Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 401,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix18.05.2022
ölçüsü401,09 Kb.
#58539
1   2   3   4   5   6   7   8
ozbekiston-respublikasida-ommaviy-axborot-vositalari-faoliyati-ozgarish-va-muammolar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 262 www.ares.uz 
Jamiyatda oshkoralikni ta‘minlash oson kechmaydi. Unga to‗sqinlik 
qiladiganlar uchrab turishi sir emas. Biroq, qandaydir to‗sqinlik bor ekan, deb qo‗l 
qovushtirib o‗tirish ham yaramaydi. Burgaga achchiq qilib, ko‗rpaga o‗t qo‗yish – 
oshkoralikni ta‘minlash yo‗lidagi sa‘y-harakatlarni chippakka chiqarib qo‗yish bilan 
barobar. U holda nima qilmoq kerak, degan savolga qonuniy, ilmiy nuqtai nazardan 
javob topish yagona to‗g‗ri yo‗ldir! Ana shundagina amalda haqiqiy oshkoralikka 
erishish mumkin. Oshkoralik mohiyati – jamoatchilik fikri bilan hisoblashgan holda 
ish yuritish demak. 
―El-yurtimizning ezgu orzu-istaklarini ro‗yobga chiqarish, bu yo‗lda g‗ov bo‗lib 
turgan turli to‗siqlarni, byurokratizm, loqaydlik, ta‘magirlik, korrupsiya kabi salbiy 
illatlarni dadillik bilan ko‗tarib chiqib, ularga qarshi murosasiz jamoatchilik fikrini 
shakllantirishni o‗z kasbi, o‗z hayotining ma‘no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni 
men haqiqiy jurnalist deb hisoblayman,– deb ta‘kidladi Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev.– Albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz, buning uchun ommaviy axborot 
vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‗z so‗zi 
uchun mas‘uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma‘naviy jasorat 
ham talab etiladi. Bunday maqsadga erishish uchun ommaviy axborot vositalariga 
qonunchilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, o‗quv-uslubiy ta‘minot nuqtai 
nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak‖ [1]. Darhaqiqat, 
jamiyatda, uning zamonaviy boshqaruv tizimida oshkoralikni ta‘minlash, 
jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishda jurnalistlarning ana shu sa‘y-
harakatlari jamiyat boshqaruvi tizimida o‗z samarasini ko‗rsatishi shubhasiz. 
Oshkoralik asosan matbuot erkinligi bilan chambarchas bog‗liq ekan, 
mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko‗zga yaqqol tashlanadi. Ya‘ni, 
O‗zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida»gi qonuni 
(yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan 
bo‗lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo‗lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‗z fikri va 
e‘tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir»[4]. 
Qonun ijrosi bilan kuchli. Biroq, o‗sha ijroni kim ta‘minlashi kerak, degan haqli savol 
tug‗iladi. Aytish mumkinki, har bir sohada faoliyat ko‗rsatayotgan mutasaddilargina 
tegishli qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarishlari taqozo etiladi. Yuqorida zikr 
etilgan matbuot erkinligini ta‘minlash asosan jurnalistlar, OAV xodimlari zimmasiga 
tushishini izohlashga hojat yo‗q. Haqiqiy demokratik matbuot ko‗rsatma asosida 
yashay olmasligi haqida aytilgan fikrlar amalda o‗z ifodasini topishi zarur. Bu o‗z 



Yüklə 401,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin