ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 258 www.ares.uz tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O‗zbekiston Jurnalistlari ijodiy
uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy
assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini
qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi
tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O‗zbekistonda yetakchi xorijiy OAV
vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika
Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.
ADBIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA O‗zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy
institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o‗zida aks ettiradigan
bamisoli bir ko‗zgu ekanligi hayotda o‗z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari
kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‗llagan tabrigida ta‘kidlanganidek, ―Xalq
bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat
siyosati darajasiga ko‗tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi
chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz
o‗z oldimizga qo‗ygan maqsadlarga erisha olamiz‖[1].
O‗zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan ―Davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‗g‗risida‖gi qonunida (1-
ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan
―O‗zbekiston Respublikasi davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining axborot
xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 125-
qarorida (2-ilova) davlat va xo‗jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka
asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda
mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas‘uliyatini
ta‘minlash vazifalari belgilab berildi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
yil 27 iyundagi ―Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta‘minlash hamda davlat
organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‗yicha
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada
rivojlantirishda g‗oyat muhim qadam bo‗ldi.
Mazkur qonun va qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida Mirzo Ulug‗bek
nomidagi O‗zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O‗zbekiston
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida, O‗zbekiston davlat jahon