Academic Research in Educational Sciences Volume 3



Yüklə 277,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix17.04.2023
ölçüsü277,92 Kb.
#99061
1   2   3   4   5
oilaviy-munosabatlarda-nizolar-shakllanishining-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlari

 
MUHOKAMA
Ko’pchilik muvaffaqiyatli oilada tarbiya topgan yoshlar,o’zlarining bo’lajak 
oilaviy hayotlari uchun o’z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. Shunday ideal 
oila qurishni istagan yoshlarning esa turmushlari kutganlaridek kechmasa, 
moslashish jarayonlarida yuzaga keladigan muammolar oldida esankirab, oila 
qurishda adashganliklaridan noliy boshlaydilar. Shu sababdan ham er-xotin 
munosabatlarini faqat yaxshi tomondan ko’rsataverish emas, balki, bu 
munosabatlarda uchraydigan, real hayotda mavjud psixologik holatlarni ko’rsatish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Shundagina yoshlarimizda oilaviy hayot haqida nisbatan 
adekvat tasavvur shakllanadi. Yosh oila yuzaga kelganidan so’ng unda er-xotin 
munosabatlarining rivojlanishiga xalaqit qiladigan ko’plab ijtimoiy- psixologik, etnik, 
hududiy, jinsiy omillar ham mavjud bo’ladi. Yoshlarga bu psixologik omillar haqida 
aniq va asoslangan tushunchalar berish lozim bo’ladi. Bu kabi oilaviy nizolarning 
oldini olishga asos bo’ladi. Yana bir jihat esa, oilada oila a’zolari 
o’rtasida bir-birini tushunishning yetishmasligi, hamda ko’pincha 
muloqot jarayonida bir-birini tinglashni, anglashni bilmaslikdan 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-715-718 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
718
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
nizolar kelib chiqadi. Alohida ta’kidlash joizki, er-xotin, qaynona-qaynota, kelin-
kuyov munosabatlarida, fikrlar va qarashlardagi paydo bo‘ladigan ayrim 
kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar 
o‘zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo‘lsalar, oiladagi 
ijtimoiy-psixologik hamda ma’naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar 
to‘g‘risida teran va ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi. 

Yüklə 277,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin