Asosiy Qism : Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari iqtisodiyotiga qiyosiy tafsif



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə4/9
tarix25.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#80583
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maftuna

Shimoliy iqtisodiy rayon. Chuv vodiysi Qirg‘izistonning shimolida joylashgan bo‘lib Qozog‘iston bilan chegaradosh. Mintaqa tabiiy resurs-larga unchalik boy emas. Asosiy boyliklari polimetall rudalari, qurilish materiallari va boshqalardir. Shuningdek bu yerda issiq mineral buloqlar ham topilgan bo‘lib, ular asosida Issiqota kurorti ishga tushirilgan. Chuv vodiysi respublikaning qulay transport-geografik o‘rnini egallaydi. Uning hududi orqali muhim transport magistrallari - Lugovoy -Bishkek – Baliqchi temir yo‘li, Toshkent-Bishkek-Almati avtomobil yo‘llari o‘tkazilgan. Chuv vodiysi Respublikaning asosiy sanoat va qishloq xo‘jalik mintaqasi hisoblanadi. Asosiy sanoat tarmoqlaridan mashinasozliikda-fizik priborlar, elektro-texnika mahsulotlari, qishloq xo‘jalik mashinalari, avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek yengil, oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati ham yaxshi rivojlangan. Chuv vodiysi mamlakatning asosiy sug‘oriladi-gan mintaqasidir. Bu yerda respublika sug‘oriladigan yerlarining 1/3 qismi joylashgan. Haydaladigan yerlarda qand lavlagi, don, poliz ekinlari, sabzavotlar ekiladi. Don yetishtirish bo‘yicha Chuv vodiysi yetakchi o‘rinda turadi. Respublikada yetishtiriladigan donning 40 foizi shu yerga to‘g‘ri keladi. Donli ekinlardan bo‘g‘doy ko‘p yetishtiriladi. Bundan tashqari tariq, makkajo‘xori yetishtirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bishkek, To‘qmoq, Qorabolta kabi sanoat markazlari atroflarida sabzavotchilik rivojlangan. Chuv vodiysida Respublikaning 60 foizdan ortiq sabzavotlari yetishtiriladi. Bog‘dorchilik va uzumchilik ham sug‘oriladigan yerlarda rivojlangan. Vodiyda sut-go‘sht chorvachiligi ustun turadi. Shuningdek qo‘ychilik, cho‘chqachilik, parrandachilik ham yaxshi rivojlangan.
Chuv vodiysi boshqa rayonlarga nisbatan yuqori darajada urbani-zatsiyalashgan. Jami aholisining 55 foizga yaqini shaharlarda yashaydi.
Uning hududida respublika aholisining 1/3 qismi istiqomat qiladi. Vodiyda aholi zichligi 1 km2ga 75 kishidan ortadi.
Vodiyning markaziy qismida mamlakat poytaxti Bishkek shahri joylashgan. Shaharda xilma-xil sanoat korxonalari qurilgan. Bulardan yirik qishloq xo‘jalik mashinasozligi, avtomobil yig‘ish, elektron hisoblash mashinalari, charm-poyabzal, trikotaj va boshqa sanoat korxonalari ishlab turibdi.
Bishkek yirik madaniyat markazi hamdir. Bu yerda ko‘plab oliy o‘quv yurtlari, kollejlar va umumta’lim maktablari mavjud. Shaharda barcha zamonaviy transport turlari rivojlangan. Shahar o‘zining ko‘kalamzorligi, zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Bishkekdan tashqari vodiyda Tuqmoq va Qorabolta shaharlari joylashgan.
To‘qmoqda yirik korxonalardan to‘quvchilik fabrikasi, oyna zavodi, junni qayta ishlash fabrikalari ishlab turibdi. Shuningdek shaharda shakar, sut, go‘sht, un va un mahsulotlari, konserva ishlab chiqarish va boshqa oziq-ovqat korxonalari bor.
Mashinasozlikni asosini ikkita avtoremont zavodi tashkil etadi.
Qorabolta shahri Bishkekdan 60 km g‘arbda joylashgan yosh shaharlardan biridir. Shahar yirik transport markaziga aylangan. Uning hududidan Bishkek-O‘sh, Bishkek-Toshkent avtomagistrallari o‘tgan. Shaharda shakar, spirt, sut zavodlari, un va un mahsulotlari sanoati, elektrotexnik o‘yinchoqlar zavodi va boshqa korxonalar ishlab turibdi.
Yssiqko‘l vodiysi respublikaning 12 foiz xududini tashkil etadi. Issiqko‘l botig‘i shimolda Kungay Olatov, Janubda Terskoy Oltovi bilan o‘ralgan. Tabiiy resurslaridan toshko‘mir, qalay rudalari, turli qurilish materiallari va boshqalar topilgan. Shuningdek vodiyda mineral buloqlar va shifobaxsh balchiqlar ham mavjud bo‘lib, ular asosida Jeti-Ogiz, Oqsu, Jergalan kabi kurort-sanatoriylari ishlab turibdi.
Vodiy xo‘jaligida mayin yungli qo‘ychilik, go‘sht va sut chorvachiligi, yilqichilik yetakchi o‘rinda turadi.
Dehqonchilik asosan vodiyning sharqiy qismida rivojlan-gan. Bu yerlarda donchilik, kartoshka yetishtirish, hamda chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bog‘dorchilikda olma, shaftoli, qora smorodina kabilar ekiladi.
Mintaqa sanoati qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bundan tashqari qurilish materiallari, ayrim mashinasozlik tarmoqlari, tikuvchilik, yog‘ochsozlik, ko‘mir, baliq sanoati va boshqalar rivojlangan. Issiqko‘l vodiiysi rekreatsion resurslarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu yerga nafaqat MDH davlatlaridan, balki boshqa o‘zoq xorijiy mamlakatlardan ham dam oluvchilar tashrif buyurishadi.
Vodiying 70 foiz aholisi qishloqlarda yashaydi. Asosiy shaharlari Qorako‘l, Baliqchi, Cho‘lponota.
Talas vodiysi Shimoliy Qirg‘izistondagi eng kam rivojlangan rayondir. Bu yerda asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishadi. Vodiy chorvachiligida mayin yungli qo‘ychilik, qoramolchilik, yilqichilik dehqonchilikda esa tamaki, makkajo‘xori, bug‘doy, sabzavot yetishtirish va mevachilikka ixtisoslashgan.
Sanoati mahalliy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydi. Oxirgi yillarda elektroenergetika sanoati ham rivojlanib bormoqda. Tog‘-kon sanoati shakllanmokda.
Markazi Talas shahri. Shaharda poyabzal va tikuvchilik fabrikalari, sut zavodlari, qurilish materiallari va boshqa sanoat korxonalari joylashgan. Talasdan tashqari Qorako‘l shahri ham bor. U Tuxtag‘ul suv omboriining quriliishi bilan tashkil topgan.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin