mumkin. Ushbu umumiy kuzatishlar to‘g‘risida rus eko-iqtisodchisi
V. Nayshul “Brejnev” davrida tovarlar kam yoki kam bo‘lgan
"byurokratik bozor" to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
«Brejnevizm» nafaqat byurokratik bozor, shu bilan birga “Klan
sotsializmi” deb ham nomlangan bo‘lib, u shaxsiy sadoqatga,
yaqinlikka, bog‘liqlikka asoslangan. Sovet xufyona iqtisodiyoti
ma’muriy-qo‘mondonlik tizimi tamoyili asosida amal qilgan. Bu
yondoshuv tarafdorlari sovet tizimidan keyingi Rossiyada “klanli
sotsializm” “klanli kapitalizm” ga transformatsiyalashdi deb
hisoblaydilar.
Buning oqibatida biznesni tashkil etish jarayonida
tijoriy iqtisodiy huquqbuzarlik keng tarqaldi (masalan, soliqlarni
yig‘ib olmaslik ba’zi baholashlarga ko‘ra 40%ga yetgan). Davlat
huquqlarining buzilishi – daromadlarni soliqdan yashirish, ekologik
qonunchilikni buzish kabilar.
Dostları ilə paylaş: