Academic Research in Educational Sciences Volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 277,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix17.04.2023
ölçüsü277,92 Kb.
#99061
1   2   3   4   5
oilaviy-munosabatlarda-nizolar-shakllanishining-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-715-718 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
716
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
masalasi barcha zamonlarda dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Yosh oilalar sohiblari 
о‘z munosabatlarini qanday yо‘lga qо‘yishlari kerakligini tushunishlari uchun 
ma’lum bir vaqt va kerakli psixologik shart-sharoit zarurdir. Er-xotin nafaqat bir-
birini sevishi kerak, balki oilaviy munosabatlarni qurish asosida barkamol oilani 
barpo etishlari talab etiladi. 
 
ADABIYOTLAR TAXLILI VA MЕTODOLOGIYA
Oilaviy hayot psixologiyasi, oila-nikoh munosabatlari, oiladagi о‘zaro 
munosabatlar, undagi ziddiyatlar, ajralishlar va uning oqibatlari keyingi yillarda 
psixologiya fanining keng tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Bu sohada psixolog 
olimlardan G‘.B.Shoumarov, M.G.Davletshin ,E.G‘oziyev. V.M.Karimova, 
N.A.Sog‘inov, X.Karimov, F.R.Rо‘ziqulov va boshqalar olib borgan ilmiy tadqiqot 
ishlari diqqatga sazovordir. Respublikamizning yetakchi psixolog olimlaridan 
G‘.B.Shoumarov o‘z tadqiqotlari natijalariga tayanib, oilaning mustahkam bо‘lishi, 
er-xotinning baxtiyor hayot kechirishlari va tinch-totuv yashashlarida ularning о‘zaro 
qovushishi muhim rol о‘ynaydi deb kо‘rsatib beradi. U о‘zaro qovushuvlarni shartli 
ravishda 3 tarkibiy qismga bо‘linishni e’tirof etadi (1-rasm).
1-rasm. O‘zaro qovushuvlarni tarkibiy qismlari. 
E.G‘oziyevning 
oilaviy 
hayot 
muammolari 
sohasida 
olib 
borgan 
tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, oilaviy munosabatlar turli negiz: iqtisodiy, 
mafkuraviy, hissiy-irodaviy, ahloqiy-aqliy, qarindosh-urug‘chilik, yaqinlik va 
dо‘stlik- birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar baquvvat oilada er-xotin 
totuvligi, oila barqarorligi, oilaning baxti va farovonligi ta’minlanadi. 

Yüklə 277,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin