Filologiya fakulteti



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə1/9
tarix02.05.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#105744
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
ozbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar semantikasi


O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ХALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
AJINIYOZ NОMIDAGI NUKUS DAVLAT PЕDAGОGIKA INSTITUTI


FILOLOGIYA FAKULTETI
O’ZBЕK TILSHUNОSLIGI KAFЕDRASI
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI
fanidan


O’zbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar semantikasi
mavzusidagi

Bajardi: Sultanova Saida.
Ilmiy rahbar: Xudayarova M.
Nukus -2013

Kirish
1. Sifatlarning leksik-morfologik xususiyatlari



  1. Sifatlarning ma’noviy guruhlari

3. Ruhiy holat ifodalovchi sifatlar semantikasi

  1. Xursandlik holatini ifodalovchi sifatlar;

  2. Xafalik holatini ifodalovchi sifatlar;

  3. G’azabli holatni ifodalovchi sifatlar;

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar




Kirish
Shaxsning rivojlanishi-jamiyat rivoji demakdir. Shunday ekan jamiyat oldidagi eng asosiy vazifalardan biri sog'lom avlodni voyaga yetkazish. Bu muhim vazifani amalga oshirish birinchi navbatda o'qituvchiga bog'liq.
O’zbek tili morfologiyasida, boshqa so’z turkumlari qatori sifat ham katta o’rinni egallaydi.
O’zbek tilida belgi – sifat ma’nosini ifodalovchi maxsus (masalan, rus tilida sifat va ravishlardagi singari, hamma sifatlat uchun birdek qo’llana oluvchi) morfologik ko’rsatkich yo’q. Ba’zi bir so’zning ham ot, ham sifat, ham ravish vazifalarda qo’llana olishi ko’proq ana shuning uchundir. Lekin –li, -siz singari sifatning o’ziga xos yasovchi affikslari ham bor. Ammo bular ma’lum ma’noli sifatlarnigina yasaydi.
Ot kategoriyasidagi so’zlar ham sifat (belgi ma’nosidagi aniqlovchi) vazifasida qo’llanadi va qanday degan so’roqqa javob bo’ladi. Masalan, yog’och ot, sim to’siq, shoyi ko’ylak kabi. Lekin bu so’zlarni ot kategoriyasidan sifat kategoriyasiga o’tdi deb hisoblamaslik lozim.
O’zbek tilida sifatlarning yasalishi juda keng va murakkab sohadir.
To’plangan faktik materiallar sifat yasovchi affikslarning yuzga yaqin ekanligini ko’rsatadi. Bu affikslar vositasida turli so’z turkumlaridan, mas., otdan (iffatli, bahosiz, tungi, serpul), fe’ldan (so’zag’on, vaysaqi, sayratma), taqlidiy, tasviriy so’zlardan (jizzaki, sharaqlama) va hokazolardan sifat yasaladi. Bulardan –li, -siz kabi yasovchilar faqat sifatga xos bo’lib, eng faol sifat yasovchilar hisoblanadi.
Sifat yasovchi affikslarni o’z tabiatlariga va turli-tuman xususiyatlariga (mas., sodda va qo’shma bo’lishi, faqat bir so’z turkumigagina xos bo’lib qolganligi yoki turli so’z turkumlari orasida teng qo’llana olishi, o’zakka turlicha ta’sir ko’rsatishi, qo’llanishda faol yoki nofaolligi, fonetik variantlarga egaligi, sinonimik, antonimik xususiyatlari va shu kabi turli tomonlariga) ko’ra, bir necha guruh va guruhchalarga ajratish mumkin.
Ba’zi bir so’zlar (sifatlar) tub holida ham, affiks olgan holda ham (mas., pok//pokiza, binoyi//binoyiday) bir ma’noni anglataverishi bilan xarakterlidir.
Kishi ruhiyati nihoyatda serqirra va turfa bo’lib, u o’zida xursandlik, darg’azablik, xafalik, loqaydlik kabi har xil holatlarni mujassamlashtiradi. Shundan kelib chiqib, tilimizda bu holatlarni ifodalovchi leksemalarga ehtiyoj tug’iladi. Natijada xushhol, xushnud, xurram, quvnoq, shodmon, shod, xushchaqchaq, g’amgin, dilgir, xafa, xomush, ma’yus, giryon, xunibiyron, diltang, g’azabnok, kinli, darg’azab, g’azabli, sog’, sergak, hushyor, lol, mudroq, loqayd kabi leksemalarni nutqimizda qo’llaymiz. Bu leksemalarni birlashtiruvchi guruh holat bildiruvchi sifatlar guruhi deb ataladi. Tilimizdagi ruhiy holat ifodalovchi sifatlar bir qator turlarga ajraladi:

  1. Xursandlik holatini ifodalovchi sifatlar;

  2. Xafalik holatini ifodalovchi sifatlar;

  3. G’azabli holatni ifodalovchi sifatlar;

  4. Turli ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar.

Bu sifatlar so’zlashuv nutqida ham, badiiy nutqda ham tengdek qo’llanib, tasvirlanayotgan kishining turli xil kayfiyatini, ichki kechinmalarini, ruhiy iztiroblarini aks ettirish orqali kitobxonda va tinglovchi da turli xil emotsiyalarni hosil qiladi. Ushbu sifatlar keng uslubiy imkoniyatga ega leksema sifatida badiiy asarlarda semantik-stilistik vosita o’laroq faol qo’llanadi. Ruhiy holatni ifodalovchi sifatlarni nutqda qo’llash orqali uslubiy ta’sirchanlik ortadi, badiiy tasvirda ifodaviylik ta’minlanadi.
Nutqiy jarayonda gapda har bir so’z turkumi uchun birlamchi sintaktik funktsiya bo’lgan gap bo’lagi mavjud. Jumladan, o’zbek tilida ot – ega va to’ldiruvchi, fe’l – kesim, sifat –aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Biz o’z ishimizda sifat turkumiga oid so’zlar haqida to’xtalib o’tamiz.
Biz tahlil qilib o’rganmoqchi bo’lgan sifat leksemalari matn doirasida turli konnotativ vazifalarda qo’llaniladi, bunday holatida badiiylikni ta’minlashda ta’sirchan omil sifatida foydalaniladi.

1. Sifatlarning leksik-morfologik xususiyatlari


Sifat kategoriyasidagi so’zlar biror predmet, voqea-hodisa va holatning belgi xususiyatlarini (rang-tusini, hajmini, shaklini, xarakter va xossa-xususiyatlarini, vaznini, mazasini) ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan., ko’k kaptar, yoqimli hid, o’jar bola, qattiq to’polon, chiroyli gul kabi.
Sifatlar gapda asosan, a) aniqlovchi (sifatlovchi) bo’lib keladi: Olov horg’in va och badanga elituvchi bir huzur va ororm bag’ishladi (Oybek); b) kesim bo’lib keladi: U bir nimasini yo’qotganday tabiati xira, asabiy edi (A.Muxtor).
Otlashgan sifatlar ot turkumiga xos (ega, kesim, to’ldiruvchi, qaratqich kabi) vazifalarni ham bajarib keladi. Mas., Yaxshi topib gapirar, yomon qopib. Bechoralarga yordam berish kerak kabi.
Sifat turkumining o’ziga xos morfologik, leksik xususiyatlari quyidagicha: mas., sifat darajalanish xususiyatiga ega – yumaloq-yumaloqroq-yum-yumaloq. Sariq-sarg’ish-sarg’imtil-sap-sariq va boshqalar.
Sifat aniqlovchilar (sifatlovchilar) o’zlarining sifatlanmishlari bilan moslashmaydilar.
Tuzilishi jihatidan sifatlar sodda va murakkab bo’ladi.
1. Sodda sifatlar: a) tub sifat. Mas., katta, kichik, yomon, oq, ko’k, bo’sh, tor kabi; b) yasama sifat: kuzgi, aqlli, to’liq, bemaza, sersuv kabi.
2. Murakkab sifatlar: a) qo’shma sifatlar: havorang, soddadil, xushmuomala, kechpishar; b) juft sifatlar: bo’lar-bo’lmas, katta-katta, o’nqir-cho’nqir kabi; d) birikmali va tizma sifatlar: nafsi buzuq, esi past, to’q jigar rang, o’lardek yengil tabiat, to’q qora qizil va h.k.

Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin