ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 998 www.ares.uz - kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- maktabdan tashqari ta’lim.
Uzluksiz ta‘lim yo’nalishlariquyidagilarni o’z ichiga oladi: ta‘lim tizimida
kadrlar salohiyatini, pedagoglar kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta‘lim
muassasalarini rivojlantirish; ta‘lim tizimini, ta‘lim dasturlarini tubdan qayta qurish;
majburiy umumiy o’rta ta‘limdan o’rta maxsus kasb-hunar ta‘limiga o’tishni
ta‘minlash; fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o’quv
muassasalarini vujudga keltirish; ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish; ta‘limning
boshqaruv tizimini takomillashtirish; ta‘lim olishda xalqaro fondlar, xayriyalar, jamoat
tashkilotlari rolini kuchaytirish; ta‘lim va ilm-fan bilan bog’liq xorijiy tashkilotlar bilan
hamkorlikni rivojlantirish; va boshqalar.
Uzluksiz ta’lim olish shakllari esa quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar
tayyorlash.
Shuni ta‘kidlash lozimki, maktab ta‘limining mazmunining tarixiy va sinfiy
xususiyatiga ega ekanligi kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida
namoyon bo’lgan. Chunki, o’tmishdagi barcha davrlarda, ijtimoiy taraqqiyotning
barcha bosqichlarida ta‘limning mazmuni va hajmi (parametrlari) o’sha davr, o’sha
ijtimoiy-iqtisodiy tuzum mafkurasi, talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti
darajasi bilan belgilab kelingan.