ozbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar semantikasi
G’azabli: Otaqo’zi yuragining tagidan daf’atan vulqonday qaynab kelgan g’azabni zo’r-bazo’r to’xtatib qoldi. (20-b.) Zum o’tmay bu g’azab, tog’asiga qarshi dilida jo’sh urgan bu isyon, qandaydir alamli bir tuyg’u bilan almashdi-yu, uzoq mum tishlab qoldi. (20-b.)
4. Tilimizda sog’, sergak, hushyor, lol, mudroq, loqayd kabi sifat leksemalar ham ruhiy holatni ifodalovchi leksik-semantik guruh qatorini tashkil etadi. Lekin bu qatorni tashkil etuvchi leksemalar anglatgan ma’nosidan salbiylik yoki ijobiylik semasi aks etmaydi:
Tog’day zil tashvishlar boshga tushsa, rost,
Biz faqat boqamiz loqaydu mudroq. (M. Ali)
Lol: Bu kutilmagan jangdan garang bo’lib qolgan Proxor bir o’rtada lol bo’lib turgan Normurod Shomurodovga, bir oqsoqlanib kelayotgan O’rozqulga qaradi. (170-b.) Men oldin bir odam bilan gaplashishim kerak!-dedi domla Shomurodov va Xolidani lol qoldirib, mashinaga qarab ketdi. (247-b.)
Shunday qilib, sifat leksemalar o’z semantik tabiatidan kelib chiqib, kishining turli ruhiy holatini ifodalashga xizmat qiladi hamda bunday sifatlar alohida leksik-semantik guruhlar qatorini tashkil etadi. Ular badiiy nutqda tasvirlanayotgan kishining turli xil kayfiyatini (shodligini, quvonchini, g’am-alamini), ichki kechinmalarini, ruhiy iztiroblarini aks ettirish va shu orqali kitobxonda ham turli xil emotsiyalarni hosil qilishda muhim uslubiy vositalardan biri sanaladi.
Sifat so’zlarining o’zaro sinonimiyasi, ularning turli nutq uslublaridan farqlanishi, sifat darajalarini hosil qiluvchi shakllarning ma’no farqlari, nihoyat, badiiy adabiyotdagi epitetlarning sifatlardan ifodalanishi bu turkum so’zlarning boy uslubiy imkoniyatlarini ko’rsatadi.
Sifat so’zlarining semantik-uslubiy xususiyatlari ular birikib kelgan otlarning ma’no ottenkasini hisobga olgandagina to’la anglashiladi: past ovoz, past uy deyish mumkin bo’lgani holda, past uyqu deb bo’lmaydi. Aksincha, tinch uyqu, tinch uydeyish mumkin, ammo tinch ovoz deb bo’lmaydi. Demak, sifat soz’larining semantik tarkibidagi semalarni bilgan holda ular birikib kelayotgan predmetlik semalariga mos kelgandagina semantik yaxlitlik hosil qiladi. Ana shu xususiyatni to’la anglamaslik natijasida nutqda uslubiy xatolar ro’y beradi.