Xurram: Shundoq deraza yonidagi tut shoxlarida ikkita qizcha arg’imchoq uchmoqda, ular ko’ylaklarining etaklarini hilpiratib, goh uchuinchi qavat balkonigacha ko’tarilar, goh xurram qiyqiriq bilan pastga otilar, yerda, ariq bo’yida esa o’n uch-o’n to’rt yashar bir o’spirin hayrat to’la ko’zlarini qizchalardan uzolmay tamshanib turardi. (33-b.) Uning xayolini Otaqo’zining: -Tohir!-deb qichqirgan xurram ovozi bo’ldi. (35-b.) “U odam nima yomonlik qildi sizga”-deb so’ramoqchi bo’ldi, biroq shu payt oshxona tomonda ona-bolaning xurram qahqahasi yangradi. (45-b.) Ularning g’amgin ruhiyasi bilan hozirgina yangragan xurram qahqaha o’rtasida, qaynotasining mamnun ko’rinishi, umuman bu serfayz, serzavq baxtiyor o’rtasida qandaydir...pinhoniy adolatsizliklardan dalolat beruvchi katta bir tafovut bor edi. (45-b.)
Xushnud: Ikkovi ham xushnud, bir-biriga xushmuomala edilar. (31-b.) Rost, ular Haydarni bu xushnud ishdan ozod qilishdi, dokladingni yana bir ko’rib chiq, deb ichkariga qamab qo’yishdi. (34-b.) Vohid Mirobidov...xushnud jilmaydi: -Kechirasiz, rais. (35-b.) Shukurov qaynota-qaynonasi ko’targan xushnud shovqin-suron ostida kulimsirab hovliga kirdi. (42-b.) Katta ziyofat hidini sezgan xushnud izdihom, betinim kulgu ostida kafega yaqinlashganda, ichkaridan ...Jamol Bo’riboyevning rafiqasi chiqdi. (54-b.) Sochlarining oqligi va sal to’lisha boshlagani bo’lmasa, burungiday basavlat, oppoq yuzlari sip-silliq, burunguday xushnud, burungiday bekamu-ko’st kiyingan Bo’riyev avval Otaqo’zi bilan, so’ngra qizlar bilan qo’l berib ko’rishdi. (64-b.) Haydar xushnud kayfiyatda Qodirjonni chetga chaqirib, Latofatning gaplarini unga aytdi. (198-b.) Xoy, ...Mo’ylov: “Gapingizga endi tushundim” deganday xushnud jilmaydi. (245-b.) Otaqo’zi bu gaplarni kutmagani uchunmi yo nihoyatda xushnud bir kayfiyatda kirib kelgani uchunmi, xo’plagan mastavasi tomog’iga tiqilib bir zum sarosima og’ushida qoldi. (227-b.)
Xushchaqchaq:Jiyanining gapi to’g’ri bo’lsa to’g’ridir, biroq u Vohid Mirobidovni o’ylaganda, og’zi to’la tilla tishlarini doim yarqiratib, doim kulib turadigan bu xushchaqchaq, xushsurat, baxtiyor odamni o’ylaganda, urushdan oldin gazetada bosilib chiqqan, to’g’rirog’i, bu maqolaning yirik harflar bilan terilgan sarlavhasi “lop” etib ko’z oldiga keladi. (26-b.) Otaqo’zi bu shirinsuxan, xushchaqchaq odam bilan ilk bor tanishgandayoq, u ham o’ziga o’xshagan “tanti” yigit ekaniga amin bo’ldi. (73-b.) Hammomdan chiqqanday qizarib ketgan, lekin xushchaqchaq mamnun Vohid Mirobidov minbardan tushib, joyiga borib o’tirdi. (74-b.) U aft-angorigina emas, gap-so’zlari, xulq-atvori, qiliqlari bilan ham xuddi otasining o’zginasi, xushchaqchaq, shirinsuxan, ochiq-yorug’ juvon edi. Mahbuba ham bir necha kungacha qovog’ini uyib yurdi, biroq tabiatan dadasiga o’xshash xushchaqchaq juvon, keyinroq orada hech narsa bo’lmaganday bo’lib ketdi. (176-b.) ...o’yin-kulgudan boshqani bilmaydigan sho’x, xushchaqchaq Tohira, endi qandaydir o’zgarib, cho’kib, qisilib, qimtinib qolganday tuyuldi unga. Shod: Ilgari Haydarni ko’rganda sevinchdan porlab ketadigan jodu ko’zlarida endi kishini tahqirlovchi sovuq bir ifoda paydo bo’ladi, ilgari hayajondan entikib, goh shod, goh g’amgin kulimsirab turadigan qiz, endi ichimdagini top qabilida ish qiladi. (134-b.) Qizi Tohira behad shod, ... Oyiүining yuziday uzinchoq, yoqimtoy yuzi lov-lov yonib, yelkasiga tushgan timqora sochlarini tez-tez to’g’rilab atrofga betinim alanglar, ko’zlari charaqlab hammaga kulib boqardi. 2. Xafalik holatini ifodalovchi sifat leksemalar ham tilimizda keng tarqalgan: g’amgin, dilgir, xafa, xomush, ma’yus, giryon, xunibiyron, diltang kabilar. Bunday leksik-semantik guruhlar tarkibiga kiruvchi leksemalarning qo’llanishida farqli holatlar ham ko’zga tashlanadi. Jumladan, xafa, ga’mgin, xomush, dilgir kabi sifat leksemalarning belgini ifodalash darajasi bir xil bo’lsa, g’amgin, xomush so’zlari kishining yuz-ko’zidan ifodalanib turadigan g’amginlik holatini bildirishga xizmat qiladi, g’ash leksemasi esa insonning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari bilan bog’liq holatni aks ettiradi. Shu leksik-semantik guruh tarkibiga kiruvchi ma’yus so’zida belgi darajasi ancha kuchli bo’lib, u insonning umidsizlikka tushgan, tushkun holatini ifodalaydi:
Hasharchi qo’shni qiz uning sevgani,
Ma’yus bosar edi orqamdan odim. (G’.G’.)
Diltang leksemasi insonning xafalik holati juda kuchli darajada ekanligini, yuragi siqilgan holatini bildiradi:
Jo’nar bo’ldim men bundan diltang,
Yo’llarimga qarab qolding sen. (A.O.)
G’ash: Ehtimol, bo’lg’usi kelini o’z onasiga, yoshlikdagi Fazilatga juda o’xshab ketgani uchundir, ehtimol, yonida ana u xodasimon zanjisifat erkak ketayotgani uchundir: “Bu nozanin onasiga o’xshab rosa o’yin ko’rsatmasa edi hali!” degan notinch fikr - bu o’y ko’pdan beri miyasidan chiqmas edi, - Otaqo’zining ko’nglini qattiq g’ash qildi. (11-b.) Uning bu hazilida ham o’ziga ishonch, ham “sizni hech kimga rashk qilmayman!” degan ma’no bor edi, bu ma’no negadir Shukurovning hamiyatiga tegdi-yu, g’ashi kelib: “Bo’pti! Bo’lmasa siz qoling, men bolalarni loib, o’zim ketaveraman!” demoqchi edi, biroq shu payt shiyponda telefon jiringladi, ketma-ket qaynotasining: “Abrorjon!” –degan ovozi keldi. (29-b.) Zaiyofat vaqtida esa tog’asining gapidan ko’ngli g’ash, “qittaygina” otib olib,, ancha o’yin ko’rsatdi. Otaqo’zi negadir ko’ngli g’ash bo’lib, telefon zakaz qildi-da, divanga yonboshladi. Tohiraning gaplari oldin Latofatning ko’nglini g’ash qildi. (130-b.) Latofat ko’nglidagi g’ashlikni bazo’r bosib, Tohirani yupatgan bo’ldi-da, o’rnidan turdi. (132-b.) Oktyabrning oxirlari edi shekilli, bir kun kechasi Fazilat yuragi g’ash, uyqusi qochib, yettinchi lampa shu’lasida kitob varaqlab o’tirgan edi, nogahon kimdir derazani chertdi. (136-b.) Shukurov g’ashi kelib, trubkani “shaq” etib qo’ymoqchi edi biroq shu payt Manbubaning ovozini taniganday bo’lib, trubkani changallaganicha qotib qoldi. (176-b.) U Obidov bilan Latofatni kuzatib qo’yib, qaytib kirdi, kirarkan, hozir Xolmurodov bilan ko’rishajagini o’ylab ko’ngli g’ash bo’ldi. (183-b.) Ayni zamonda uch-to’rt kundan beri ko’nglini xira qilayotgan bir g’ashlik xayolida ma’yus o’ylar uyg’otar edi. (188-b.)