Asosiy Qism : Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari iqtisodiyotiga qiyosiy tafsif



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə1/9
tarix25.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#80583
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maftuna



Mundarija


Kirish :
Reja :


Asosiy Qism : Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari iqtisodiyotiga qiyosiy tafsif .
1 BOB. Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalarining iqtisodiy geografik o’rni .
1.1. Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalarining tabiiy sharoiti .
1.2. Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalarining aholisi , tabiiy resurslari .
2 BOB. Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha .
2.1. Qirg’iziston Respublikalari iqtisodiyoti .
2.2. Tojikiston Respublikalari iqtisodiyoti .
3 BOB. XULOSA
4 BOB. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .

KIRISH


Markaziy Osiyo mintaqasi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan tashkil topgan bo‘lib, umumiy maydoni 4 mln km2 dan ziyod va aholisi 70 mln kishi. U dunyo hududining 3 % dan ko‘prog‘ini va aholisining 1 % ga yaqinini tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiiy sharoiti o‘ta xilma-xil, hududi resurslarga boy.
Tabiiy sharoit deb insonning yashash va mehnat qilish sharoitini kelib chiqishiga daxldor bo‘lgan tabiat unsurlari va quvvatlariga aytiladi. Bular joylarning relyefi, iqlimi, tuproq-suv kabi sharoitlaridir.
Mintaqa relyefi xususiyatlarida tekisliklar Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlarida ahamiyatli bo‘lib, mintaqa hududining ¾ qismini tashkil qiladi. Tog‘lar va yassi tog‘liklar mintaqa hududining atigi ¼ qismini egallaydi va Tojikiston hamda Qirg‘izistonga xosdir. Ular respublikalar iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, tekislik hududli respublikalarda ekin maydonlarini kengaytirish, turli qurilishlar (ishlab chiqarish va uy-joy, gidrotexnika, kommunikatsiya inshoatlari)ni tashkil qilish imkoniyatlari tog‘li respublikalarga nisbatan ancha yuqori. Gidroenergetik, rekreatsiya resurslariga va suv manbalariga esa, aksincha tog‘li hududlar boy. Mintaqaning iqlimiy hususiyatlari uning okean va dengizlardan uzoqligi va berk havzada joylashganligi, relyefi xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shu tufayli shimoldan janubga tomon bir nechta tabiat zonalari bir-birini almashtiradi.
Regionning umumiy iqlimiy xususiyatlari qatoriga qish faslini nisbatan qisqa va qahrligi, sernamligi, yozning esa nisbatan davomiyligi, jazirama issiqligi quruqligi, yil fasllari o‘rtasida t0 amplitudasining ancha kattaligi (kontinentalligi), yog‘in miqdorining tekislikda kamligi (100-150mm), unga ancha qurg‘oqchilik xosligi, balandlik va tog‘li hududlar tomon yog‘in miqdorining oshib borishi (350-700mm)ning xosligi. Mintaqaning qurg‘oqchil kontinental tabiiy sharoiti uning asosiy qismida xo‘jalik ishlarini tashkil qilishda sun’iy sug‘orish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mintaqaning shimoldan janubga tomon sug‘oriladigan maydonlari hajmi ortib va bahorikor maydonlari esa kamayib borishi.
Markaziy Osiyo hududi turli xil tabiiy resurslarga boydir. Mintaqada ayniqsa mineral tabiiy resurslar hamda quyosh, oqar suv(daryo), shamol geotermal kabi energiya vositalari dunyoviy ahamiyatga molik, aksincha, suv, o‘rmon resurslari esa ancha kam.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli tabiiy resurs turini mineral tabiiy boyliklari (yer osti qazilma boyliklari) tashkil etadi. Mintaqada yer osti qazilma boyliklarining deyarli barcha turlari mavjud.
Mintaqa yoqilg‘i-energetika resurslariga juda boy. Ko‘mir Turkmanistondan boshqa barcha mamlakatlarda mavjud. Eng katta ko‘mir zahiralariga Qozog‘iston ega. Keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston turadi.
Neft barcha mamlakatlarda topilgan. Uning zahiralari ayniqsa Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonda katta, aksincha tog‘li respublikalarda kam.
Tabiiy gazga tekislik davlatlari–Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston ancha boy. Ammo Qirg‘iziston va Tojikistonda uning ahamiyatli konlari hozirgacha topilmagan.
Mintaqa mamlakatlaridan temir rudasiga faqat Qozog‘iston boy, boshqa davlatlarda uning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlari uchramaydi. Lekin rangdor metallardan misga hamda polimetal rudalariga Qozog‘iston va O‘zbekiston, simob va surmaga Qirg‘iziston va Tojikiston boy. Faqat Turkmanistonda deyarli metalli qazilma boyliklar konlari uchramaydi.
Markaziy Osiyo hududlari kimyoviy mineral resurslarga ham ancha boy. Jumladan fosforitning yirik konlari Qozog‘iston va O‘zbekistonda mavjud. Turli tuz konlari mintaqaning barcha davlatlarida katta zahiralarda ega. Yirik oltingugurt koni esa faqat Turkmanistonda mavjud. Mineral qurilish materiallari barcha davlatlarda katta zahiralarga ega.
Markaziy osiyo davlatlariyer-suv resurslari bilan turlicha ta’minlangan. Agar Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan yer resurslariga ancha boy bo‘lsa, tog‘li Tojikiston va Qirg‘izistonda bunday resurslar, ayniqsa ishlov beriladigan maydonlar cheklangan.

ASOSIY QISM

1991-1995 yillar oralig‘ida neft, gaz qazib chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish ko‘rsatkichlari shuni ko‘rsatadiki, Qozog‘istonda neft, gaz qazib chiqarish, don, kartoshka, go‘sht va sut yetishtirish miqdorlari kamayib borgan. O‘zbekistonda esa aksincha. Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikistonda ham ko‘rsatkichlar ko‘lami kamaygan. Sut yetishtirish Turkmanistonda biroz ortgan xolos. Hozirgi kunda ham MDH davlatlarida yetishtiriladigan paxtaning 95%i, sholi, meva, sabzavot, pilla, qorako‘l terining 45 % Markaziy Osiyo davlatlariga to‘g‘ri keladi. Bulardan tashqari ko‘plab rangli metallar, surma, mis, katta miqdorda neft, gaz qazib chiqariladi. Markaziy Osiyo mintaqasi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan tashkil topgan bo‘lib, umumiy maydoni 4 mln km2 dan ziyod va aholisi 70 mln kishi. U dunyo hududining 3 % dan ko‘prog‘ini va aholisining 1 % ga yaqinini tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasining tabiiy sharoiti o‘ta xilma-xil, hududi resurslarga boy. Mintaqa relyefi xususiyatlarida tekisliklar Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlarida ahamiyatli bo‘lib, mintaqa hududining ¾ qismini tashkil qiladi. Tog‘lar va yassi tog‘liklar mintaqa hududining atigi ¼ qismini egallaydi va Tojikiston hamda Qirg‘izistonga xosdir. Ular respublikalar iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, tekislik hududli respublikalarda ekin maydonlarini kengaytirish, turli qurilishlar (ishlab chiqarish va uy-joy, gidrotexnika, kommunikatsiya inshoatlari)ni tashkil qilish imkoniyatlari tog‘li respublikalarga nisbatan ancha yuqori. Gidroenergetik, rekreatsiya resurslariga va suv manbalariga esa, aksincha tog‘li hududlar boy. Mintaqa yoqilg‘i-energetika resurslariga juda boy. Ko‘mir Turkmanistondan boshqa barcha mamlakatlarda mavjud. Eng katta ko‘mir zahiralariga Qozog‘iston ega. Keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston turadi. Tabiiy gazga tekislik davlatlari–Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston ancha boy. Ammo Qirg‘iziston va Tojikistonda uning ahamiyatli konlari hozirgacha topilmagan. Mintaqa mamlakatlaridan temir rudasiga faqat Qozog‘iston boy, boshqa davlatlarda uning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlari uchramaydi. Lekin rangdor metallardan misga hamda polimetal rudalariga Qozog‘iston va O‘zbekiston, simob va surmaga Qirg‘iziston va Tojikiston boy. Faqat Turkmanistonda deyarli metalli qazilma boyliklar konlari uchramaydi. Markaziy osiyo davlatlariyer-suv resurslari bilan turlicha ta’minlangan. Agar Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan yer resurslariga ancha boy bo‘lsa, tog‘li Tojikiston va Qirg‘izistonda bunday resurslar, ayniqsa ishlov beriladigan maydonlar cheklangan. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari 1998 yil 17 martda Sirdaryo havzasining suv-energetika resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi uzoq muddatli shartnomani imzoladilar. Bir yildan sung bu shartnomaga Tojikiston ham qo‘shildi. Tojikiston 1998 yil 26 martda mazkur respublika ham yagona iqtisodiy hudud to‘g‘risidagi shartnomaning to‘laqonli a’zosiga aylandi.

1 BOB. Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalarining iqtisodiy geografik o’rni .


Tojikiston Respublikalarining iqtisodiy geografik o’rni.
Tojik xalqining tarixi Markaziy Osiyolik xalqlar: o‘zbeklar. qirg‘izlar, turkmanlar tarixi bilan muhim bog‘lanib ketgan. Ularning qadimgi avlodlari: baqtriyalik, sug‘dlar, saklar, massagetlar- hozirgi Markaziy Osiyo, qisman Xuroson va xatto Xindiqush hududlarida yashashgan.
Amudaryoning yuqori qismida barpo bo‘lgan Baqtriya va Sug‘diyona davlatlari eramizdan oldingi 6-4 asrlarda Axomaniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. Bu imperiya meloddan oldingi 320 yilda Aleksandr (Iskandar Zulqarnay) qo‘shinlari tomonidan parchalanib ketgan va uning bir qismi Salavkiylar, katta qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan. 5 asrda Baqtriya va Sug‘duyona xududlari xamda boshqa oblastlarni Eftalitlar (oq g‘unnlar) egallab olishgan. 6-asrning 2-yarmida Tojikiston hududi Turk xoqonligi, 7-8-asrlarda arablar tomonidan egallandi va bu hududda islom dini joriy qilina boshlandi.
9-10 asrlarda Tojikiston hududining ma’lum qismi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, 9-13 asrlarda G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Huriylar, Qoraxitoylar, Xorazimshohlar davlatlari tarkibida bo‘lgan. 9-asrning oxirida (874y) Bog‘dod xalifaligiga qaram bo‘lmagan hududda tojik feodal davlati–Somoniylar davlati barpo etildi. Somoniylar davrida tojik halqining shakillanish jarayoni to‘gallandi, uning tili hukumron tilga aylandi.
Somoniylar davlatining 100 yildan ortiq hukumronlik davrida shaharlar qurildi, madaniyat, xunarmandchilik rivojlandi. Fors-tojik
she’riyatining asoschisi Rudaki, “Shoxnoma” asarining yaratuvchisi Firdavsiylar shu davrda yashagan va ijod qilgan. Biroq, feodal hukumronlarning o‘zaro urushlari natijasida davlat parchalanib ketdi. Oqibatda 999 yilda bu hududni turkiy tilda so‘zlashuvchilar egallab olishdi. 12 asrda bu hududda Saljuqiylar ( turk tilida so‘zlashuvchi) davlat barpo etildi.
1219–1221 yillarda mo‘g‘illar istilosi tufayli bu hududda madaniy, ijtimoiy–iqtisodiy hayotga jiddiy zarar yetkazildi.
14 – asrning 2–yarmidan boshlab bu hudud Amir Temur va Temuriylar tomonidan boshqarildi. Shaharlar qurildi, obodonchilik ishlari rivojlandi, dehqonchilik tiklandi, fan va madaniyat o‘sdi.
16-asr davomida Markaziy Osiyo ko‘chmanchi qabila boshlig‘i Muhammad Shayboniyxon, Abdullaxonlar (1557-1598 yy.) tomonidan boshqarildi. 1958 yilda Abdullaxon P Ashtarxoniylar tomonidan o‘ldirildi va ular Markaziy Osiyoning katta qismini va Balx oblastiga 17-asrgacha hukumronlik qilishdi. O‘zaro urushlar kuchaydi, natijada Xiva xonligi tashkil topdi. 18-asrda Markaziy Osiyoda xonliklar soni ko‘paydi, mustaqil ish yuritildi, o‘zaro urushlar olib borildi. Hozirgi hududda Hisor, Qo‘lob, Qorategin, Darviz, Vaxan, Shug‘non knyazliklari vujudga keldi. Bu asrda tojiklarning ko‘p qismi Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi hududlarida istiqomat qildilar.
X1X asrning 2-yarmida Markaziy Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Turkiston general-gubernatorligi vujudga keldi. Unga Tojikistonning Pomir va Shimoliy rayonlari qaradi. Tojikistonning markaziy va janubiy rayonlari Buxoro amirligiga qaradi. Rossiyada Oktabr to‘ntarishidan so‘ng 1917 noyabr 1918 fevralda Shimoliy Tojikistonda sho‘ro hokimiyati o‘rnatildi va Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida bo‘ldi. 1920 yil Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.
1924 yil Oktabr oyida Sovet hokimiyati tomonidan o‘gkazilgan milliy chegaralash tufayli Tojikiston ASSR tashkil bo‘ldi va O‘zbekiston respublikasi tarkibida faoliyat ko‘rsata boshladi. Uning tarkibida 1925 yil yanvar oyidan boshlab Tog‘li Badahshon avtonom oblasti tashkil topdi. 1929 yil 5 dekabridan u Tojikiston SSR maqomini oldi. 1991 yil 9 sentabr Tojikiston respublikasining mustaqillik kuni hisoblanadi. Shu kundan boshlab Tojiqiston respublikasi jahon siyosiy xaritasida mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U BMTning ko‘plab siyosiy, iqtisodiy-moliyaviy, ijtimoiy tashkilot va jamiyatlarning a’zosidir.
Tojikiston respublikasining iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) o‘ziga xosdir. Uning IGO‘si bir qator omillar asosida ma’lum noqulayliklarga ega. Bular hozirgi vaqtda quyidagilardir:
U Markaziy Osiyoning chekka janubi-sharqida joylashgan, Sobiq ittifoq davrida shu sababli bu respublikagacha olib kelingan, transport yo‘llari u orqali boshqa rayonlar, respublikalarga o‘tib ketmaydi. Hozirgi mustaqillik yillarida bu Respublikaning jahon davlatlari bilan bir tomonlama aloqa qila olishi unga iqtisodiy-siyosiy jihatdan katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Tojikiston va uni o‘rab turgan davlatlar relyefining baland tog‘likdan iboratligi o‘z ichki rayonlari va qo‘shni mamlakatlar bilan ko‘p qirrali aloqalarni olib borishda ham katta qiyinchiliklarii tug‘diradi. Jumladan, u jahon mamlakatlari bilan faqat bitta O‘zbekiston orqali o‘tadigan yo‘llar orqaligina bog‘lana olishi mumkin. Bu yo‘l Shimoliy va Janubiy Tojikiston hududlarini ham bir-birlari bilan bog‘lab turadi va hatto, yon qo‘shinlar hisoblanadigan Qirg‘iziston, Xitoy va Afg‘oniston bilan hozirgacha zamonaviy temir va avtomobil yo‘llari orqali bog‘lana olish imkoniyati yo‘q; O‘zbeklarning «Qo‘shning tinch – sen tinch» maqoli Tojikistondagi siyosiy tanglik sabablarida o‘z isbotini topgan ko‘rinadi. Mana, 20 yildan ham ko‘p bo‘ldiki, qo‘shnisi Afg‘oniston xalqaro notinchlik, terrorizm, diniy ekstremizm va Islom fundamentamizning uyasi bo‘lib kelmoqda. Bu holatlar Tojikistoining IGO‘ning ancha noqulayligini ko‘rsatadi. Tabiiyki, IGO‘ning bu xususiyatlari respublika iqtisodiyotining rivojlanishida qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqardi.
Tojikistonning ma’muriy-siyosiy tarkibida Tog‘li Badahshon avtonom respublikasi, So‘g‘d, Xatlon oblastlari va respublika markaziga bo‘ysunadigan Hissor vodiysi tumanlari bor. Tojikistoning siyosiy ijtimoiy markazi Dushanbe shahri bo‘lib, unda 600 000 aholi yashaydi.
Respublikaning umumiy maydoni 143,1 ming km2 bo‘lib, u Markaziy Osiyoda eng kichik, MDHda 8 chi va jahonda 91chi o‘rinda. Aholisn 7,3 mln kishi (2006 y.), bu ko‘rsatkich bo‘yicha mintaqada 3 chi, MDHda 6 chi va jahonda 95 o‘rinda turadi.
Tabiiy sharoitining xususiyatlari asosan uning relyefi bilai uzviy bog‘langan. U qo‘shnilari Qirg‘iziston, Xitoy va Afg‘oniston bilan baland tog‘lar va yon bag‘irlari juda tik daralar hamda daryolar bilan chegaradoshki, shu tufayli ana shu qo‘shinlari bilan hozirgi vaqtda Tojikistonning iqtisodiy aloqalari to‘g‘ridan to‘g‘ri deyarli olib borilmaydi. Uning jahonga chiqish imkoniyatlari faqat O‘zbekiston orqalignna olib borilmoqda. Ana shu holat Tojikistonning asosan relyefi bilan bog‘liq. Respublikaning relyefi qanday xususiyatlarga egaligini mashhur iqtisodiy geograf A. N. Rakitnikov juda aniq ifodalaydi. Uning ta’rifi quyidagicha mazmunga ega: “O‘z xududlarida agar qirg‘izlar ot-ulovda yura olsalar, tojiklar yayov yurishlariga to‘g‘ri keladi” Boshqacha ayttanda, Tojikistonigng tog‘lari shu qadar tik, yonbag‘rlari keskinki, ular bo‘ylab yurishda hatto ot-ulov ham ish berishi qiyin. Umuman, respublika hududini asosan Pomir va Oloy tog‘ tizimlariga qarashli Markaziy Osiyodagi eng baland tog‘lar egallab yotadi. Balandligi tufayli «Dunyo tomi» nomini olgan Pomir tog‘lari bular orasida eng ulkani (7495 m) hisoblanadi. Faqat Janubiy va Shimoliy Tojikistondagina balandligi 350-800 mm gacha bo‘lgan nisbatan tekis tog‘ oldi adirliklari va tog‘ oralig‘i vodiylari uchraydi. Aholi asosiy faoliyat ko‘rsatadigan bunday hududlar respublika umumiy maydonining atiga 7-8 % ni tashkil qiladi. O‘rtacha balandliga 3000 m dan yuqori bo‘lgai hududlar esa jami maydonining yarmidan ko‘pini egallaydi. Tabiiyki, ana shu blandlikda aholi deyarli yashamaydi. Geologik holatiga bog‘liq muhim xususiyatlaridan biri undagi intensiv seysmiklik darajasidir. Tez-tez bo‘lib turadigan zilzilalar, surilma va tog‘ ko‘chishlari iqtosidiyotga ancha zarar keltiradi.
Janubiy Tojikistonning tekisliklarida asosan iliq. Yozi issiq va davomli, o‘rtacha t° +28° -30°, qishi esa +1° atrofida tebranadi. Quruq subtropik iqlimli hududlardan hisoblanadigan bu qismida eng issiqsevar dehqonchilik ekinlari ekiladi. Tog‘larda esa balandlikka ko‘tarilgan sari yozu - qishda 1° pasayib, yog‘in miqdori esa kamayib boradi. Jumladan, yog‘in miqdori baland adirliklarda 400-600 mm dan Sharqiy Pomirning yuqori balandliklarida 60 mm gacha boradi. Shu sababli, ko‘p sonli yirik doimiy tog‘ muzliklari, bular orasida dunyoda eng yirik Fedchenko muzligi, shu tog‘larda joylashgan. O‘z navbatida, ular nafaqat Tojikistonda, balki Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarida obi-hayot vositasi hisoblanadigan asosiy darëlar (Amudaryo va uniig irmoqlari)ning manbailari hisoblanadi.
Qirg’iziston Respublikalarining iqtisodiy geografik o’rni .

Qirg‘iziston hududi inson madaniyatining qadimgi o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Hududda tosh davrida odamlar yashaganligi ma’lum. Miloddan ilgari 3-ming yillik oxiri, 2-ming yillikning boshlarida mis va bronzadan yasalgan qurollar topilgan. Qirg‘iz xalqining shakllanishida Janubiy Sibir va Markaziy Osiyoning katta qisimlarida yashagan juda ko‘p elat, urug‘ va qabilalar qatnashgan. Hududda dastlabki davlat miloddan avvalgi 2-asrga to‘g‘ri keladi. Sanog‘imizdan oldingi 2-8-asrlarda g‘unnlar (xunnlar) taqibidan xolos bo‘lish uchun qirg‘izlarning bir qismi Yenisey va Baykal ko‘li hududlariga borib joylashishgan. O‘sha yerlarda o‘zlarining birinchi davlatlarini va qirg‘iz qag‘anatini barpo etishgan. Madaniyati shakllangan, yozma ijodi vujudga kelgan. ”Manas” xalq eposida qadimgi qirg‘izlarning tarixiy voqealari, anana va turmush tarzi saqlanib qolgan.


5-asrda asta-sekin o‘tloq yashashga moslashib bordilar. Qirg‘iz urug‘lari Tyanshanga kelib joylasha boshladilar. Sayxali Tosh darasidagi qoya toshlardagi tasvirlar, Bo‘ron minorasi va O‘zgandagi arxitektura majmuasi qirg‘izlar madaniyatining yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi.
10-asrning boshlanishiga qadar buyuk qirg‘iz xonligi Janubiy Sibir, Mo‘g‘uliston, Baykal, Irtishning yuqori qismini, Qashg‘arning ma’lum qismini, Issiqko‘l va Talasni o‘z qaramog‘iga qo‘shib olgan edilar. Qirg‘iz xonligining taraqqiy etishi nafaqat bosib olish ishlari bilan, balki savdo-sotiq ishlarini Xitoyliklar, tibetliklar, Janubiy Sibir hamda Markaziy Osiyo xalqlari bilan birgalikda olib bordilar.
11-12-asrlarda Qirg‘izlarning qaramog‘idagi joylar qisqarib bordi. Biroq bu xol ular etnik mustaqilligini saqlashga va shu xalqqa moyil etnik guruhlarning jipslashuviga sabab bo‘ldi. Qirg‘iz etnogenezining oxirgi bosqichi mug‘ullar, ayrotlar, nayman va boshqa xalqlarning aralashuvi bilan bog‘liq.
18-asrgacha Yenisey qirg‘izlari Oltin O‘rda, keyinchalik Ayrot va Jung‘oriya xonliklari qaramog‘ida bo‘ldilar. Ularning ko‘pchiligi Tyanshanga kelib joylasha boshladilar. Umuman olganda, 16-asrda qirg‘iz xalqi etnogenezi shakllanib bo‘lgan edi.
1863 yilda Shimoliy Qirg‘iziston,1876 yilda Janubiy Qirg‘iziston Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shib olingan. XIX asr o‘rtalaridan so‘ngi choraklarigacha avval Shimoliy Qirg‘iziston, so‘ngra esa Janubiy Qirg‘iziston chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. 1924 yilda Markaziy Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilishi natijasida 1924 yil 14 oktabrda RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz avtonom oblasti tashkil etildi. 1925 yil 25 mayda Qoraqirg‘iz avtonom oblasti Qirg‘iz avtonom oblasti, 1926 yil 1 fevraldan Qirg‘iziston ASSRga, RSFSR tarkibida tashkil qilindi. 1936 yil 5 dekabrda sobiq ittifoqning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan Qirg‘izistonga ittifoqdosh respublika (QSSR) maqomi berildi.
Qirg‘iziston Respublikasi o‘z milliy mustaqilligani MDHda eng birinchilardan bo‘lib e’lon qildi (30.VIII.1991y.). Jahon siyosiy xaritasida o‘ziga xos yangi bir suveren davlat yuzaga keddi. Shunday qilib, suveren Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasi va jahon hamjamiyatida teng xuquqli demokratik davlat sifatida shakllanmoqda. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ko‘plab dunyoviy siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy jamiyatlar, tashkilotlar, uyushmalarga a’zo. Uni jahonning yuzlab mamlakatlari mustaqil davlat sifatida tanidi.
Hozirga Qirg‘iziston Respublikasi ma’muriy–hududiy tarkibida Issiqko‘l, Norin, O‘sh, Jalolobod, Chuv, Talas va so‘nggi vaqtlarda tashkil etilgan Batkent oblastlari mavjud. Poytaxti Bishkek (avvalgi Pishpek, Frunze) shahridir. Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqsining janubi-sharqiy qismida joylashgan.
U dunyoning taniqli tog‘li davlatlari qatoridan o‘rin oladi. Ana shu xususiyatlar Qirg‘izistonning iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘)ni belgilaydi. Respublikaning IGO‘ nisbatan noqulay. Uning noqulayliga avvalo baland tog‘li relyefi bilan bog‘langan. Shunga ko‘ra Qirg‘iziston xududini bironta tranzit transport yo‘llari kesib o‘tmaydi, ya’ni temir va avtomobil yo‘llari respublika kirib keladi, ammo undan nariga chiqib ketmaydi, bu birinchidan. Ikkinchidan, yana o‘ta baland Tyanshan tog‘lari sababli Shimoliy Qirg‘iziston bilan Janubiy Qirg‘iziston rayonlari o‘zaro iqtisodiy aloqalarni temir yo‘l orqali faqat Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston davlatlari osha bora oladi. Bu holatlar, tabiiyki, bu respublika iqtisodiyoti rivojlanishida katta muammolarni keltirib chiqaradi. IGO‘ni birmuncha qulaylashtirish imkoniyatlari hozirgi vaqtda qurilish ishlari boshlab yuborilgan Andijon–O‘sh–Ergashtom–Qashg‘ar xalqaro magistral avtomobil yo‘li va qurilishi rejalashtirilayotgan Shimoliy va Janubiy Qirg‘istonni bog‘lovchi Tyanshan tog‘lari osha tonnellar va boshqa murakkab yo‘l inshootlarini qurish orqali o‘tkaziladigan transport yo‘lagini yaratish tufayligina amalga oshirilishi mumkin. Ana shunda respublika IGO‘ ma’lum darajada qulaylashadi.
Qirg‘izistoning umumiy maydoni 199,951 ming km2 bo‘lib mintaqada to‘rtinchi, MDHda yettinchi va jahonda sakson beshinchi o‘rinlarni egallaydi. Aholisining soni 6389,5 ming kishi (2019 y.). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u mintaqada oxirgi, MDHda 10, va jahonda 111 o‘rinni egallaydi. Respublika shimolda Qozog‘iston, sharqda Xitoy, janubda Tojikiston va g‘arbda O‘zbekiston respublikalari bilan chegaradosh, chegaralari asosan baland tog‘larning so‘v ayirg‘ichlari orqali o‘tadiki bu holat xatto qo‘shni davlatlar bilan aloqa qilishni ham murakkablashtiradi, bundan ma’lum darajada O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralari mustasno.
Mamlakat konstitutsiya bo‘yicha boshqaruv shakliga ko‘ra parlamentar respublika bo‘lsada, amalda aralash prezidentlik-parlamentar boshqaruvga ega. Amaldagi prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov hisoblanadi.





1.1. Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalarining tabiiy sharoiti .
Qirg’iziston Respublikasi tabiiy sharoiti .
Qayd qilinganidek relyefi ancha murakkab. Uning hududida minimal balandlik tog‘ oldi adirliklarida 400 m dan maksimal balandlik 7439 m (Pobeda-G‘alaba cho‘qqisi) gacha tebranadi. Uning balanddigi 1000m gacha bo‘lgan qismi 10% hududini, 1000-3000 m gacha bo‘lgan qismi 60 % hududini va 3000 m dan baland bo‘lgan qismi hududining 30 % ni tashkil qiladi.
Iqlimi mo‘tadil tog‘ iqlimi hususiyatiga ega. Vodiylar va tog‘ oldi adirliklarida yanvar oyi o‘rtacha t° si -15°dan -8° gacha. Iyul oyining o‘rtacha t° si + 5°+27° orasida, Yog‘in miqdori vodiylarda o‘rtacha 200-400 mm dan tog‘li hududlarda 700-1000 mm orasida farqlanadi. Respublikaning agroiqlim imkoniyatlari dehqonchilik ishlarini to tog‘larning 2000-2400 m li yonbag‘ir-larigacha olib borishga imkon beradi.
Tojikiston Respublikalarining tabiiy sharoiti .
Respublikaning umumiy maydoni 143,1 ming km2 bo‘lib, u Markaziy Osiyoda eng kichik, MDHda 8 chi va jahonda 91chi o‘rinda. Aholisn 7,3 mln kishi (2006 y.), bu ko‘rsatkich bo‘yicha mintaqada 3 chi, MDHda 6 chi va jahonda 95 o‘rinda turadi.
Tabiiy sharoitining xususiyatlari asosan uning relyefi bilai uzviy bog‘langan. U qo‘shnilari Qirg‘iziston, Xitoy va Afg‘oniston bilan baland tog‘lar va yon bag‘irlari juda tik daralar hamda daryolar bilan chegaradoshki, shu tufayli ana shu qo‘shinlari bilan hozirgi vaqtda Tojikistonning iqtisodiy aloqalari to‘g‘ridan to‘g‘ri deyarli olib borilmaydi. Uning jahonga chiqish imkoniyatlari faqat O‘zbekiston orqalignna olib borilmoqda. Ana shu holat Tojikistonning asosan relyefi bilan bog‘liq. Respublikaning relyefi qanday xususiyatlarga egaligini mashhur iqtisodiy geograf A. N. Rakitnikov juda aniq ifodalaydi. Uning ta’rifi quyidagicha mazmunga ega: “O‘z xududlarida agar qirg‘izlar ot-ulovda yura olsalar, tojiklar yayov yurishlariga to‘g‘ri keladi” Boshqacha ayttanda, Tojikistonigng tog‘lari shu qadar tik, yonbag‘rlari keskinki, ular bo‘ylab yurishda hatto ot-ulov ham ish berishi qiyin. Umuman, respublika hududini asosan Pomir va Oloy tog‘ tizimlariga qarashli Markaziy Osiyodagi eng baland tog‘lar egallab yotadi. Balandligi tufayli «Dunyo tomi» nomini olgan Pomir tog‘lari bular orasida eng ulkani (7495 m) hisoblanadi. Faqat Janubiy va Shimoliy Tojikistondagina balandligi 350-800 mm gacha bo‘lgan nisbatan tekis tog‘ oldi adirliklari va tog‘ oralig‘i vodiylari uchraydi. Aholi asosiy faoliyat ko‘rsatadigan bunday hududlar respublika umumiy maydonining atiga 7-8 % ni tashkil qiladi. O‘rtacha balandliga 3000 m dan yuqori bo‘lgai hududlar esa jami maydonining yarmidan ko‘pini egallaydi. Tabiiyki, ana shu blandlikda aholi deyarli yashamaydi. Geologik holatiga bog‘liq muhim xususiyatlaridan biri undagi intensiv seysmiklik darajasidir. Tez-tez bo‘lib turadigan zilzilalar, surilma va tog‘ ko‘chishlari iqtosidiyotga ancha zarar keltiradi.
Janubiy Tojikistonning tekisliklarida asosan iliq. Yozi issiq va davomli, o‘rtacha t° +28° -30°, qishi esa +1° atrofida tebranadi. Quruq subtropik iqlimli hududlardan hisoblanadigan bu qismida eng issiqsevar dehqonchilik ekinlari ekiladi. Tog‘larda esa balandlikka ko‘tarilgan sari yozu - qishda 1° pasayib, yog‘in miqdori esa kamayib boradi. Jumladan, yog‘in miqdori baland adirliklarda 400-600 mm dan Sharqiy Pomirning yuqori balandliklarida 60 mm gacha boradi. Shu sababli, ko‘p sonli yirik doimiy tog‘ muzliklari, bular orasida dunyoda eng yirik Fedchenko muzligi, shu tog‘larda joylashgan. O‘z navbatida, ular nafaqat Tojikistonda, balki Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarida obi-hayot vositasi hisoblanadigan asosiy darëlar (Amudaryo va uniig irmoqlari)ning manbailari hisoblanadi.

1.2. Tojikiston va Qirg’iziston Respublikalarining aholisi , tabiiy resurslari .


Tojikiston Respublikalarining aholisi , tabiiy resurslari .
Tojikistonning ma’muriy-siyosiy tarkibida Tog‘li Badahshon avtonom respublikasi, So‘g‘d, Xatlon oblastlari va respublika markaziga bo‘ysunadigan Hissor vodiysi tumanlari bor. Tojikistoning siyosiy ijtimoiy markazi Dushanbe shahri bo‘lib, unda 600 000 aholi yashaydi. Aholisn 7,3 mln kishi (2006 y.), bu ko‘rsatkich bo‘yicha mintaqada 3 chi, MDHda 6 chi va jahonda 95 o‘rinda turadi. Tojikiston respublikasi aholisi MDH davlatlari orasida XX asr davomida son jihatdan eng ko‘p o‘sishga erishdi. So‘nggi yuz yil orasida u 6,5 baravarga o‘sdi. 2006 yil boshida respublika aholisining umumiy soni 7,3 mln kishini tashkil qildi (1989 yilda 5,2 mln kishi edi). Aholining muhim demografik xususiyatlaridan biri tabiiy ko‘payish ko‘rsatkichlarining mintaqada eng yuqori ekanligidir. Jumladan, har ming kishiga tug‘ilish 2005yilda 26,8, o‘lim 4,4 va tabiiy ko‘payishi 22,4 kishini tashkil qildi. Tojikistonda tabiiy o‘sish ko‘rsakichlarining yuqori xolda kelayotganiga aholining milliy tarkibi ham sababchidir. 2000 yilda respublika aholisining 79,9 % ni tojiklar, 15,3 % ni o‘zbeklar, 1,1 % ni ruslar, 1,1 % ni qirg‘izlar, qolganlarini boshqa millat vakillari (rasmiy ma’lumotlarga qaraganda respublikada 55 millat vakillari yashaydi, bu mintaqada eng past ko‘rsatkichdir) tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, Tojikiston aholisining 97 % ga yaqini mahalliy millat vakillaridan iborat va ularda tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari an’anaviy ravishda yuqoridir. Aholining o‘rtacha zichligi har bir km2 43 kishini tashkil qiladi. Ammo uniig 85 % respublika umumiy hududining 1/10 qismida yashaydi. Aholi zich yashaydigan Shimoliy Tojikistonning vodiy qismida o‘rtacha zichlik 100-150 kishini, Hisor va Vahsh vodiylarida zsa 30-100 kishini tashkil qiladi. Aksincha eng siyrak ko‘rsatkichli hududlariga Tog‘li Badaxshon to‘g‘ri keladi. Unda aholining o‘rtacha zichligi har 1 km2 bir kishini tashkil qiladi. Aholining urbanizatsiya darajasi ham ancha past, respublika aholisining 27,4 % shaharlarda yashaydi (2000y). Jami 19 shahar va 48 shaharchalari bor. Eng yirik shahri respublika poytaxti xisoblanadigan Dushanbe shahridir, unda 600000ga yaqin aholi bor. Xo‘jand shahrida 160000 aholi bor. Boshqa shaharlarda aholi 100000dan kam, ular o‘rta va kichik shaharlardir. Tojikistondagi demografik xolat aholisining 50 % dan kamrog‘ining mehnat resurslaridan iboratligini ta’minlagan. Aksincha unda mehnat yoshigacha bo‘lgan yoshdagilar hissasi ancha kattadir. Jami mehnatda band bo‘lganlarning 20 % gina sanoatda va 46,8 % qishloq xo‘jaligida (mintaqada eng yuqori) ishlaydi. Umuman respublika mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin