shaxslarga
pora berish va shu kabilar
orqali sodir etiladi. Bu ko‘rinishdagi tovlamachiliklar real mavjud
firmalar tomonidan amalga oshiriladi. Lekin amaliyotda soxta
firmalarning ham subsidiya olishlari tez-tez uchrab turadigan holga
aylanib qoldi. Bunday hollarda ikkiyoqlama tovlamachilik yuzaga
keladi – amalda yo‘q firma subsidiya oladi. Ikkinchi tomondan, soxta
firmani tashkil qilgan jinoyatchilar tashqi savdoga to‘lanadigan katta
miqdordagi soliqlarni to‘lashdan qutulib qoladilar.
Balans
vedomostlari
bo‘yicha
tovlamachilik.
Balans
vedomostlarini
qalbakilashtirish
ulardagi
kamomadni,
tovlamachilikni,
kreditlar
bo‘yicha
nayranglarni
hamda
kompaniyaning salbiy moliyaviy holatini
yashirish maqsadida
amalga oshiriladi. Balans vedomostlarida kompaniyaning to‘lov
qobiliyati ko‘rsatkichlari soxtalashtiriladi. Bu xatti-harakatlarga yana
aksionerlarni jalb qilish ham nazarda tutiladi. Kapital mablag‘lar
bo‘yicha
tovlamachilik
ham
balans
vedomostlarini
soxtalashtirishning oqibati sifatida keng tarkalgan. Balans borasidagi
tovlamachilik jinoyatlarining eng markazida yashirilgan (xufyona)
zahiralari deb nomlangan kapital yotadi-ki, u balans vedomestini
ko‘zdan kechirayotgan begona shaxslarga ko‘rinmaydigan real
kapitaldir.
Shunday qilib, kompaniyaning real kapitali vedomostlarda
ko‘rsatilmaydi, yana bir qism mablag‘lar aksionerlardan ham
yashiriladi.
Bunday
yashirilgan
zaxiralarning
mavjudligini
asoslashda kompaniya raxbarlari bunday
zaxiralar ogar moliyaviy
holat yuzaga kelgan ziyonlarni koplash, ularni foyda top i shga burish
mumkinligini e’tirof etadilar.
Dostları ilə paylaş: