Filologiya fakulteti



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə8/9
tarix02.05.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#105744
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ozbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar semantikasi

Chog’ishtiring: tinch, yuvosh, beozor sifatlari odam, kishi so’zlariga bemalol birika oladi, ammo ovoz so’ziga esa bu sifatlarning birortasi ham birika olmaydi. Ovoz so’zi past, jarangsiz, baland sifatlari bilan birikma hosil qiladi: past ovoz, jarangsiz ovoz, baland ovoz kabi. Bu semantik yaxlitlikni hosil qilishda eshitilish, talaffuz kabi integral (oraliq) semalar rol o’ynaydi. Sifat so’zlaridagi bunday semantik nozikliklar tam-maza, rang-tus bildiruvchi so’zlarda yanada yaqqol ko’rinadi.
Ayrim sifatlar logik talab bilan biror predmetning rangini ifodalash uchun xizmat qiladi: oq tosh, qora echki kabi. Ammo ayrim predmetlarning o’zida bevosita rang-tus ifodalanib turadi: sut, ko’mir, qon kabilarda oq, qora, qizil ranglari ifodalangan. Shunga qaramay, bunday so’zlar oldidan rangning yana ham kuchliligini bildiruvchi so’zlar keltirilib, birikma hosil qilinadi: oq sut-oppoq sut, qora ko’mir-qop-qora ko’mir, qizil qon-qip-qizil qon kabi. Bu tip qo’llanishlar ma’lum uslubiy talab bilan ma’no kuchaytirish, uni bo’rttirish uchun ishlatiladi: Qip-qizil qonga bo’yalgan yana bir bandi obxonaga keltirib tashlandi. (S.A.)
Sifatlarning to’liq va noto’liq shakllari mavjud bo’lib, ular matnda birining o’rnini ikkinchisiga almashtiradi. To’liq shaklli birikmalarda ma’no kuchaytiriladi. Chog’ishtiring: ulug’ ish- ulug’vor ish, katta hovli –kattakon hovli kabi. To’liq formali sifatlar badiiy va publitsistik nutq uslublarida ko’p ishlatiladi:
Oppoq tong otadi ...kuyimga yo’ldosh,
Ko’kda yarqiraydi kattakon quyosh. (Z.)
Sifat bildirgan belgi normal (oddiy) darajada bo’lishi yoki undan ortiq (kuchli), (kuchsiz) bo’lishi mumkin. Sifatlarning daraja ko’rsatishdagi bunday farqi analetik va sintetik vositalar (shakllar) orqali ifodalanadi.
Orttirma daraja yasovchi elementlar o’zaro sinonimlik tashkil etadi. Bunday elementlar o’zining uslubiy bo’yog’i va qo’llanishiga ko’ra afrqlanadi. Jumladan, eng elementi sifat oldidan kelib, biror belgini boshqa belgilarga chog’ishtirgan holda ortiqlik tushunchasini ifodalaydi. Eng chiroyli bino deyilganda bu bino bir qancha chiroyli binolar ichida o’zining ko’rinishi bilan yanada ajralib, bo’rtib turgani ta’kidlanadi. Juda chiroyli bino deyilganda esa belgining ortiqligi, aynan shu predmetga nisbatan ishlatilayotganligi seziladi. Juda elementiga nisbatan g’oyat (g’oyatda, bag’oyat) elementi ko’proq adabiy tilga xosligi, so’zlashuv nutqida deyarli ishlatilmasligi bilan ajralib turadi. Leksik-semantik sul bilan hosil qilingan sifatning orttirma darajasi ko’proq so’zlashuv nutqiga xos bo’lib, so’zlovchining ichki hayajonini ham ifodalab keladi: farishtaday chiroyli, anordek qizil, osmonday toza kabi.
Daraja yasovchi morfologik vositalar qo’shma sifatlarda oxirgi komponentga qo’shiladi: xomxayolroq odam, soddadilroq yigit kabi.
Uslubiy qo’llanishiga ko’ra o’zining siqiqligi bilan ajralib turuvchi sintetik shaklli sifat darajalari she’riyatda qo’llansa, analitik shaklli sifatlar esa publitsistik, ilmiy nutq uslublarida ishlatiladi.
Sifatlardagi modal shakllar ham ayrim uslubiy xususiyatlarga ega. Modal ma’no beruvchi affikslar o’zi birikib kelayotgan sifat ma’nosini tubdan o’zgartirmaydi, balki unga qo’shimcha emotsional-ta’sirchan ottenkalar: sevish, achinish, erkalash, kinoya kabilarni qo’shadi: Oh, Gulsanamim, o’rtoqjonim, mehribonginam. (O.) Men o’z qo’lim bilan shiringina palov qilib beraman.(O.)
Badiiy tasvirda daraja ko’rsatkichli va modal formali sifatlarni bir-biri bilan uyg’unlashtirib qo’llash yorqin manzaralar, ajoyib portretlar yaratish imkonini beradi: Usta qarigina, burni cho’tirroq, ammo juda so’zamol, mahmadana kishi edi. (O.)
Sifatlardan badiiy adabiyotda sifatlashlarni yaratishda qo’llanadi. Sifatlash predmetning belgisini oddiygina ko’rsatish bilan chegaralanmay, uni yanada konkretlashtiradi, baholaydi, ta’sirchanlik kiritadi. Ko’pgina sifatlashlar yozuvchining individual nutqiga xos bo’ladi. Bularda san’atkorning ijobiy yoki salbiy tuyg’usi yaqqol sezilib turadi. Individual nutq sifatlashlarining aksariyatini metaforik sifatlashlar tashkil etadi: hiylagar oy, sehrgar dilbar, novvot qoyalar, shakar lab, chumoli bel, gul yuz kabi.
Individual nutq sifatlashlari personaj portretini chizishda, ularni yaqqol gavdalantirishda muhim uslubiy o’rin tutadi: Uning
Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin